Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sirdaryoda 71 mingdan ziyod kishi o‘z xonadonlariga qaytib keldi

Sirdaryoda 71 mingdan ziyod kishi o‘z xonadonlariga qaytib keldi

Foto: FVV

Sirdaryo viloyatida toshqin oqibatida zarar ko‘rgan uylar, ijtimoiy binolar yana qayta tiklanmoqda. Yashash uchun yaroqsiz uylar buzilib, joylarda muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini tiklash choralari ko‘rilyapti.

Ushbu hududlarda Favqulodda vaziyatlar, Ichki ishlar, Mudofaa vazirliklari, Milliy gvardiya hamda Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimining kuch va vositalari tomonidan keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. Mazkur tadbirlar Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan muvofiqlashtirilmoqda.

Qayd etilishicha, 71 307 nafar aholi Oqoltin, Mirzabod va Sardoba tumanidagi xonadonlariga qaytib kelgan.

Shuningdek, Milliy gvardiya xodimlari tomonidan 343 vayron bo‘lgan uylarda tozalash ishlari olib borilgan bo‘lsa, Prokuratura vakillari 6107 ta kadastr hujjatlaridan 3338 tasini qayta tiklashga erishdilar. Bundan tashqari, yo‘qolgan 3 517 pasportdan 482 ta, 61 ta haydovchilik guvohnomadan 11 tasi qayta tiklandi.

Umumiy maydoni 1 213,796 kvadrat metr bo‘lgan 1604 ob’yektda Mudofaa vazirligining 8 ta maxsus bo‘linmasi tomonidan dezinfeksiya ishlari olib borildi.

Bu kabi tadbirlar, qo‘shni Qozog‘iston Respublikasida ham olib borilmoqda. Jumladan, Turkiston viloyati Jettisoy va Maktaaral tumanlarining toshqindan zarar ko‘rgan hududlarida 70 000 dan ortiq kub.metr suv tortib chiqarildi. Shu bilan birga 6500 metr uzunlikda kollektr qazish va tozalash ishlari amalga oshirildi. Tadbir davomida 11 000 kub.metr chiqindilar olib tashlandi. Tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish ishlari davom etmoqda

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring