Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tekstil korxonasida ishlash uchun nima kerak bo‘ladi?

Tekstil korxonasida ishlash uchun nima kerak bo‘ladi?

Cho‘ldagi shahar bitdi, odamlar uylariga kirmoqda. Sardoba suv ombori toshqinidan zarar ko‘rganlar uchun shaharsozlikning so‘nggi namunalariga ko‘ra ko‘pqavatli uylar qurilgani haqida xabar bergan edik. Bu uylarda istiqomat qiladiganlar yangi mahallaning shunday yonginasida qurilgan trikotaj fabrikasida ishlashi ko‘zda tutilgan.

Do‘stlik mahallasidagi «Sardoba Oqsaroy tekstil» fabrikasi roppa-rosa 120 kun deganda qurib bitkazildi. Hozirda ushbu korxonada moslashish jarayoni ketmoqda — xodimlar o‘qitilyapti va amaliyot o‘talyapti. Shu bilan birga mahsulot ishlab chiqarish jarayoni ham boshlangan. Nasib qilsa korxona yanvardan to‘liq quvvat bilan ishga tushishi kutilmoqda.

«Sardoba Oqsaroy tekstil» 550 kishini ish bilan ta’minlanishi ko‘zda tutilgan. Hozirda 220 xodim qisqa muddatli o‘quv kursini bitirib, mehnat faoliyatini boshlagan. Qolganlar esa yil oxiriga qadar ishga tushishga tayyor bo‘lishadi. O‘shanda korxona yiliga 1,4 mln.dona tayyor mahsulot ishlab chiqarishi ko‘zda tutilgan.

Korxonada xodimlarni tayyorlash o‘ziga hos usulda yo‘lga qo‘yilgan. Xatto umrida tikuv mashinasi yoniga yo‘lamagan odam ham bir oyda mohir tikuvchiga aylanadi, qoladi. Yangi kelganlar 15 kun o‘qishadi va 15 kun korxonaning o‘zida amaliyot o‘tashadi. Buning uchun oylik 600 ming so‘m maosh ham beriladi.

Dildora Boysariyeva mana shunday tayyorgarlik kursidan o‘tgan xodimlardan biri. U o‘tgan hafta o‘quv jarayonini to‘liq tugatdi va to‘laqonli xodim sifatida ish boshladi. Uyi ham uzoq emas, shunday yo‘lning u tomoniga o‘tsa, ko‘p qavatli uylardan iborat mahallasi boshlanadi. Bu yerda umumiy hisobda 5 qavatli uylardan 37 ta qurildi. Xonadonlarning umumiy soni esa 1480 tadan iborat.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring