Sardoba to‘g‘onini qurishga beton va armatura ishlatilmagani to‘g‘risidagi savollarga javob berildi
![Sardoba to‘g‘onini qurishga beton va armatura ishlatilmagani to‘g‘risidagi savollarga javob berildi](https://static.xabaruz.com/crop/8/3/720_460_95_835092978.jpg)
Xalqaro press-klubning Sardobadagi falokatga bag‘ishlangan sessiyasida suv xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari Sardoba to‘g‘oni qurilishida armatura ishlatilmagani, quruq tuproq bilan ko‘tarilgani haqida tarqalgan gap-so‘zlarga javob qaytardi.
Suv xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Vohidjon Ahmadjonovning aytishicha, to‘g‘onning o‘zi uning loyihaviy konstruksiyasidan kelib chiqqan holda tuproqli-toshli bo‘lgan.
«To‘g‘onni qurishda tuproq va tosh ishlatilgan. To‘g‘onning suv chiqaradigan joyi beton hamda armaturadan bo‘lgan, aynan suv chiqaradigan joyi.
Bunday suv omborlari juda ko‘p. Bunda tuproqning turiga qaraladi. O‘zbekistonda beton to‘g‘onlar ham bor, masalan, Andijon suv ombori beton to‘g‘oni hisoblanadi. Bu joyning relefi hamda sharoitiga qarab qilinadi. Sirdaryo, Jizzaxga o‘xshagan hududlarda nafaqat bizda, balki butun dunyoda ham xuddi shu kabi tuproqli to‘g‘onlar qurib foydalaniladi», — deydi Vohidjon Ahmadjonov.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter