Sirdaryoning suv ostida qolgan qishloqlari (foto)

Xabaringiz bor, joriy yilning 1-may kuni soat 05:55da Sirdaryo viloyatida joylashgan «Sardoba» suv ombori dambasining 6 piket devorida suv chiqishi yuzaga kelgandi.
Natijada Sardoba tumani ko‘plab aholi yashash punktlarini suv bosdi va hodisa joyiga Bosh vazir Abdulla Aripov yetib bordi.
Suv bosishi mumkin bo‘lgan hududlardan 11 mingdan ziyod aholi evakuatsiya qilindi.
Mazkur vaziyat oqibatlarini bartaraf etish, evakuatsiya tadbirlarini tashkillashtirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar bilan yaqindan tanishish maqsadida voqea joyiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ham bordi.
Davlatimiz rahbari dambaning o‘pirilgan joyini borib ko‘rdi. Hukumat komissiyasi tashkil etilib, favqulodda vaziyat oqibatlarini bartaraf etish, aholini xavfsiz hududlarga evakuatsiya qilish va ularga har tomonlama yordam berish bo‘yicha barcha chora-tadbirlar ko‘rildi.
– Bu hech kim kutmagan sinov. Birinchi harakatimiz odamlarni ehtiyot joylarga ko‘chirish bo‘ldi. Eng katta masala – o‘lim bo‘lmasligi, – dedi Shavkat Mirziyoyev.
Hozirda to‘g‘ondan suv chiqishi to‘xtagan. Toshgan suv oqimi Oqoltin tumanidan o‘tuvchi Abay kanaliga tushirilib, Jizzax viloyatidagi Arnasoy ko‘liga yo‘naltirilgan.
Quyida Sirdaryodagi falokat ko‘lamini aks ettiruvchi suratlarni ko‘rishingiz mumkin:
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter