Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Sardoba ishi» yopiq sudda ko‘riladigan bo‘ldi

«Sardoba ishi» yopiq sudda ko‘riladigan bo‘ldi

21-dekabr kuni Oliy sudning Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati tomonidan sudlanuvchilar M. Xolmatov («O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ «Gidrotexnik inshootlar qurish direksiyasi» boshlig‘i lavozimida ishlagan) va boshqalar (jami 17 kishi) ga nisbatan jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha yopiq sud jarayoni boshlandi. Bu haqda Oliy sud matbuot xizmati xabar berdi.

«Ushbu jinoyat ishi bevosita davlat sirlari bilan bog‘liq bo‘lganligi sababli Jinoyat-protsessual kodeksining 19-moddasi 1-qismi talablariga muvofiq yopiq tarzda ko‘rilayapti.

Sudlanuvchilar Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish), 203-moddasi (suv yoki suv havzalaridan foydalanish shartlarini buzish), 205-moddasi (hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish), 207-moddasi (mansabga sovuqqonlik bilan qarash), 209-moddasi (mansab soxtakorligi) va 258-moddasi (tog‘-kon, qurilish yoki portlatish ishlari xavfsizligi qoidalarini buzish) da nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanmoqdalar.

Sud jarayoni davom etmoqda.

Ishni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha alohida bayonot beriladi», deyiladi Oliy sud xabarida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring