Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sardoba suv omborining o‘pirilishi natijasida yopilgan yo‘l kunduzi harakatlanish uchun ochildi

Sardoba suv omborining o‘pirilishi natijasida yopilgan yo‘l kunduzi harakatlanish uchun ochildi

Xabaringiz bor, 2020 yil 1 may kuni Sirdaryo viloyatida joylashgan Sardoba suv ombori to‘g‘onida yuzaga kelgan o‘pirilish natijasida Sardoba, Mirzaobod va Oqoltin tumanlari hududlaridagi aholi yashash punktlari, suv toshqini yo‘nalishidagi dala maydonlaridagi ekinlarga ham jiddiy talofat yetgan edi.

Shu bilan bir qatorda suv toshqini natijasida yuqoridagi hududlardagi xalqaro, davlat va mahalliy avtomobil yo‘llari, yo‘l ko‘priklariga ham jiddiy zarar yetib transport vositalarini harakatlanishi cheklandi.

Tegishli tashkilotlar tomonidan olib borilgan qurilish-ta’mirlash, montaj ishlari davomida Oqoltin tumani hududidan o‘tgan M-34 avtomobil yo‘li bilan Guliston yo‘nalishi bo‘yicha o‘tgan M-34 yo‘lini bog‘lab turuvchi A-373 xalqaro ahamiyatdagi avtomobil yo‘lining 37 km.dan 0 km.gacha bo‘lgan hududining «Toshkent-Samarqand» yo‘nalishi 2020 yil 13 iyun kunidan transport vositalarining sutkaning yorug‘ vaqtida harakatlanishi uchun ochildi.

Hozirgi kunda ham tegishli tashkilotlar tomonidan kerakli maxsus transport vositalari jalb etilgan holda ushbu avtomobil yo‘li hamda ko‘priklarda ta’mirlash ishlari jadal sur’atlarda amalga oshirilmoqda.

Yuqoridagilarni inobatga olib, viloyat hududidan boshqa viloyatlarga tranzit tartibida harakatlanib o‘tib ketayotgan haydovchilar va fuqarolarga «Toshkent-Samarqand» yo‘nalishi bo‘yicha transport vositalarida harakatlanish vaqtida M-34 avtomobil yo‘lining 103-km.dan A-373 avtomobil yo‘lidan foydalangan holda harakatlanib o‘tib ketishlari mumkin. Lekin yo‘lning ochilgan qismidagi yo‘l o‘tkazgich ko‘priklarda ta’mirlash ishlari olib borilayotganligi hamda tirbandliklarni oldini olish maqsadida sutkaning qorong‘u vaqtida transport vositalari M-34 avtomobil yo‘lining 103 km. «Toshkent-Dushanbe» yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanishda davom ettiriladi.

Shu bilan birga, Sirdaryo viloyatidan tranzit tarzda Jizzax yo‘nalishidan Toshkent va vodiy viloyatlarga yo‘l olgan transport vositalari haydovchilari A-373 avtomobil yo‘lining 17-37 km.larida ta’mirlash ishlari ketayotganligi sababli Mirzaobod tumani xududidan o‘tgan 4R-18A avtomobil yo‘li orqali Guliston shahar yo‘nalishi tomon harakatlanib M-34 avtomobil yo‘lining 119 km.dagi chorrahaga chiqib Toshkent va vodiy viloyatlari tomon yo‘nalishga chiqib ketishlari mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring