Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Farg‘onada bank mas’ullari va hokim yordamchilari qo‘lga tushdi

Farg‘onada bank mas’ullari va hokim yordamchilari qo‘lga tushdi

Foto: Xavfsizlik

Farg‘ona viloyatining O‘zbekiston tumanida bank mas’ullari va hokim yordamchilarining jinoyati fosh etildi.

Aksiyadorlik tijorat «Xalq banki»ning O‘zbekiston bank xizmatlari markazida ishlovchi mahalla bankiri mazkur markaz boshqaruvchisi o‘rinbosari bilan o‘zaro til biriktirib, ikki nafar fuqaro nomiga 66 mln so‘m kredit ajratib berish evaziga 10 mln so‘m talab qiladi.

DXX va IJQKD xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda mahalla bankiri so‘ralgan pul mablag‘ini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Tergovga qadar tekshiruv davomida, kredit ajratib berish uchun u muqaddam 600 ming so‘m, bank boshqaruvchisi o‘rinbosari esa 920 ming so‘m olganligi aniqlangan.

Shuningdek, «Xalq banki» O‘zbekiston BXM mansabdor shaxslari, O‘zbekiston tumanidagi mahalla fuqarolar yig‘inlaridagi ikki nafar hokim yordamchisi va ulgurji savdoga ixtisoslashgan MChJ rahbari soxta hujjatlar asosida boshqa fuqarolar nomiga 153 mln so‘m miqdorida maqsadsiz kredit ajratilishiga erishib, ularni naqdlashtirib, talon-toroj qilganliklari ham ma’lum bo‘ldi.

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Xabarda aytilishicha, BXM boshqaruvchisining o‘rinbosari 2000 va 2015-yillarda Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi va 211-moddasi 1-qismi bilan sudlangan bo‘lsa-da, o‘z xatolaridan to‘g‘ri xulosa chiqarmagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring