Sardoba toshqinida zarar ko‘rgan tadbirkorlarga qo‘shimcha 126 milliard so‘m ajratilmoqda
Senat Kengashi yig‘ilishida «Sardoba suv ombori» to‘g‘onida yuz bergan texnogen holat oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar ko‘rib chiqildi.
Joriy yil aprelida Hukumat komissiyasi tomonidan baliqchilik, chorvachilik va parrandachilik yo‘nalishlariga ixtisoslashgan tadbirkorlik sub’yektlariga yetkazilgan zarar miqdorini qoplash hamda irrigatsiya va melioratsiya tarmoqlarini qurish-ta’mirlashga ketadigan mablag‘ miqdori (126 mlrd so‘m) hisoblab chiqilgan.
Senat Kengashi ushbu pullarni respublika budjetidan bosqichma-bosqich ajratish taklifini ma’qulladi.
Eslatib o‘tamiz, 2021-yil 10-may kuni «Sardoba ishi» bo‘yicha 17 kishiga nisbatan sud hukmi o‘qilgan edi. Shuningdek, FVV tomonidan o‘tkazilgan anjumanda to‘g‘on yorilishining uch asosiy sababi ham ochiqlangandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter