O‘z uyini qurgan sardobaliklarga maosh va 40 million so‘mdan pul berildi
«Sardoba» suv omboridagi falokat natijasida birinchi o‘rinda talofat ko‘rgan aholi turar joylarini ta’mirlash va yangidan qurish bo‘yicha olib borish bo‘yicha mamlakatimiz bo‘ylab katta safarbarlik harakati boshlandi. Bugungi kunga kelib ko‘plab odamlar o‘z qadrdon go‘shalariga qaytmoqda, turmush sharoitlarini o‘nglab, to‘kis hayot kechira boshlamoqda. Toshqindan zarar ko‘rgan Sardoba, Oqoltin va Mirzaobod tumanlarida tez fursatda barpo etilgan uylar o‘z egalariga toshirilmoqda.
Texnogen ofatdan zarar ko‘rgan Sardoba tumanidagi Qo‘rg‘ontepa Yurtdosh, Do‘stlik mahallaridagi 500 ta uy joylarda ta’mirlash tiklash bo‘yicha keng ko‘lamda ishlar tashkil etildi. Xorazm, Navoiy viloyatidan kelgan malakali mutaxassislar tomonidan shu kungacha Qo‘rg‘ontepa maxallasida 348 ta zarar ko‘rgan aholi xonadonlaridan 263 tasi foydalanishga tayyor holatga keltirildi. Bugungi kunda ushbu xonadon egalari o‘z uylariga ko‘chib kirishdi.
— 2020 yilning 1 may kun biz uchun yomon kun bo‘ldi, — deydi Sardoba tumanidagi Qo‘rg‘ontepa mahallasida yashovchi Qo‘ysinoy Tangirova. — Endi kelin olamiz deb, uylarimizni tartibga keltirib qo‘ygandik. Shunday bir qattiq tushkunlikka tushdik. Xudoga shukr, bu kunlar tez orada ortda qoldi. Bugun ustalar uyimizni bitirib berishdi, ularga o‘g‘lim va otasi yordam berishdi. Biz kutmagandik – ularga ham oylik maosh berishdi. Uyimga birinchi kirib kelganda boshqacha bo‘lib ketdim. Uyimizni turli maishiy texnikalar bilan to‘ldirib berishdi. Hattoki, gilam, ko‘rpa-to‘shak, idish-tovog‘imizgacha qilib berdi. Rahmat, hamma sharoitni qilib berganlardan minnatdormiz..
Davlatimiz 40 million so‘m pul ham berdi. Bu pulga katta o‘g‘limga Toshkent shahridan yangi qurilayotgan uylardan olish uchun to‘lov qildik. Aslini olganda, bu yerdagi uylarning ham poytaxtdagilardan kam joyi yo‘q. Oshxona va hammomga issiq-sovuq suv chiqadigan bo‘ldi, gaz keldi. Ko‘chlarimiz ham chiroyli bo‘ldi. Hali to‘liq bitgani yo‘q, bitsa bilmadim yana qanchalik go‘zal bo‘ladi. Toshkent shahridagi ko‘chalarday yorqin va ko‘rkam bo‘lishiga ishonaman.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter