«Kim bo‘lishi va egallab turgan lavozimidan qat’i nazar, qonun oldida javob beradi!» – Prezident

Bugun prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida Sardobadagi suv toshqiniga sababchi bo‘lganlar jinoiy javobgarlikka tortilishi qat’iy ohangda ta’kidlab o‘tildi.
«Xalqimiz bir narsadan ko‘ngli to‘q bo‘lishi kerak, hech qanday ortiqcha gap-so‘zlarga va mish-mishlarga o‘rin bo‘lmasligi lozim. Mening topshirig‘imga ko‘ra huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan suv toshqini bilan bog‘liq voqea yuzasidan ob’yektiv, xolis va keng qamrovli tergov harakatlari boshlangan. Xalqimizni ishontirib aytaman, tergov yakunlari bo‘yicha barcha aybdorlar, kim bo‘lishi va egallab turgan lavozimidan qat’i nazar, qonun oldida javob beradi.
Bu suv toshqini biz uchun achchiq saboq bo‘ldi. Shu sababli suv ombori masalasida biz xalqaro ekspertlarni jalb etgan holda to‘g‘onning barcha dambalarini chuqur ekspertizadan o‘tkazamiz. Faqat shundan keyingina yakuniy xulosaga kelamiz» – dedi prezident.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter