Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Salom, Sardoba, biz birgamiz!» xayriya aksiyasi doirasida 200 mln. so‘mdan ortiq pul yig‘ildi

«Salom, Sardoba, biz birgamiz!» xayriya aksiyasi doirasida 200 mln. so‘mdan ortiq pul yig‘ildi

Sardobada ro‘y bergan ofat natijasida jabrlangan insonlarga ko‘mak va saxovat ko‘rsatishga ko‘pchilik oshiqmoqda.

Kimdir oziq-ovqat kiyim, kiyim-kechak bilan, kimdir pul mablag‘lari bilan yordam bermoqda.

Aksiya doirasida “Yuksalish” harakati tomonidan ochilgan maxsus hisob raqamiga 2020-yil 7-may soat 13:00 holatiga jami 208 660 353 so‘m mablag‘ yig‘ildi.

Xususan, yuridik shaxslar tomonidan 20212000100981895003 hisob raqamiga 168 132 475 so‘m o‘tkazildi.

Jismoniy shaxslar:

  • Payme: “Xayriya” bo‘limi – “BizBirgamiz” logotipi orqali 23 340 723 so‘m;
  • Click: “Xayriya” bo‘limi – “BizBirgamiz” logotipi orqali 17 187 155 so‘m o‘tkazishdi.

Bu holat yurtimizda saxovatli va o‘zgalar g‘amiga befarq bo‘lmagan insonlar ko‘pligidan dalolat beradi.

Mazkur mablag‘lar falokatdan jabr ko‘rgan sardobaliklarga o‘zlari bilan bevosita maslahatlashgan holda, kelgusida ularning turmush sharoitlarini yaxshilash uchun kerak bo‘lgan ehtiyojlariga yo‘naltiriladi.

Shu munosabat bilan, hozirda hisob raqamiga kelib tushgan pul mablag‘laridan hech qanday sarf-xarajatlar amalga oshirilgani yo‘q.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring