Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbek xalqining og‘ir damlarda birlasha olishini ko‘rsatadigan kitob nashr etildi

O‘zbek xalqining og‘ir damlarda birlasha olishini ko‘rsatadigan kitob nashr etildi

Bugun AOKAda «O‘zbekiston» nashriyoti bilan hamkorlikda nashr etilgan «Ofat va matonat» kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Kitobda COVID-19 pandemiyasidagi mamlakatimiz, Sardoba suv omborining yorilishidan yuzaga kelgan favqulotda holat, Buxoroda sodir bo‘lgan kuchli shamol va uning oqibatlariga bag‘ishlangan maqolalar, esselar, she’rlar va hikoyalar o‘rin olgan.

Mazkur kitob 10 ming nusxada nashr etilgan bo‘lib, ahamiyatli jihati sinovli 2020 yildagi mamlakatimiz hayotining o‘ziga xos solnomasi bo‘lgan.

«Kitobni o‘zbek xalqining og‘ir damlarda birlasha olishini, millat sifatida shakllana olganimizni ko‘rsatadigan ko‘zgu sifatida ko‘rsata olamiz», — deydi kitob ijodkorlari.

Ma’lumot o‘rnida aytish mumkinki, mamlakatimiz mustaqilligining 30 yilligiga bag‘ishlangan kitob ham yaqin kunlarda nashr etilishi kutilyapti.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring