2 ming odam Yangiyerga evakuatsiya qilindi (foto)
Mirzaobod tumanidan vaqtinchalik evakuatsiya qilingan 2 ming nafardan ziyod aholi Yangiyer pedagogika hamda tibbiyot kollejlari, GulDUning Yangiyer shahridagi pedagogika fakulteti va Yangiyer futbol akademiyasi binosiga joylashtirildi. Bu haqda Yangiyer shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, mana shunday sharoitida bir qancha tadbirkorlar, saxovatpesha insonlar va homiylar tomonidan evakuatsiya qilingan fuqarolarga zaruriy oziq-ovqatlar, ichimlik suvi, niqob, antiseptik vosita, bir martalik qo‘lqoplar va boshqa tibbiyot vositalari yetkazib berilmoqda.
Shuningdek, Guliston tuman hokimligi tomonidan ham oziq-ovqat mahsulotlaridan iborat homiylik yоrdami keltirildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter