Sardoba fojiasiga aloqador ikki shaxs qamoqqa olindi – Bosh prokuratura
Bosh prokuratura Sirdaryo viloyatidagi «Sardoba» suv ombori bilan bog‘liq jinoyat ishi yuzasidan tergov harakatlari olib borilayotganini ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, hozirda jinoyat ishi bo‘yicha 2 nafar shaxs gumonlanuvchi tariqasida ishga jalb qilinib, ularga nisbatan «qamoqqa olish» ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
«Ish bo‘yicha haqiqatni aniqlashga to‘sqinlik qilish holatlarining oldini olish maqsadida boshqa tafsilotlar oshkor qilinmaydi. Tergov harakatlari davom etmoqda» – deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, joriy yil 1-may kuni Sirdaryo viloyatidagi «Sardoba» suv ombori o‘pirilishi oqibatida suv toshqini yuzaga kelganligi holati yuzasidan JKning 207-moddasi 1-qismi va 258-moddasi 2-qismi «b» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani haqida xabar qilingan edi.
Ma’lum vaqt o‘tib, Bosh prokuratura «Sardoba ishi» bo‘yicha 170 nafar shaxs so‘roq qilinganini bildirgandi.
Qayd etish lozim, «Sardoba» suv ombori fojiasi natijasida jami 6 nafar fuqaro halok bo‘lgan (2 nafar ayol, 4 nafar erkak). Bir nafar fuqaro bedarak yo‘qolgan.
Suv toshqinidan Sardoba, Mirzaobod va Oqoltin tumanlaridagi 10 ta MFYda (25 ta aholi punktlari) 4 351 ta xonadonlar zarar ko‘rgan. Xonadonlardan 2 570 tasi yaroqsiz va 1 781 tasiga qisman zarar yetgan. Minglab uy hayvonlari suvda oqib ketgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter