99 yil avval olingan kitob kutubxonaga qaytarildi

Nyu-Jersi (AQSh)da yashovchi 81 yoshli Meri Kuper bobosi 1926-yilda kutubxonadan olgan kitobni topib oldi. Ayol bir kam yuz yil oldin olingan kitobni kutubxonaga topshirdi, deb yozdi CNN.
Yog‘och, temir va boshqa narsalardan bolalar o‘yinchoqlarini yasashni o‘rgatuvchi bu kitob 1911-yilda nashrdan chiqqan. Kuperning bobosi kitobni o‘limidan bir yil avval kutubxonadan olib kelgan. Ayolning taxminicha, u qizi — Merining onasiga nimadir yasab bermoqchi bo‘lgan.
Meri Kuper kitobni kutubxonaga topshirishdan oldin biroz xavotirlandi. Qabul qilisharmikan, kitob kechiktirilgani uchun jarima solishmasmikan (qariyb bir asr davomida 18 ming dollarlik jarima yig‘ilishi mumkin edi).
Kitobni ko‘rish uchun kutubxonaning 10 nafar xodimi keldi va topilmadan juda mamnun bo‘lshdi. Noyob kitob Toms-River esdalik buyumlari ko‘rgazmasidan o‘rin oldi, endi barcha kitobxonlar undan bahramand bo‘lishadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter