Saida Mirziyoyeva ta’sirli voqeani hikoya qildi
21-may kuni Ziroat Mirziyoyeva Sardoba suv ombori atrofidagi favqulodda vaziyat ro‘y bergan hududlarga tashrif buyurdi hamda suv toshqini bo‘lgan yerlardan evakuatsiya qilingan aholi bilan uchrashdi.
Suhbat chog‘ida mamlakatimizning birinchi xonimi odamlarning ahvoli, salomatligi, vaqtinchalik yashash joylaridagi sharoit bilan tanishib, ularga dalda bergan.
«Zamin» fondi tomonidan boshlangan ijtimoiy aksiyaga ko‘ra, falokatidan jabr ko‘rgan barcha yoshi ulug‘larga sanatoriylar uchun, bolalarga esa yozgi oromgohlar uchun bepul yo‘llanma beriladigan bo‘ldi.
Uchrashuv taassurotlari haqida Saida Mirziyoyeva post qoldirdi:
«Oyimlar bilan Hayit bayrami arafasida Sirdaryo viloyatiga odamlarning holidan xabar olgani bordik. Shunda ajoyib bir voqea bo‘ldi.
6-7 yoshlardagi bolakay bilan suhbatlashyapmiz. «Nima bo‘ldi o‘zi, nima qildinglar o‘sha payt?» − deb savolga tutdim. «Ertalab vaqtli uyg‘onib ketdik. Qarasak, hamma yuguryapti, biz ham dadam bilan ko‘chaga yugurdik», – deydi. Shu payt jajji, shiringina singilchasi gapga qo‘shildi, deng. Nigina ekan ismi. «Mening oq ayiqcham bor-ku, o‘sha uyda qolgan ekan, – deydi ko‘zlarini katta-katta ochib, – men uni cho‘kib ketdi deb o‘ylab, rosa xafa bo‘ldim. Keyin dadam yo‘q bo‘lib qoldilar. Qidirib-qidirib, o‘yinchog‘imni topib keldilar. Ayiqcham qaytib keldi! Hozir uxlab yotibdi».
Juda ta’sirlanib ketdim. Tasavvur qilyapsizmi?! Odamlarning ko‘ziga hech nima ko‘rinmay, har tomonga o‘zini urgan bir paytda Niginaning dadasi farzandim o‘ksib qolmasin deb, ortiga qaytgan» – deb yozadi Saida Mirziyoyeva.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter