Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qarshi shahrining sobiq hokimiga sud hukmi o‘qildi

Qarshi shahrining sobiq hokimiga sud hukmi o‘qildi

Jinoyat ishlari bo‘yicha Qarshi shahar sudi 2016-2019 yillarda Qarshi shahar hokimi lavozimida ishlagan J. F.ga nisbatan hukm chiqardi.

Qayd etilishicha, unga Jinoyat kodeksining 205-moddasi (hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish) 2-qismi «a bandi, 206-moddasi (hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chetga chiqish) 2-qismi «a» bandi, 209-moddasi (mansab soxtakorligi) 2-qismi «a» bandi va 229-4-moddasi (yer berish tartibini buzish) 2-qismi «a» bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga Jinoyat kodeksining 59-moddasi (bir necha jinoyat sodir etganlik uchun jazo tayinlash) ga asosan 2 yil muddatga mansabdorlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilgan holda 4 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

Ayni paytda sudlanuvchi J. F. tomonidan ushbu hukm ustidan berilgan apellyasiya shikoyati Qashqadaryo viloyat sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati apellyasiya instansiyasida ko‘rib chiqish uchun rasmiylashtirilmoqda, deyiladi Oliy sud matbuot xizmati xabarida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring