Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qozog‘iston suv toshqini tufayli O‘zbekistonga nota yuboradi

Qozog‘iston suv toshqini tufayli O‘zbekistonga nota yuboradi

Qozog‘iston ekologiya, geologiya va tabiiy resurslar vazirligi o‘zbek hamkasblariga O‘zbekiston tomonidan transchegaraviy suvlarda qurilgan gidrotexnik inshootlar haqida to‘liq ma’lumot berishni so‘rab rasmiy xat yuboradi. Bu haqda Tengrinews.kz xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, rasmiy Nursulton O‘zbekistondan Sirdaryo viloyatida joylashgan Sardoba suv ombori to‘g‘onining o‘pirilishi haqidagi to‘liq ma’lumotlarni berishni talab qilmoqda. Suv omborining avariyasi natijasida Qozog‘istonning Turkiston viloyatida 10 ta aholi punkti suv ostida qolganligi aytilmoqda.

«Qozog‘iston va O‘zbekiston ishtirok etadigan xalqaro shartnomalar me’yorlariga binoan, qo‘shni mamlakat bilan transchegaraviy daryolarda gidrotexnik inshootlar qurilishi to‘g‘risida xabardor qilish va kelishib olish kerak. Sardoba suv ombori esa Qozog‘iston tomonining roziligisiz O‘zbekiston tomonidan qurilgan», deb aytilgan xabarda.

Turkistondagi suv bosgan hududlardan aholi va chorva mollari evakuatsiya qilingan.

Xabarda aytilishicha, Qozog‘iston ekologiya, geologiya va tabiiy resurslar vazirining o‘rinbosari Sergey Gromov O‘zbekiston Suv xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari bilan 1-may kuni suhbatlashgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring