Izboskandagi masjid portlashi yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Izboskan tumanda joylashgan «Ahmadali hoji» masjidining tahoratxona binosi yerto‘lasida isitish moslamalariga ulangan gaz quvurlaridan sizib chiqqan tabiiy gaz, xona ichiga to‘planib qolishi natijasida, elektr energiyasi yoqilgan vaqtda chaqnash sodir bo‘lib, bino qulab tushgan.
Bu haqda viloyat prokuraturasi ma’lum qildi.
Natijada bino ichida bo‘lgan 10 nafari shaxslar turli darajada tan-jarohatlari olgan va 3 nafar shaxslar voqea joyida vafot etgan.
Ayni paytda mazkur holat yuzasidan Andijon viloyat prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 205, 259-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
«Tergov harakatlari davomida barcha xolatlar to‘liq o‘rganilib, qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi», – deyiladi rasmiy xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter