Sardobaliklarni «tuya ustida ham» it qopyaptimi?
Sardobaliklarni tuya ustida ham it qopayotgandek go‘yo. Texnogen ofatdan zarar ko‘rgan fuqarolarga yordam ko‘rsatish borasida ozmuncha ishlar qilinayotgani yo‘q, to‘g‘ri. Ayni jarayonda muayyan muammolar paydo bo‘layotgani bor gap. Ammo jafokash hamyurtlarimizga birinchi yordam sifatida zarur bo‘lgan mahsulotlar talon-taroj qilinganiga nima deysiz?!
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Sardoba tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro M.J. nima qilgani aniqlandi, deng?
U ofat sabab tuman 21-sonli maktabga evakuatsiya qilingan aholi uchun zarur nooziq-ovqat mahsulotlarini olib kelish maqsadida Sardoba tuman Qizil yarim oy jamiyati rahbari nomidan soxta hujjatlar tayyorlab, 53 mln so‘mlik mahsulotlarni maxsus ombordan olib chiqib, noma’lum shaxslarga sotib yuborgan!
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘g‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter