Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Nega Sardoba toshqinida bedarak yo‘qolganlar haqida ma’lumot berilmayapti?

Nega Sardoba toshqinida bedarak yo‘qolganlar haqida ma’lumot berilmayapti?

Sirdaryo viloyatining «Sardoba» suv ombori dambasi o‘pirilishi oqibatida yuzaga kelgan toshqinda qurbonlar bo‘lmagani rasmiy xabarlarda bir necha bor qayd etildi.

Dastlabki kunda hududdagi 60 mingdan ziyod aholi xavfsiz joyga evakuatsiya qilingani aytilgan bo‘lsa-da, toshqin joyini hamma ham tark eta olmaganini FVV tomonidan berib borilayotgan axborotlar ko‘rsatib turibdi. Masalan, kulfatning ikkinchi kunida qutqaruvchilar tomonidan 138 nafar fuqaro toshqin oqibatlaridan qutqarilgani ma’lum qilindi.

Bugun, 5-may kuni Mudofaa vazirligi axborot xizmati favqulodda vaziyat sodir bo‘lgan hududlarning borish qiyin joylarida razvedka-qidiruv ishlarini amalga oshirish hamda evakuatsiya tadbirlari jarayonida ikki kishini qutqarilganini xabar qildi. Ularning birining 1 oyog‘i jarohatlangan, ikkinchisining tana harorati ko‘tarilgan bo‘lgan. Tasavvur qilyapsizmi, ular 5 kun davomida xavfli hududda qolib ketishgan!

O‘z-o‘zidan savol tug‘iladi: shuncha odam favqulodda vaziyat sodir bo‘lgan hududdan topilayotgan va qutqarilayotgan ekan, u yerda yana necha kishi daraksiz qolmoqda? Axir, ular bedarak yo‘qolganlar emasmi?

Suv ombori dambasi o‘pirilishining noxush oqibatini kuni kecha Milliy gvardiyaning bir nafar xodimi vafot etishida, yana biri esa toshqinda oqib ketib, qidirilayotgani haqidagi xabarda ham ko‘rdik.

Shunday og‘ir vaziyatlarda qolib ketgan va hamon qidirilayotgan insonlar soni ochiq oshkor qilinishi kerak, nazarimizda. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring