Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

DXX Sardoba falokati sabab jabrlangan aholiga yordam bermoqda (foto)

DXX Sardoba falokati sabab jabrlangan aholiga yordam bermoqda (foto)

Bugungi kunda Sardoba suv omboridagi toshqin oqibatlarini bartaraf qilishda davlat xavfsizligi xizmati idoralari xodimlari ham faol ishtirok etishmoqda. 

Bir guruh xodimlar toshqin tufayli talofat yetkazilgan Mirzaobod, Oqoltin va Sardoba tumanlarida olib borilayotgan qidiruv-qutqaruv ishlarida qatnashib, aholiga yaqindan yordam berib kelishayapti.

Jumladan, Mirzaobod tumani hududida toshqindan zarar ko‘rib, keyinchalik qaytib kelgan 160 nafar fuqaro bilan bog‘liq oziq-ovqat muammosi yuzaga kelganligi aniqlanib, tuman hokimligi bilan hamkorlikda 8 turdagi oziq-ovqat mahsulotlari kechiktirilmasdan tarqatildi. 50 ta xonadonda yashovchilar ishchi guruhga ichimlik suvi yetkazib berilmayotganligi haqida murojaat qilgan edilar. Ushbu muammo tuman “Suvoqava” boshqarmasi xodimlarini jalb qilgan holda tezda o‘rganib chiqilib, imkoniyat darajasida ijobiy hal etildi.

DXX xodimlarining tashabbusi bilan Oqoltin tumanining suv toshqini yuz bergan 60 ta xonadon viloyat sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik markazi xodimlari tomonidan talab darajasida sifatli dezinfeksiya qilindi.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring