«Sardoba ishi» bo‘yicha 17 kishiga sud hukmi e’lon qilindi
2021-yil 10-may kuni Oliy sudning Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atida sudlanuvchilar M. Xolmatov va boshqalar (jami 17 kishi)ga nisbatan jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha yopiq sud jarayoni nihoyasiga yetdi.
2021-yil 10-may kuni Oliy sudning Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atida sudlanuvchilar
M. Xolmatov («O‘ztemiryo‘lqurilishmontaj» UK bosh direktorining o‘rinbosari – Gidrotexnik inshootlar qurish direksiyasi boshlig‘i lavozimida ishlagan),
S. Rudnev («UzGIP» MChJ Istiqbolli loyihalarni rejalashtirish bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlagan),
S. Abdunazarov («Sirdaryo suv qurilish invest» DUK rahbari lavozimida ishlagan),
B. Asadov («TO‘PALANG HDP IRRIGATION SYSTEMS» (sobiq «To‘palang Sherobod» ShK) UK rahbari lavozimida ishlagan),
L. Tojiddinov («TO‘PALANG HDP IRRIGATION SYSTEMS» (sobiq «To‘palang Sherobod» ShK) UK ishlab chiqarish bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlagan),
K. Ro‘ziyev («TO‘PALANG HDP WATER CONSTRUCTION» (sobiq «Rezaksoy suv qurilish») UK direktori lavozimida ishlagan),
A. Shukurov («TO‘PALANG HDP WATER CONSTRUCTION» (sobiq «Rezaksoy suv qurilish») UK ishlab chiqarish bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlagan),
I. Kattabekov («Omad dubl» MChJ rahbari lavozimida ishlagan),
O‘. Xamrayev («Omad dubl» MChJ bosh muhandisi lavozimida ishlagan),
Sh. Mamirov («Omad dubl» MChJ ishlab chiqarish bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlagan),
S. Muroduloyev («Sariosiyo qurilish» MChJ direktori lavozimida ishlagan),
A. Murodullayev («Sariosiyo qurilish» MChJ direktori o‘rinbosari lavozimida ishlagan),
F. Maxmudov («Trans servis kompleks» MChJ direktori lavozimida ishlagan),
Z. Jabborov («Trans servis kompleks» MChJ direktori o‘rinbosari lavozimida ishlagan),
Sh. Kuchkarov (Suv xo‘jaligi vazirligi Suv resurslari vasuvdan foydalanish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan),
F. Danaboyev («Sardoba» suv ombori ob’yektlaridan foydalanish va rivojlantirish direksiyasi boshlig‘i lavozimida ishlagan) va
S. Kaxxorov («Sardoba» suv ombori ob’yektlaridan foydalanish va rivojlantirish direksiyasi bosh muhandisi lavozimida ishlagan) ga nisbatan jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha yopiq sud jarayoni nihoyasiga yetdi va sud hukmi e’lon qilindi.
Ushbu jinoyat ishi bevosita davlat sirlari bilan bog‘liq bo‘lganligi sababli Jinoyat-protsessual kodeksining 19-moddasi 1-qismi talablariga muvofiq yopiq tarzda ko‘rib chiqildi.
E’lon qilingan sud hukmiga ko‘ra,
M. Xolmatov Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) 3-qismi «a», «v» bandlari, 209-moddasi (mansab soxtakorligi) 2-qismi «a», «b» bandlari va 258-moddasi (tog‘-kon, qurilish yoki portlatish ishlari xavfsizligi qoidalarini buzish) 2-qismi «a», «b» bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga o‘tash uchun uzil-kesil 3 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik bilan bog‘liq lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilgan holda 10 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Ozodlikdan mahrum qilish jazosini umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi.
S. Rudnev Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi «a», «v» bandlari, 209-moddasi 2-qismi «a», «b» bandlari va 258-moddasi 2-qismi «a», «b» bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga o‘tash uchun uzil-kesil 3 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik bilan bog‘liq lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilgan holda 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish va bazaviy hisoblash miqdorining 600 baravari miqdorida 133 800 000 so‘m jarima jazolari tayinlandi. Ozodlikdan mahrum qilish jazosini manzil koloniyalarda o‘tash belgilandi.
S. Abdunazarov Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi «a», «v» bandlari va 209-moddasi 2-qismi «a», «b» bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga o‘tash uchun uzil-kesil 3 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik bilan bog‘liq lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilgan holda 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish va bazaviy hisoblash miqdorining 600 baravari miqdorida 133 800 000 so‘m jarima jazolari tayinlandi. Ozodlikdan mahrum qilish jazosini manzil koloniyalarda o‘tash belgilandi.
B. Asadov Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi «a», «v» bandlari va 209-moddasi 2-qismi «a», «b» bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga o‘tash uchun uzil-kesil 4 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish va bazaviy hisoblash miqdorining 600 baravari miqdorida 133 800 000 so‘m jarima jazolari tayinlandi. Ozodlikdan mahrum qilish jazosini manzil koloniyalarda o‘tash belgilandi.
L. Tojiddinov Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi «a», «v» bandlari va 209-moddasi 2-qismi «a», «b» bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga o‘tash uchun uzil-kesil bazaviy hisoblash miqdorining 600 baravari miqdorida 133 800 000 so‘m jarima jazosi tayinlanib, dastlabki qamoqda saqlangan 70 kuni Jinoyat kodeksining 62-moddasi (ushlab turish, qamoqqa olish yoki uy qamog‘i vaqtini hisobga olish qoidalari) tartibida tayinlangan jazodan chegirilib, o‘tash uchun 125 225 000 so‘m jarima jazosi qoldirildi.
K. Ro‘ziyev Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi «a», «v» bandlari, 209-moddasi 2-qismi «a», «b» bandlari va 258-moddasi 2-qismi «a», «b» bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga o‘tash uchun uzil-kesil 3 yil muddatga tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqidan mahrum qilgan holda bazaviy hisoblash miqdorining 600 baravari miqdorida 133 800 000 so‘m jarima jazosi tayinlanib, dastlabki qamoqda saqlangan 296 kuni Jinoyat kodeksining 62-moddasi tartibida tayinlangan jazodan chegirilib, o‘tash uchun 97 540 000 so‘m jarima jazosi qoldirildi.
A. Shukurov Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi «a», «v» bandlari, 209-moddasi 2-qismi «a», «b» bandlari va 258-moddasi 2-qismi «a», «b» bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga o‘tash uchun uzil-kesil 3 yil muddatga tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqidan mahrum qilgan holda bazaviy hisoblash miqdorining 600 baravari miqdorida 133 800 000 so‘m jarima jazosi tayinlanib, dastlabki qamoqda saqlangan 70 kuni Jinoyat kodeksining 62-moddasi tartibida tayinlangan jazodan chegirilib, o‘tash uchun 125 225 000 so‘m jarima jazosi qoldirildi.
I. Kattabekov Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi «a», «v» bandlari, 209-moddasi 2-qismi «a», «b» bandlari va 258-moddasi 2-qismi «a», «b» bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga o‘tash uchun uzil-kesil 3 yil muddatga tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqidan mahrum qilgan holda 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish va bazaviy hisoblash miqdorining 600 baravari miqdorida 133 800 000 so‘m jarima jazolari tayinlandi.
O‘. Xamrayev Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi «a», «v» bandlari, 209-moddasi 2-qismi «a», «b» bandlari va 258-moddasi 2-qismi «a», «b» bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga o‘tash uchun uzil-kesil 3 yil muddatga tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqidan mahrum qilgan holda bazaviy hisoblash miqdorining 600 baravari miqdorida 133 800 000 so‘m jarima jazosi tayinlandi.
Sh. Mamirov Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi «a», «v» bandlari, 209-moddasi 2-qismi «a», «b» bandlari va 258-moddasi 2-qismi «a», «b» bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga o‘tash uchun uzil-kesil 3 yil muddatga tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqidan mahrum qilgan holda bazaviy hisoblash miqdorining 600 baravari miqdorida 133 800 000 so‘m jarima jazosi tayinlandi.
S. Muroduloyev Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi «a», «v» bandlari, 209-moddasi 2-qismi «a», «b» bandlari va 258-moddasi 2-qismi «a», «b» bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga o‘tash uchun uzil-kesil 3 yil muddatga tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqidan mahrum qilgan holda bazaviy hisoblash miqdorining 600 baravari miqdorida 133 800 000 so‘m jarima jazosi tayinlandi.
A. Murodullayev Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi «a», «v» bandlari, 209-moddasi 2-qismi «a», «b» bandlari va 258-moddasi 2-qismi «a», «b» bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga o‘tash uchun uzil-kesil 3 yil muddatga tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqidan mahrum qilgan holda bazaviy hisoblash miqdorining 600 baravari miqdorida 133 800 000 so‘m jarima jazosi tayinlandi.
F. Maxmudov Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi «a», «v» bandlari, 209-moddasi 2-qismi «a», «b» bandlari va 258-moddasi 2-qismi «a», «b» bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga o‘tash uchun uzil-kesil 3 yil muddatga tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqidan mahrum qilgan holda bazaviy hisoblash miqdorining 600 baravari miqdorida 133 800 000 so‘m jarima jazosi tayinlandi.
Z. Jabborov Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi «a», «v» bandlari, 209-moddasi 2-qismi «a», «b» bandlari va 258-moddasi 2-qismi «a», «b» bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga o‘tash uchun uzil-kesil 3 yil muddatga tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqidan mahrum qilgan holda bazaviy hisoblash miqdorining 600 baravari miqdorida 133 800 000 so‘m jarima jazosi tayinlandi.
Sh. Kuchkarov Jinoyat kodeksining 203-moddasi (suv yoki suv havzalaridan foydalanish shartlarini buzish) da nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravari miqdorida 22 300 000 so‘m jarima jazosi tayinlanib, dastlabki qamoqda saqlangan 126 kuni Jinoyat kodeksining 62-moddasi tartibida tayinlangan jazodan chegirilib, o‘tash 6 865 000 so‘m jarima jazosi qoldirildi.
F. Danaboyev Jinoyat kodeksining 203-moddasi va 207-moddasi (mansabga sovuqqonlik bilan qarash) 3-qismi «a» bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga o‘tash uchun uzil-kesil 3 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik bilan bog‘liq lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilgan holda 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Ozodlikdan mahrum qilish jazosini manzil koloniyalarda o‘tash belgilandi.
S. Kaxxorov Jinoyat kodeksining 203-moddasi va 207-moddasi 3-qismi «a» bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga o‘tash uchun uzil-kesil 3 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik bilan bog‘liq lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilgan holda 4 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.
Shuningdek, sudlanuvchilardan o‘zlashtirish va rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish oqibatida hamda «Sardoba» suv ombori o‘pirilishi natijasida yetkazilgan zararlarni undirish choralari belgilandi.
Mazkur jinoiy ish bo‘yicha sudga raislik qiluvchi tomonidan jabrlanuvchilarning qonuniy vakillari va fuqaroviy da’vogarlarga jinoyat oqibatida yetkazilgan moddiy va ma’naviy zararni undirish masalasida tegishli hujjatlarni ilova qilgan holda fuqarolik ishlari bo‘yicha sudga murojaat qilish huquqi mavjudligi hamda sudlanuvchilar va boshqa tomonlarga ushbu hukm ustidan shikoyat qilishning qonunda belgilangan tartibi va muddati tushuntirildi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi
Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter