Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev: «Shu suv ombori kerakmidi, yo‘qmi?»

Shavkat Mirziyoyev: «Shu suv ombori kerakmidi, yo‘qmi?»

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev 15-may, juma kuni Sirdaryo viloyatining Sardoba tumanida suv toshqinidan aziyat chekkan aholi bilan uchrashuvda Sardoba suv omborining ushbu hudud uchun ahamiyatiga ham to‘xtalib o‘tdi. Uchrashuvdan lavha «O‘zbekiston 24» telekanali tomonidan namoyish etildi, deb xabar berdi «Daryo».

– Albatta, kimdir savol berishi mumkin: shu suv ombori kerakmidi, yo‘qmi? Hozir ham savollar ko‘p. Nima uchun Sirdaryo bilan Jizzax viloyati hech qachon rivojlanmagan? Suv bo‘lmagani uchun. Suv bo‘lmagan. Dehqon odam biladi. Paxtaga besh-olti marta suv berish kerak edi. Nega boshqa joylarda 40-70 sentner bo‘ladi-yu, bu yerda 15 sentner? Ha, ikki marta suv berolmasdik-da.

Ikkinchidan, biror marta takroriy ekin eka olarmidik? Suv yo‘q edi-ku. Shuning uchun 2010 yili eng to‘g‘ri xulosa bo‘lgan... Sirdaryo bilan Jizzax viloyatini rivojlantirish nuqtai nazaridan chorvaga ham suv kerak, insonga ham suv kerak, paxtaga ham, g‘allaga ham, parrandaga ham, baliqqa ham — hammaga suv kerak. Bu to‘g‘ri qaror bo‘lgan. Lekin shunday talafot bo‘ldi. Kelajakda har bir qilgan ishimizni yanada pishiqroq, puxtaroq, mukammal qilishimiz kerak, – deya qayd etgan davlat rahbari.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring