Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zsanoatqurilishbank tomonidan SAP texnologiyalariga asoslangan «Budjetlashtirish» tizimi joriy etildi

10/05/2023

Joriy yilning 10 may kuni poytaxtimizdagi «Intercontinental Tashkent» xalqaro biznes markazida O‘zsanoatqurilishbank tomonidan SAP texnologiyalari asosida ishlab chiqilgan yirik loyiha – «Budjetlashtirish» tizimining taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, Xalqaro moliya korporatsiyasi, xalqaro auditorlik tashkilotlari va tijorat banklari vakillari, jurnalistlar hamda blogerlar ishtirok etdi.

Korxonalarni tabiiy gazdan ko‘mir yoqilg‘isiga o‘tkazish bo‘yicha qo‘llanma yaratildi

19/04/2023

O‘zsanoatqurilishbank hamda «O‘zsanoatqurilishmateriallari» uyushmasi hamkorligida sement, g‘isht va ohak ishlab chiqaruvchi korxonalarni tabiiy gazdan ko‘mir yoqilg‘isiga o‘tkazish bo‘yicha namunaviy metodik qo‘llanma ishlab chiqildi.

Qoraqalpog‘istonda qurilishi bitmagan 5 qavatli uyning zinapoyasi qulab tushdi

21/02/2023

Ijtimoiy tarmoqlarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qonliko‘l tumanidagi «Yangi O‘zbekiston» massivida qurilayotgan 5 qavatli 30 xonadonli turarjoy binolaridan birining zinopayasi qulab tushgani haqida xabarlar tarqaldi.

O‘zsanoatqurilishbank tizimida muqobil energiya manbalari joriy qilinmoqda

20/02/2023

O‘zsanoatqurilishbank Bosh ofisi binosiga 100 kVt quvvatli hamda beshta tarmog‘i binosiga umumiy quvvati 235 kVt bo‘lgan quyosh panellari o‘rnatildi. Joriy yil so‘nggiga qadar bankning boshqa tarmoqlari binolarini ham qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalari bilan ta’minlash ko‘zda tutilgan.

O‘zsanoatqurilishbank tizimida mijozlarga qator qulayliklar yaratildi

01/02/2023

O‘zsanoatqurilishbank tomonidan tizimning barcha yo‘nalishlarini tubdan isloh qilish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. 

O‘zsanoatqurilishbank va Fransiya taraqqiyot agentligi o‘rtasida texnik ko‘maklashuv bitimi imzolandi

31/01/2023

Prezident Shavkat Mirziyoyevning o‘tgan yil 21-22-noyabr kunlari Fransiyaga rasmiy tashrifi doirasida O‘zbekiston hukumati va Fransiya taraqqiyot agentligi o‘rtasida 2025 yilga mo‘ljallab yangi strategik hamkorlik dasturi imzolandi.

Bir yoshga to‘lgan «Tadbirkorlar maktabi»ga bir nazar

11/01/2023

Yurtimizda qurilish materiallari industriyasini rivojlantirish, sohada biznesni zamonaviy shaklda tashkil qilishda «Tadbirkorlar maktabi» o‘quv markazi o‘z oldiga katta maqsad qo‘ygan.

O‘zsanoatqurilishbankda «Ochiq eshiklar kuni» o‘tkazildi

07/12/2022

9 dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan O‘zsanoatqurilishbank Bosh ofisida «Ochiq eshiklar kuni» bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi bilan hamkorlikda tashkil etilgan tadbirda Bank tomonidan joriy qilingan Korrupsiyaga qarshi menejment tizimi talablari doirasida olib borilgan ishlar bo‘yicha ma’lumot berildi.

Tadbirkorlarga sohada kutilayotgan o‘zgarishlar mohiyati tushuntirildi

28/11/2022

O‘zsanoatqurilishbank tomonidan Andijon va Farg‘ona viloyatlarida tadbirkorlar bilan uchrashuv tashkil etildi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabining tajribali mutaxassisi – iqtisod fanlari doktori, professor To‘lqin Boboqulov ishtirok etdi.

Aholi murojaatlari tahlil qilindi — O‘zsanoatqurilishbank

15/11/2022

Joriy yilning 15-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida O‘zsanoatqurilishbank tomonidan aholi murojaatlari bilan ishlash sohasida o‘tgan 9 oyi davomida amalga oshirilgan ishlarga bag‘ishlangan brifing o‘tkazildi.

O‘zsanoatqurilishbank g‘aznachilik yo‘nalishini yangi bosqichga olib chiqmoqda

07/11/2022

Joriy yil 3-4 noyabr kunlari Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan II O‘zbekiston xalqaro iqtisodiy forumi doirasida O‘zsanoatqurilishbankning moliya bozorlaridagi ishtirokini kengaytirishga qaratilgan qator kelishuvlarga erishildi.

O‘zsanoatqurilishbank va Xalqaro moliya korporatsiyasi ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirmoqda

04/11/2022

Hujjatga ko‘ra, XMK tomonidan bankka 50 mln. AQSh dollari miqdorida subordinatsiyalangan kredit ajratish hamda yevroobligatsiyalarni muomalaga chiqarib, uni xususiy tarzda joylashtirishga ko‘maklashuv taqdim etiladi.

O‘zsanoatqurilishbank Loyiha boshqaruvi ofisi amalga oshirgan ishlar bo‘yicha matbuot anjumani o‘tkazildi

03/11/2022

Joriy yilning 3 noyabr kuni Milliy matbuot markazida O‘zsanoatqurilishbank Loyiha boshqaruvi ofisi tomonidan amalga oshirilgan ishlarga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

O‘zsanoatqurilishbank: qurilish materiallari sanoatini boshqarish tizimining samaradorligi oshadi

27/10/2022

Joriy yilning 26 oktyabr kuni Milliy matbuot markazida O‘zsanoatqurilishbank tomonidan mamlakatimiz qurilish materiallari sanoatini rivojlantirish hamda investitsiya loyihalarini moliyalashtirish borasida amalga oshirilgan ishlarning joriy holati hamda yil yakuniga qadar kutilayotgan natijalarga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

SQB sayyohlik biznesi uchun kreditlar taklif etadi

26/10/2022

O‘zsanoatqurilishbank turizm sohasida biznes boshlamoqchi bo‘lgan aholi vakillari hamda tadbirkorlar uchun alohida kredit mahsuloti taqdim etmoqda.

SQB Namangandagi eng yirik eksportyor korxonalardan biriga press-tur tashkil etdi

24/10/2022

O‘zsanoatqurilishbank jurnalistlarni Namangan viloyatidagi eng yirik eksportchi korxona faoliyati hamda Bankning Namangan mintaqaviy tarmog‘ida amalga oshirilgan transformatsiya ishlari natijasi bilan tanishtirdi.

Qurilish materiallari ishlab chiqarish sanoatiga turkiyalik investorlar jalb qilinadi

20/10/2022

Joriy yilning 19 oktyabr kuni «O‘zsanoatqurilishbank»ATB Boshqaruv Raisi – Qurilish materiallari sanoatini rivojlantirish bo‘yicha Kengash raisi Saxi Annaklichev hamda Turkiya Qurilish materiallari ishlab chiqaruvchilari uyushmasining Boshqaruv Kengashi raisi Tayfun Guchuk o‘g‘li o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Til – jamiyat ko‘zgusi

19/10/2022

Joriy yilning 18 oktyabr kuni O‘zsanoatqurilishbank tomonidan O‘zbek tili bayrami munosabati bilan «Qadring baland bo‘lsin, ona tilim» shiori ostida ma’naviy tadbir tashkil etildi. Tadbirga O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, «Do‘stlik» ordeni sohibi, shoir Shodmonqul Salom taklif etildi.

O‘zsanoatqurilishbank zamonaviy quvur va fitinglar ishlab chiqarish loyihasini moliyalashtirdi

13/10/2022

Joriy yilning 13 oktyabr kuni O‘zsanoatqurilishbank tomonidan Toshkent viloyati Zangiota tumanida joylashgan «Asia polyplast» mas’uliyati cheklangan jamiyatiga press-tur tashkil etildi. Unda ommaviy axborot vositalari xodimlari xalqaro standartlarda 600 turga yaqin plastmassa mahsulotlari ishlab chiqarayotgan korxona faoliyati bilan yaqindan tanishtirildi.

O‘zsanoatqurilishbank Vengriya banklari bilan hamkorlikni kengaytirmoqda

07/10/2022

Joriy yilning 3 oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Vengriyaga tashrifi arafasida Budapesht shahrida o‘zbek-venger biznes-forumi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zsanoatqurilishbank va Vengriya banklari o‘rtasida yangi kelishuvlarga erishildi.

O‘zsanoatqurilishbank Jizzax viloyatiga press-tur tashkil etdi

29/09/2022

Joriy yilning 28 sentyabr kuni O‘zsanoatqurilishbank tomonidan ommaviy axborot vositalari (OAV) xodimlari uchun Jizzax viloyatiga press-tur tashkil etildi. Unda jurnalistlar Bankning moliyaviy ko‘magida ishga tushirilgan korxona faoliyati hamda mazkur hududda muassasa mijozlariga yaratilgan qulayliklar bilan tanishtirildi.

O‘zsanoatqurilishbank tomonidan «Diplomat international school» xususiy maktabiga press-tur tashkil etildi

27/09/2022

Joriy yilning 27 sentyabr kuni O‘zsanoatqurilishbank tomonidan Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanidagi «Diplomat international school» xususiy maktabiga press-tur tashkil etildi. Unda ommaviy axborot vositalari xodimlari yangi ta’lim maskanining o‘ziga xos jihatlari bilan tanishtirildi.

Deputatlar O‘zsanoatqurilishbank tizimida transformatsiya jarayonlari va davlat dasturlari ijrosi bilan tanishdi

23/09/2022

Joriy yilning 22 sentyabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Budjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasi tomonidan O‘zsanoatqurilishbank tizimida transformatsiya jarayonlari hamda davlat dasturlari ijrosini ta’minlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlarga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi

«Tadbirkorlar maktabi»: biznesni boshlash va boshqarishda dastlabki saboqni oling!

21/09/2022

Respublikada yagona «Tadbirkorlar maktabi» o‘quv markazida o‘tgan sakkiz oy davomida 260 dan ziyod tinglovchi tahsil olib, maxsus sertifikatga ega bo‘ldi.  

O‘zsanoatqurilishbank kredit kartalari bilan 40 kungacha foizsiz kreditdan foydalaning!

06/09/2022

Eng ulug‘, eng aziz ayyom – O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 31 yilligi munosabati bilan O‘zsanoatqurilishbank yurtdoshlarimiz uchun ajoyib tuhfa – kredit kartalarini taqdim etdi. O‘zbekistonda ilk bor foizlarsiz davrga ega ushbu kredit mahsulotini bankka tashrif buyurmasdan rasmiylashtirish mumkin.

SQB talabalarga imtiyozli shartlarda ta’lim kreditlari ajratadi

31/08/2022

«O‘zsanoatqurilishbank» yangi o‘quv yilidan boshlab mamlakatimizdagi barcha xususiy, xorijiy va davlat oliy, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida to‘lov-shartnoma asosida tahsil olayotgan talabalariga imtiyozli shartlarda ta’lim kreditlari ajratadi.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari «O‘zsanoatqurilishbank» faoliyatini o‘rgandi

30/08/2022

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xodjayev Toshkent shahridagi «O‘zsanoatqurilishbank» O‘quv va Internet texnologiyalar markazlariga tashrif buyurib, moliya muassasasining joriy faoliyati va rivojlanish rejalari bilan tanishdi.

O‘zsanoatqurilishbank tomonidan «Salomatlik va sof tabiat uchun!» ekologik aksiya o‘tkazildi (video)

23/08/2022

O‘zsanoatqurilishbank tomonidan «Salomatlik va sof tabiat uchun!» ekologik aksiya o‘tkazildi.

O‘zsanoatqurilishbank xalqaro investorlar bilan uchrashuvlarning navbatdagi raundini o‘tkazdi

03/08/2022

2022 yil 1 avgust kuni O‘zsanoatqurilishbank faoliyatida joriy o‘zgarishlar haqida yangilangan ma’lumotlarni taqdim etish maqsadida xalqaro biznes hamjamiyati vakillari bilan videokonferens aloqa (Investor Call) shaklida navbatdagi uchrashuv tashkil etildi.

O‘zsanoatqurilishbank va YeTTB o‘rtasida konvertatsiyalanadigan qarz bitimlari imzolandi

27/07/2022

Joriy yil 27 iyul kuni Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YeTTB) tomonidan O‘zsanoatqurilishbank aksiyalariga konvertatsiya qilish imkoniyati bilan 50 mln. AQSh dollari miqdorida kredit mablag‘larini ajratish to‘g‘risida Bitimlar paketini imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.

«O‘zsanoatqurilishbank» Toshkent viloyatida tadbirkorlik rivojiga hissa qo‘shmoqda

27/07/2022

Joriy yilning 20 iyul kuni O‘zsanoatqurilishbankning Toshkent viloyati mintaqaviy bank xizmatlari ofisi (BXO)ga press-tur tashkil etildi. Unda ommaviy axborot vositalari (OAV) xodimlari mazkur muassasada transformatsiya ishlari bilan yaqindan tanishib, Bankning moliyaviy ko‘magida ishga tushirilgan korxonalarga tashrif buyurdi.

«O‘zsanoatqurilishbank» Toshkent viloyatiga press-tur tashkil qildi

26/07/2022

Joriy yilning 20 iyul kuni O‘zsanoatqurilishbankning Toshkent viloyati mintaqaviy bank xizmatlari ofisi (BXO)ga press-tur tashkil etildi. Unda ommaviy axborot vositalari (OAV) xodimlari mazkur muassasada transformatsiya ishlari bilan yaqindan tanishib, Bankning moliyaviy ko‘magida ishga tushirilgan korxonalarga tashrif buyurdi.

O‘zsanoatqurilishbank: Qurilish materiallari ishlab chiqarish sohasida 995 million dollarlik loyihalar moliyalashtirildi

22/07/2022

Qurilish materiallari sanoatining innovatsion salohiyatini oshirishga mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojining muhim omili sifatida qaralayotgani katta natijalarga omil bo‘lmoqda. Bu borada mas’ul muassasalardan biri bo‘lgan O‘zsanoatqurilishbank tomonidan qayd etilishicha,

«Tadbirkorlar maktabi»ga keyingi mavsum uchun talabgor tinglovchilar ro‘yxati shakllantirilmoqda

18/07/2022

«O‘zsanoatqurilishbank» va «O‘zsanoatqurilishmateriallari» uyushmasi hamkorligida «OʻzqurilishmaterialLITI» MChJ ilmiy-tadqiqot va injiniring markazi huzurida tashkil etilgan «Tadbirkorlar maktabi»ga sakkizinchi mavsum uchun qabul boshlandi.

O‘zsanoatqurilishbank «O‘zbekistondagi eng ilg‘or bank» deb e’tirof etildi

16/07/2022

Nashr ekspertlari Bankni O‘zbekistonning eng yirik kredit muassasasi sifatida e’tirof etib, uning so‘nggi 12 oy davomidagi faoliyatini tahlil qildi.

Butkul zamonaviy — «O‘zsanoatqurilishbank» yangi o‘quv va IT markaz faoliyatini yo‘lga qo‘ydi

15/07/2022

O‘zsanoatqurilishbank tomonidan yangicha qiyofa va yangi ish uslubida O‘quv va IT markazlar faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Bunda xodimlar uchun xavfsiz va zamonaviy mehnat sharoitlarini yaratish bilan birga qulay ijodiy muhitni hozirlash maqsadi ilgari surildi.

Ikki prezident muzokaralari kengaytirilgan tartibda davom etdi

14/07/2022

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedovning muzokaralari ikki mamlakat rasmiy delegatsiyalari ishtirokida kengaytirilgan tarkibda davom etdi.

O‘zsanoatqurilishbankka korrupsiyaga murosasizlik sertifikati topshirildi

14/07/2022

Joriy yilning 14 iyul kuni O‘zsanoatqurilishbankka korrupsiyaga qarshi kurashish menejment tizimining ISO 37001:2016 xalqaro standarti talablariga muvofiqlik sertifikati taqdim etildi.

O‘zsanoatqurilishbank filiallararo operatsiyalarni yagona bank kodiga o‘tkazdi

05/07/2022

O‘zsanoatqurilishbank tizimidagi barcha filiallarni yagona bank kodiga o‘tkazish ishlari muvaffaqiyatli yakunlandi.

«O‘zsanoatqurilishbank» aksiyadorlarining umumiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

30/06/2022

«O‘zsanoatqurilishbank» faoliyatining 2021 yil yakunlariga bag‘ishlangan aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Bank Boshqaruvi a’zolari, aksiyadorlar hamda tegishli tarkibiy tuzilmalar rahbarlari ishtirok etdi.

Londonda o‘tkazilgan xalqaro konferensiyada O‘zsanoatqurilishbank faoliyati namoyish etildi

27/05/2022

Joriy yilning 25 may kuni O‘zsanoatqurilishbank vakillari London shahrida (Buyuk Britaniya) J.P.Morgan tomonidan tashkil etilgan «Rivojlangan bozorlarda kat’iy daromad olish» («Frontier Markets Fixed Income Conferense») mavzuidagi xalqaro konferensiyada ishtirok etdi. Unda O‘zbekiston bank-moliya tizimidagi o‘zgarishlar hamda O‘zsanoatqurilishbank faoliyati haqida taqdimot namoyish qilindi.

O‘zsanoatqurilishbank: davlat dasturlari amalda (video)

19/05/2022

Joriy yilning 18-may kuni Milliy matbuot markazida O‘zsanoatqurilishbank tizimida joriy yilning birinchi choragida davlat dasturlari doirasida olib borilgan ishlarga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

O‘zsanoatqurilishbank ikkinchi marotaba YeTTBning «Yashil moliyalashtirish yo‘nalishidagi eng yaxshi loyiha» sovriniga erishdi

12/05/2022

Joriy yilning 10-12 may kunlari Marokash shahrida Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YeTTB) Boshqaruvchilari Kengashining 2022 yilga mo‘ljallangan an’naviy yillik yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

O‘zsanoatqurilishbank tomonidan milliy valyutada yangi omonatlar taklif etilmoqda

28/04/2022

O‘zsanoatqurilishbank tizimida «Ishonch» va «Yuksalish» nomli yangi muddatli omonatlar joriy etildi. Ushbu omonatlar JOYDA mobil ilovasi orqali ochilganda daromadlilik nisbatan yuqori bo‘ladi, onlayn tarzda oson va yengil boshqariladi.

O‘zsanoatqurilishbank «og‘ir» tumanlarda ishlab chiqarishni rivojlantirishga hissa qo‘shmoqda (foto)

18/04/2022

O‘zsanoatqurilishbank tomonidan ommaviy axborot vositalari (OAV) xodimlari uchun Sirdaryo viloyatiga press-tur tashkil etildi.

O‘zsanoatqurilishbankda transformatsiya: kichik va o‘rta biznes sub’yektlariga xizmat ko‘rsatish yangi bosqichda

07/04/2022

Tadbirda bank rahbariyati, tegishli tarkibiy bo‘linmalar mas’ullari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

SQB o‘quvchilarning moliyaviy savodxonligini oshirmoqda!

05/04/2022

Maktab o‘quvchilariga savol bilan yuzlandik. Xo‘sh, kim pul yig‘ishni yaxshi ko‘radi, yoki kim kundalik harajatlarini nazorat qilib boradi? Zal suv quygandek jim-jit edi! Keyin ularga navbatdagi savolni berdik. Aytingchi, kim har kuni pul ishlatadi? Negadir 1-savolga ko‘tarilmagan qo‘llar bu javobga kelganda jonlanib qoldi. Birdaniga hamma: «men, men, men, men.....»

O‘zsanoatqurilishbank hamda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki o‘rtasidagi hamkorlik kengaymoqda

26/03/2022

Mazkur hujjat tomonlar hamkorligining mantiqiy davomi bo‘lib, O‘zsanoatqurilishbankni xalqaro standartlarga mos ravishda transformatsiya qilish jarayonida amalga oshirilayotgan sheriklik munosabatlaridagi o‘ziga xos muhim bosqich sanaladi.

O‘zsanoatqurilishbankda xotin-qizlarning huquqiy bilimlarini oshirishga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi

17/02/2022

O‘zsanoatqurilishbank tizimida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy hamda iqtisodiy jabhalardagi huquqiy savodxonligini oshirishga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi.

«Tadbirkorlar maktabi»da birinchi mavsum o‘quv kurslari boshlandi

02/02/2022

Joriy yilning 1 fevralidan boshlab O‘zsanoatqurilishbank hamda «O‘zsanoatqurilishmateriallari» uyushmasi hamkorligida «O‘zqurilishmaterialLITI» MChJ ilmiy-tadqiqot va injiniring markazi huzurida tashkil etilgan «Tadbirkorlar maktabi» o‘quv markazida qurilish materiallari ishlab chiqarish sohasida o‘z biznesini boshlash niyatidagi tadbirkorlar, tarmoq korxona va tashkilotlar xodimlari, shuningdek, keng jamoatchilik vakillari uchun o‘quvlar boshlandi.

«Tadbirkorlar maktabi» o‘quv markazida malaka oshirish kurslari boshlandi

17/01/2022

10 dan ortiq oliy ta’lim muassasalari, ilmiy tadqiqot institutlari bilan o‘zaro hamkorlik o‘rnatilgan bo‘lib, jami 72 soatga mo‘ljallangan kurslar, modullarga ajratilgan holda chuqur malaka va ko‘nikmaga ega, fan nomzodlari, fan doktorlari, professorlar tomonidan olib boriladi.

O‘zbekiston milliy universiteti qoshida O‘zsanoatqurilishbank innovatsion markazi ish boshladi (video)

24/12/2021

Joriy yilning 23-dekabr kuni O‘zsanoatqurilishbank tomonidan Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti qoshida tashkil etilgan innovatsion markazning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Toshkentda Tadbirkorlar maktabi ochildi

22/12/2021

Joriy yilning 21-dekabr kuni O‘zsanoatqurilishbank hamda «O‘zsanoatqurilishmateriallari» uyushmasi hamkorligida tashkil etilgan «Tadbirkorlar maktabi» o‘quv markazining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

O‘zsanoatqurilishbank Uzcard terminallarida Visa kartalarini qabul qilishni boshladi

17/12/2021

O‘zsanoatqurilishbank «Yagona umumrespublika protsessing markazi» va VISA xalqaro to‘lov tizimi bilan birgalikda aholi o‘rtasida naqdsiz to‘lovlarni ommalashtirish hamda rivojlantirish maqsadida «UZCARD terminal tizimida VISA kartalari ekvayringi» loyihasini amalga oshirdi. 

JOYDA ilovasidagi tovar va xizmatlar soni 10 mingdan ortdi!

14/12/2021

Bugungi kunda O‘zsanoatqurilishbankning JOYDA marketpleysi orqali taklif qilinayotgan mahsulot va xizmat turlari 10 mingdan oshdi. Ishlab chiqaruvchi, xizmat ko‘rsatuvchi va savdo tashkilotlari (merchantlar) bilan hamkorlik ko‘lami qariyb ikki yuzga yetdi. Ilova asosida ko‘rsatilayotgan bank xizmatlari turi 17 tani tashkil etdi.

O‘szanoatqurilishbankning xalqaro investitsion kompaniyalar va biznes-akseleratorlar bilan hamkorligi yanada kengayadi

09/12/2021

Joriy yilning 7 dekabr kuni O‘zsanoatqurilishbank vakillari «Wood’s Winter Wonderland EME Conference» anjumani doirasida investorlar bilan videoaloqa (Investor Call) tarzida o‘tkazilgan navbatdagi uchrashuvda qatnashdi.

«O‘zsanoatqurilishbank» ACCA Approved Employer maqomini oldi

03/12/2021

«O‘zsanoatqurilishbank» ATB moliya, buxgalteriya hisobi va audit sohasidagi mutaxassislarni professional rivojlantirishning xalqaro standartlariga muvofiqlik maqomini oldi.

O‘zsanoatqurilishbank «JP Morgan Chase Bank» mukofotiga sazovor bo‘ldi

02/12/2021

Joriy yilning 25 noyabr kuni O‘zsanoatqurilishbank AQShning «JP Morgan Chase Bank» tomonidan 2021 yilda AQSh dollarida sifatli tijorat to‘lovlari (MT103) kliringi uchun «2021 Elite Quality Recognition Award» mukofoti bilan taqdirlandi.

O‘zsanoatqurilishbank «Yilning eng yaxshi yashil investitsiya banki» deb topildi

01/12/2021

O‘zsanoatqurilishbank «Green banking» loyihasi nafaqat mamlakatimizda, balki xalqaro jamoatchilik tomonidan ham munosib e’tirof etilmoqda.

O‘zsanoatqurilishbank va Sberbank korporativ universiteti o‘rtasida o‘zaro hamkorlik kelishuvi imzolandi

18/11/2021

O‘zsanoatqurilishbank va Sberbank korporativ universiteti (Rossiya) o‘rtasida bank tizimiga rahbar xodimlar tayyorlash va ular malakasini oshirishga qaratilgan o‘zaro hamkorlik kelishuvi imzolandi.

S&P Global Ratings O‘zsanoatqurilishbankning kredit reytingi prognozini oshirdi

10/11/2021

Standard & Poor’s Global Ratings xalqaro reyting agentligi O‘zsanoatqurilishbankning «BB-» reyting darajasini tasdiqlab, kredit reytingi prognozini «salbiy»dan «barqaror»ga oshirdi.

Qurilish materiallari ishlab chiqarish sohasida muhim yangilik: 65 turdagi amaliy-uslubiy qo‘llanmalar chop etildi

13/10/2021

Joriy yilning 13 oktyabr kuni poytaxtimizdagi «Wyndham Tashkent» mehmonxonasida O‘zsanoatqurilishbank boshchiligida chop etilgan 65 turdagi amaliy-uslubiy qo‘llanmalar taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

O‘zsanoatqurilishbankda transformatsiya: Buxoroda mijozlarga xizmat ko‘rsatishning yangi tizimi ishga tushirildi

11/10/2021

Joriy yilda O‘zsanoatqurilishbank tomonidan transformatsiya jarayonlarining so‘nggi bosqichi o‘z yakuniga yetkazilmoqda.

В Узпромстройбанке состоялась встреча с делегацией турецкого Университета Малтепе

08/10/2021

Во встрече турецкие гости высоко оценили работу, осуществляемую в нашей стране под руководством Президента Шавката Мирзиёева в деле реформирования сферы образования.

O‘zsanoatqurilishbank J.P.Morgan tomonidan tashkil etilgan «Emerging Markets Credit Conference» anjumanida ishtirok etdi

24/09/2021

Tadbir doirasida bank va investorlar hamda investitsiyaviy va boshqaruv kompaniyalari o‘rtasida yakkama-yakka uchrashuvlar tashkil etildi.

XMK hamda O‘zsanoatqurilishbank o‘rtasida kelishuv imzolandi

17/09/2021

Joriy yilning 14 sentyabr kuni Toshkentda O‘zsanoatqurilishbankka Xalqaro moliya korporatsiyasi (XMK)ning 75 mln. AQSh dollarlik kreditini ajratish to‘g‘risida Kelishuv imzolash marosimi o‘tkazildi.

Tashkent City’dagi O‘zsanoatqurilishbank bosh ofisi qurilishi BREEAM sertifikatlashtirishdan o‘tkazilmoqda

26/08/2021

Tashkent City xalqaro biznes markazida O‘zsanoatqurilishbank Bosh ofisini barpo etish uchun BREEAM sertifikatlash ishlari amalga oshirilmoqda.

O‘zsanoatqurilishbank va Turkiyaning Maltepe universiteti o‘rtasida memorandum imzolandi

24/08/2021

Joriy yilning 21 avgust kuni Turkiyaning Istanbul shahrida «O‘zsanoatqurilishbank» ATB Boshqaruvi raisi - Qurilish materiallari sanoatini rivojlantirish bo‘yicha kengash raisi Saxi Annaklichev hamda Turkiyaning Maltepe universiteti rektori, doktor Shaxin Karasar o‘rtasida memorandum imzolandi.

Ўзсаноатқурилишбанк томонидан Ўзбекистонда биринчи бўлиб Mastercard карталари ўртасида бутун дунё бўйлаб пул ўтказмалари йўлга қўйилди

13/08/2021

Ўзсаноатқурилишбанк томонидан Ўзбекистонда биринчи бўлиб Mastercard халқаро картаси орқали бошқа банкларнинг шу турдаги карталарига пул ўтказмаларини амалга ошириш йўлга қўйилди.

O‘zsanoatqurilishbank: Investorlar bilan navbatdagi onlayn uchrashuv o‘tkazildi

07/08/2021

Joriy yilning 6 avgust kuni O‘zsanoatqurilishbank tizimida joriy o‘zgarishlar haqida yangilangan ma’lumotlarni taqdim etish maqsadida xalqaro biznes hamjamiyati vakillari bilan video anjuman (Investor call) formatida navbatdagi uchrashuv tashkil etildi. Unda «Avesta Investment Group» (O‘zbekiston), Osiyo taraqqiyot banki,

O‘zbekistonda qurilish materiallari sanoatini rivojlantirish strategiyasi loyihasi muhokama etildi

06/08/2021

Joriy yilning 5 avgust kuni “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi huzuridagi Qurilish materiallari sanoatini rivojlantirish bo‘yicha kengashning 2030 yilgacha O‘zbekiston Respublikasi qurilish materiallari sanoatini rivojlantirish strategiyasi loyihasi muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

O‘zsanoatqurilishbank tizimida «Data Warehouse» – ma’lumotlar ombori tatbiq etildi

26/07/2021

O‘zsanoatqurilishbank tizimida ma’lumotlarga ishlov berish, saqlash va chuqur tahlil qilishga qaratilgan «Data Warehouse» (DWH) - ma’lumotlar ombori va «Business Intelligence» – biznes tahlil tizimi tatbiq etildi. Bu Bankning yangi biznes modeliga asoslangan transformatsiya jarayonlari doirasida amalga oshirildi.

O‘zsanoatqurilishbank mahalliy sanoat salohiyatini oshirishga hissa qo‘shmoqda

24/07/2021

Iqtisodiyotning asosiy tarmoqlaridan bo‘lgan sanoat o‘zining qo‘shimcha qiymat yaratishi, aholi ehtiyojini qondirishdagi o‘rni va yuqori darajada ishlab chiqarishga egaligi bilan boshqa tarmoqlardan tubdan farq qiladi.

O‘zsanoatqurilishbank Xalqaro moliya korporatsiyasining Global savdoni moliyalashtirish dasturiga qo‘shildi

19/07/2021

Xalqaro moliya korporatsiyasining 5,5 mlrd. dollarlik Global savdoni moliyalashtirish dasturi rivojlanayotgan bozorlarda banklarning savdo majburiyatlarini kafolatlash orqali xavfni kamaytirishga yordam beradi.

Biznes-forum: yurtimizda qurilish materiallarini ishlab chiqarish salohiyatini rivojlantirish muhim

12/07/2021

Joriy yilning 12-iyul kuni poytaxtimizdagi «International Hotel Tashkent» mehmonxonasida mamlakatimizda qurilish materiallarini ishlab chiqarish salohiyatini rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan biznes-forum bo‘lib o‘tdi.

O‘zsanoatqurilishbank «O‘zbekistondagi eng faol bank-emitent» va «Yashil moliyalashtirish» mezonlari bo‘yicha eng yaxshi bitim» g‘olibi bo‘ldi

01/07/2021

Kecha, joriy yilning 30 iyun kuni Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YeTTB)ning onlayn tarzda o‘tkazilgan Yillik yig‘ilishida YeTTBning savdoga ko‘maklashish dasturi – «Trade Facilitation Program» nominatsiyasida g‘oliblar e’lon qilindi.

O‘zsanoatqurilishbank aksiyadorlarining umumiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

30/06/2021

Joriy yilning 29 iyun kuni “O‘zsanoatqurilishbank” ATB aksiyadorlarining navbatdagi umumiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda yig‘ilish kun tartibiga ko‘ra, bank faoliyatining asosiy yo‘nalishlari aks etgan 12 ta masala ko‘rib chiqildi.

Ўзбекистонда илк маротаба Ўзсаноатқурилишбанк ўз мижозларига SWIFT gpi тизимига кириш имкониятини тақдим этди

24/06/2021

Ўзсаноатқурилишбанк банклараро тизимда халқаро тўловларнинг ҳаракатини узлуксиз кузатиш имконини берувчи SWIFT global payments innovation (gpi)тизимига кириш имкониятини тақдим этди.

O‘zsanoatqurilishbank tizimida kreditlashning yangi mexanizmi qo‘llanilmoqda

16/06/2021

Mamlakatimizda 2017 yilda boshlangan bank sohasidagi islohotlar bugungi kunga kelib faol bosqichga chiqdi.

O‘zsanoatqurilishbank boshqaruvi g‘ozg‘onlik yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi

14/06/2021

«O‘zsanoatqurilishbank» ATB Boshqaruvi tomonidan Navoiy viloyati G‘ozg‘on shahrida yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.

O‘zsanoatqurilishbank qurilish materiallari ishlab chiqaruvchilar uchun yangi kreditlar taklif qilmoqda

12/06/2021

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-iyundagi «Hududlarning sanoat salohiyatini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmoni ijrosini ta’minlash bo‘yicha O‘zsanoatqurilishbankda tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

O‘zsanoatqurilishbank va YeTTB o‘rtasida 45 million dollarlik bitimlar imzolandi

09/06/2021

Joriy yilning 9-iyun kuni O‘zsanoatqurilishbank va Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankio‘rtasida YeTTBning  «Yashil iqtisodiyotni moliyalashtirish mexanizmi» («Green Economy Financing Facility») va  «Tavakkalchiliklarni taqsimlash mexanizmi» («Risk Sharing Facility») dasturlarida O‘zsanoatqurilishbank ishtiroki bo‘yicha bitimlarni imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.

O‘zsanoatqurilishbank hamda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki o‘rtasida hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

05/06/2021

2021 yil 4 iyun kuni O‘zsanoatqurilishbank rahbariyatining Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YeTTB) Moliyaviy institutlar boshqaruvchi direktori Fransis Malij va Kapitalga investitsiyalar masalalari bo‘yicha boshqaruvchi direktori Xassan El Xatib boshchiligidagi delegatsiyasi bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

«Global money week»: farzandlarimizning moliyaviy ko‘nikmalarini birgalikda oshiramiz

24/05/2021

O‘zsanoatqurilishbank tomonidan «Umumjahon pul haftaligi» (Global money week – GMW) doirasida o‘tkazilgan «Moliyaviy savodxonlik bo‘yicha eng yaxshi dars» tanlovi natijalari e’lon qilindi. Unda Surxondaryo viloyati Termiz shahridagi 12-sonli mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari uchun tashkil etilgan

«O‘zsanoatqurilishbank» tizimida «Kaizen teams» loyihasi ish boshladi

11/05/2021

Joriy yilning 10-11 may kunlari O‘zsanoatqurilishbank tomonidan yosh xodimlar uchun tashkil etilgan «Kaizen teams» loyihasining ochilish marosimi hamda loyihaning ilk treninglari bo‘lib o‘tdi.

JOYDA mobil platformasi 1 yoshda!

07/05/2021

O‘zbekistonda onlayn kredit xizmatlar va marketpleysni o‘z ichiga olgan birinchi innovatsion platforma ishga tushirilganiga bir yil to‘ldi. Shu munosabat bilan platforma mijozlari uchun yangi xizmatlar ishga tushirildi.

O‘zsanoatqurilishbank – xalqaro «SAP QUALITY AWARD-2021» tanlovi sovrindori

06/05/2021

O‘zsanoatqurilishbankning «Budjetlashtirish tizimini ishlab chiqish va joriy qilish” loyihasi MDH mamlakatlari o‘rtasida o‘tkazilgan «SAP Quality Awards» tanlovida «Raqamli evolyusiya» nominatsiyasida g‘olib deb e’tirof etildi.

«SQB Securities» to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar jalb qilishning yangi yo‘nalishlarini amalga tatbiq qilmoqda

17/04/2021

«SQB Securities» to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar jalb qilishning yangi yo‘nalishlarini amalga tatbiq qilmoqdaBugun, joriy yilning 16 aprel kuni «O‘zsanoatqurilishbank» ATB qoshida tashkil etilgan «SQB Securities» kompaniyasi tomonidan tadbirkorlik sub’yektlarini qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan

O‘zsanoatqurilishbank Toshkent viloyatida 500 ga yaqin daraxt ko‘chatlari o‘tqazdi

13/04/2021

O‘zsanoatqurilishbank Toshkent viloyatida 500 ga yaqin daraxt ko‘chatlari o‘tqazdiO‘zsanoatqurilishbank tizimida «Green banking» loyihasi doirasidagi ishlar nafaqat «yashil» moliyalashtirish, balki xayriya tadbirlarini ham o‘z ichiga olgan. Bu borada dastlabki sa’y-harakatlar Toshkent viloyatida amalga oshirildi.

«O‘zsanoatqurilishbank»da transformatsiya jarayonlari uchinchi bosqichga o‘tdi

30/03/2021

Bugun, joriy yilning 30-mart kuni Milliy matbuot markazida «O‘zsanoatqurilishbank tizimida transformatsiya jarayonlari: natijalar va yaqin istiqboldagi rejalar» mavzuida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

O‘zsanoatqurilishbank nufuzli AsiaMoney nashri tomonidan «Eng yaxshi mahalliy bank» deb topildi

24/03/2021

AsiaMoney jurnali tomonidan o‘tkazilgan «2021 yilning eng yaxshi banki» (Best bank awards 2021) tanlovida O‘zsanoatqurilishbank «Eng yaxshi mahalliy bank» nominatsiyasida ketma-ket ikkinchi marta g‘olib deb topildi.

O‘zsanoatqurilishbank YeTTBning milliy valyutada nominallangan kredit liniyasini jalb qiladi

17/03/2021

Joriy yilning 17 mart kuni «O‘zsanoatqurilishbank» ATB hamda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YeTTB) o‘rtasida 25 mln. AQSh dollari miqdoriga teng sintetik kredit liniyani jalb qilish bo‘yicha bitimni imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.

O‘zsanoatqurilishbank O‘zbekistonda yashil iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlamoqda

05/03/2021

Joriy yilning 4 mart kuni O‘zsanoatqurilishbank tomonidan ommaviy axborot vositalari (OAV) xodimlarini «yashil» moliyalashtirish mexanizmi asosida ishga tushirilayotgan loyihalar bilan tanishtirish maqsadida Toshkent shahridagi korxonalarga press-tur tashkil etildi.

O‘zsanoatqurilishbank: yil sarhisobi va istiqbolli rejalar

22/01/2021

Joriy yilning 16-yanvar kuni “O‘zsanoatqurilishbank” ATB Boshqaruvining 2020-yil yakunlari va 2021- yilga mo‘ljallangan ustuvor vazifalari muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

O‘zsanoatqurilishbank JCB to‘lov tizimi bilan ishlashni boshladi

18/01/2021

2019 yilda O‘zsanoatqurilishbank kartaga oid protsessingni modernizatsiya qilish bo‘yicha loyihani amalga oshirishni boshladi. Uning maqsadi elektron PIN-kodli xalqaro kartalarni chiqarish, multivalyuta hisob raqamlari va karta bo‘yicha kredit limiti, shuningdek, aloqasiz kartalar, shu jumladan JCB xalqaro tizimlaridan foydalangan holda xizmat ko‘rsatish va ekvayring tarmog‘ini kengaytirishdan iborat.

Aholiga hujjatbozlik umuman kerak emas — bank mas’uli

16/12/2020

Joriy yilning 15 dekabr kuni «O‘zsanoatqurilishbank»» tomonidan joriy qilingan yangi xizmatlar taqdimotiga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Tadbirda bank rahbariyati, tegishli tarkibiy bo‘linmalar mas’ullari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

O‘zsanoatqurilishbank YeTTB bilan «yashil» moliyalashtirish vositalarini joriy etishni muhokama qildi

14/12/2020

O‘zsanoatqurilishbankda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YeTTB)ning Moliyaviy institutlar guruhi boshqaruvchi direktori F.Malij boshchiligidagi delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

O‘zsanoatqurilishbank korrupsiyaga qarshi qanday kurashmoqda? «Ochiq eshiklar» kunida ma’lumot berildi

04/12/2020

9 dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan O‘zsanoatqurilishbank Bosh ofisida «Ochiq eshiklar kuni» bo‘lib o‘tdi.

O‘zsanoatqurilishbank korrupsiyaga qarshi kurash bilan bog‘liq huquqbuzarliklar to‘g‘risida xabar beradigan maxsus aloqa kanallarini ishga tushirdi

18/11/2020

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning joriy yil yanvar oyida Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasida korrupsiyaga qarshi jamiyatning barcha a’zolari «halollik vaksinasi» bilan emlanmas va korrupsiyaning oqibatlari bilan kurashishdan uning barvaqt oldini olishga o‘tilmas ekan, o‘z oldimizga qo‘ygan yuksak marralarga erisha olmasligimizni ta’kidlagan edi.

O‘zsanoatqurilishbankda anderrayting tizimi yo‘lga qo‘yildi

11/11/2020

Anderrayting tizimi Bank tomonidan yuridik va jismoniy shaxslarga ajratiladigan kredit hujjatlarining ortiqcha byurokratik to‘siqlarsiz, qisqa muddatda ko‘rib chiqilishini ta’minlaydi.

O‘zsanoatqurilishbank — Osiyo taraqqiyot bankining O‘zbekistondagi eng yaxshi hamkor banki

29/10/2020

«O‘zsanoatqurilishbank» ATB Osiyo taraqqiyot bankining (OTB) savdoni moliyalashtirish dasturi (TFP) doirasida 2020 yilda O‘zbekistondagi eng yaxshi hamkor banki deb topildi.

O‘zbekistonda yagona kulolchilik majmuasi faoliyatini boshlashga tayyorgarlik ko‘rmoqda

15/10/2020

Ayni kunlarda Farg‘ona vodiysining eng qadimgi maskanlaridan biri, kulollar yurti deya e’tirof etiladigan Rishtonda O‘zbekistonda yagona bo‘lgan kulolchilik majmuasida so‘nggi pardozlash ishlari ketmoqda. Majmua usta kulollar uchun barcha shart-sharoitlarga ega ustaxona va turarjoylar bo‘lib qolmay, chet ellik sayyohlarning ham sevimli joyiga aylanishi kutilmoqda.

«O‘zsanoatqurilishbank»da korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha yangi tizim joriy qilinadi

25/09/2020

«O‘zsanoatqurilishbank» ATB tizimida mahalliy va xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlikda korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati tubdan qayta ko‘rib chiqiladi, xalqaro standartlar asosida ishlaydigan anti-korrupsion tizim joriy qilinib, faqatgina Bank kengashiga bo‘ysunadigan mustaqil tuzilma faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.

Marg‘ilonda bank xizmatlarini taqdim etuvchi zamonaviy markaz ish boshladi

18/09/2020

2020 yil 17 sentyabr kuni Marg‘ilon shahrida O‘zsanoatqurilishbankning Bank xizmatlari markazi ochildi.

Bugun birinchi O‘zbekiston ochiq keys-chempionat ishtirokchilarini ro‘yxatga olish yakunlanadi

20/08/2020

Bank-moliya akademiyasida o‘qish uchun 1400 nafar nomzod http://qabul.bfa.uz/ saytida keys-chempionatda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tdi. Oliy ta’lim muassasasiga qabul birinchi marta jamoaviy sinovlar, qobiliyatlar testi va ish beruvchilar bilan intervyu tarzida o‘tkazilmoqda.

«O‘zsanoatqurilishbank» yangi xizmat turini yo‘lga qo‘yganini e’lon qiladi

16/07/2020

Joriy yil 16 iyuldan «O‘zsanoatqurilishbank» ATB raqamli transformatsiya strategiyasi doirasida bank mijozlariga JOYDA mobil ilovasi orqali «Zolotaya korona» pul o‘tkazmalarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri qabul qilish imkonini beruvchi yangi xizmatni joriy etmoqda.

«O‘zsanoatqurilishbank» Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki ko‘magida kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirmoqda

23/06/2020

Joriy yilning 23 iyun kuni «O‘zsanoatqurilishbank» ATB va Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki o‘rtasida mahalliy ishlab chiqaruvchilar, eksportchilar hamda kichik va o‘rta biznes korxonalarini moliyalashtirish uchun 40 mln. AQSh dollariga teng kredit liniyasi ajratilish bo‘yicha qarz bitimi imzolandi.

O‘zsanoatqurilishbank pandemiya vaqtida tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlashning yangi mezonlarini ishlab chiqdi

12/06/2020

Mamlakatimizda koronavirus pandemiyasi oqibatlarini yumshatish uchun barcha chora-tadbirlar ko‘rilmoqda. Co‘nggi ikki oyda pandemiyaning aholi turmush tarzi va iqtisodiyot tarmoqlariga ta’sirini kamaytirish bo‘yicha Prezidentning 12 ta farmon va qarori qabul qilindi. Buning natijasida 500 mingdan

O‘zsanoatqurilishbank moliyaviy ko‘magida Rishtonda kulolchilik markazi barpo etilmoqda

10/06/2020

O‘zsanoatqurilishbank moliyaviy ko‘magida Farg‘ona viloyatining Rishton tumanida 20 nafar kulol-hunarmand uchun kulolchilik xonadonlari va muzey-galereyalar barpo etish ishlari boshlab yuborildi. Majmua ishga tushsa, hududda qo‘shimcha 130dan ziyod ish o‘rni yaratiladi.

Sardobada 85 ta investitsion loyiha amalga oshiriladi

09/06/2020

«O‘zsanoatqurilishbank»ka biriktirilgan Sardoba tumanida 11 ta tijorat banki tomonidan jami 85 ta investitsion loyiha amalga oshiriladi.

O‘zsanoatqurilishbank OPEK Xalqaro rivojlanish fondi bilan 20 mln. AQSh dollariga teng kredit bitimi imzoladi

14/05/2020

O‘zsanoatqurilishbank OPEK Xalqaro rivojlanish fondi (OFID) bilan 20 mln. AQSh dollariga teng kredit bitimini imzoladi. Hujjat O‘zbekistondagi mahalliy korxonalarning savdo bo‘yicha moliyalashtirishga bo‘lgan ehtiyojini qoplashga yo‘naltiriladi.

Endi hammasi bir joyda! O‘zsanoatqurilishbank yangi JOYDA mobil ilovasini ishga tushirdi

08/05/2020

Endilikda O‘zsanoatqurilishbank mijozlari JOYDA ilovasi bilan marketpleysidagi istalgan tovarni hech qanday hujjatlarsiz xarid qilib, pulini bo‘lib to‘lash imkoniga ega bo‘ladi. Bunda bank krediti onlayn rasmiylashtirilib, tovarlar ko‘rsatilgan manzilga bir ish kuni ichida bepul yetkazib beriladi.

Kommunal to‘lovlar uchun yangi omonat

17/04/2020

O‘zsanoatqurilishbank tomonidan milliy valyutada «Kommunal to‘lovlar uchun» yangi omonat joriy etildi.

Karantin paytida kommunal xizmatlar va kreditni to‘lash kerakmi?

15/04/2020

Hukumat qaroriga ko‘ra, karantin kunlarida xizmatlarni yetkazib beruvchilar va banklar tomonidan ikki oy davomida kechiktirilgan to‘lov uchun o‘chirib qo‘yilmaydi va fuqarolar jarimaga tortilmaydi. Ammo, iloji bo‘lsa, qarzdorlik yig‘ilishiga yo‘l qo‘ymang. Chunki, muntazam ravishda oz-ozdan to‘lash to‘lanmagan oylar davomida to‘plangan katta miqdordagi summani bir martada qaytarib berishdan ko‘ra osonroq.

O‘zsanoatqurilishbankda omonatlar muddatlari uzaytiriladi

10/04/2020

O‘zsanoatqurilishbank tizimida muddati aprel yoki may oyigacha bo‘lgan milliy valyutadagi aholi omonatlari muddatlari uzaytirilishi belgilandi.

SQB O‘zbekistondagi eng mashhur messenjerda bepul onlayn savdo maydonchasi taqdim etadi

08/04/2020

O‘zsanoatqurilishbank tomonidan tadbirkorlar uchun maxsus telegram boti ishlab chiqildi. U orqali tadbirkorlar o‘z mahsulot va xizmatlarini sotishi mumkin.

O‘zsanoatqurilishbank Asiamoney tomonidan taqdirlandi

02/04/2020

AsiaMoney jurnali tomonidan o‘tkazilgan «2020 yilning eng yaxshi banki» (Best bank awards 2020) tanlovida O‘zsanoatqurilishbank «Eng yaxshi mahalliy bank» nominatsiyasi bo‘yicha g‘olib deb topildi.

O‘zsanoatqurilishbank Boshqaruvi Raisi bank mijozlariga murojaat qildi

31/03/2020

Koronavirus pandemiyasi butun dunyo xalqlari boshiga og‘ir kunlarni yog‘dirmoqda. Yaqin tarixda insoniyat bunday inqirozga yuz tutmagan.

Kredit zarur bo‘lsa, ko‘chaga chiqib o‘zingizni xatarga qo‘ymang, uyda qoling

28/03/2020

«O‘zsanoatqurilishbank» mijozlarga karantin vaqtida xavfsiz yechim — onlayn mikroqarzdan foydalanishni taklif etmoqda.

«O‘zsanoatqurilishbank» koronavirusga qarshi qanday kurashmoqda?

28/03/2020

Koronavirus tarqalishining oldini olish uchun «O‘zsanoatqurilishbank»da bir qator tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bu haqda bank axborot xizmati ma’lum qilib o‘tdi.

O‘zsanoatqurilishbankdan tadbirkorlar uchun yana bir qulaylik

26/03/2020

O‘zsanoatqurilishbank yurtimiz aholisi hamda bank mijozlariga masofadan ko‘rsatilgan xizmatlar soni va sifatini oshirish barobarida ularning cho‘ntakbopligini ta’minlash ustida tinimsiz ishlamoqda. Bu borada tadbirkorlik sub’yektlariga ham alohida e’tibor qaratilmoqda.

«O‘zsanoatqurilishbank» boshqaruvi raisi tayinlandi

16/03/2020

«O‘zsanoatqurilishbank» ATB Boshqaruvi raisi lavozimiga Saxi Saparmuxamedovich Annaklichev tayinlandi. Bu haqda bank axborot xizmati tomonidan xabar berilgan.

Aziz Voitov Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri o‘rinbosari etib tayinlandi

11/03/2020

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 10 martdagi qarori bilan Voitov Aziz Botirovich Investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda sanoat-qurilish banki matbuot xizmati xabar berib o‘tdi.

O‘zsanoatqurilishbank kichik va o‘rta biznes sub’yektlari loyihalarini moliyalashtirishni yanada kengaytiradi

09/03/2020

O‘zsanoatqurilishbank «ICBC Standard Bank PLC» bilan 100 mln. AQSh dollari ekvivalentida kredit liniyasini jalb qilish uchun zayom bitimini imzoladi.

«O‘zsanoatqurilishbank»ning yana bir kompaniyasi litsenziya oldi

03/03/2020

2 mart kuni Kapital bozorini rivojlantirish agentligi tomonidan ATB «O‘zsanoatqurilishbank» guruhiga kiruvchi «SQB Securities» mas’uliyati cheklangan jamiyatiga litsenziya berildi. Yangi kompaniya investitsion vositachi, investitsion konsultant, shuningdek, investitsion aktivlarning ishonchli boshqaruvchisi hisoblanadi.

Talabalar uchun SQB stipendiyasi joriy etildi — «O‘zsanoatqurilishbank»

28/02/2020

O‘zsanoatqurilishbank tomonidan respublikamiz oliy o‘quv yurtlari, xorijiy davlatlar oliy ta’lim muassasalarining O‘zbekistondagi filiallari hamda chel eldagi ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan o‘zbekistonlik fuqarolar uchun SQB stipendiyasi joriy qilindi. Stipendiya miqdori respublika hududida o‘rnatilgan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 2 barobarigacha etib belgilanadi.

O‘zsanoatqurilishbank O‘zMU talabalariga stipendiya ajratadi

15/02/2020

O‘zsanoatqurilishbank Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti bilan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va matematika yo‘nalishida mutaxassislarni jalb qilish bo‘yicha o‘zaro anglashuv memorandumini imzoladi.

O‘zsanoatqurilishbank investitsion faolligi eng yaxshi natija qayd etdi

06/02/2020

O‘zbekiston banklari Assotsiatsiyasi va «Ahbor-Reyting» reyting agentligi 2019 yil yakunlari bo‘yicha O‘zsanoatqurilishbankning investitsion faolligini O‘zbekiston tijorat banklari o‘rtasida eng yuqori o‘ringa loyiq deb topdi.

Loyihalash ishlari uchun litsenziya olish osonlashdi

18/06/2019

Kuzatganim, yil sayin, kun sayin odamlarning kun kechirishi, mehnat sharoitlari yaxshilanib, ijtimoiy hayotda byurokratik to‘siqlarga barham berilmoqda. Har sohada bunday imkoniyatlarni ko‘rasiz. Deylik, birgina qurilish qilish uchun qancha mash-mashaga guvoh bo‘lish mumkin edi.

O‘zsanoatqurilishbankda rebrending: «Eskicha yondashuv natija bermay qo‘ydi»

20/11/2018

Joriy yilning 19 noyabrida «O‘zsanoatqurilishbank» ATB rebrending haqida e’lon qildi.

«O‘zsanoatqurilishbank»ning Mirzo Ulug‘bek filialida muzey ekspozitsiyasi ochildi

23/10/2018

Joriy yilning 20-oktyabr kuni Toshkent shahrida 1895-yilda qurilgan tarixiy binoda muzey ekspozitsiyasi ochildi. Hozirgi kunda ushbu binoda «O‘zsanoatqurilishbank» ATBning Mirzo Ulug‘bek filiali faoliyat ko‘rsatmoqda.

«O‘zsanoatqurilishbank» Osiyo taraqqiyot bankining O‘zbekistondagi eng yaxshi hamkori deb topildi

06/09/2018

Shu yilning 4 sentyabrida Singapur shahrida o‘z ichiga butun dunyo bo‘ylab 200 hamkor bankni oluvchi Osiyo taraqqiyot bankining tijoratni moliyalashtirish dasturi ishtirokchilarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

«O‘zsanoatqurilishbank» va «Asaka» bank «Росэксимбанк» bilan kredit shartnomacini imzoladi

20/08/2018

«O‘zsanoatqurilishbank» va «Asaka» banki Rossiya eksport-import banki («Росэксимбанк») bilan umumiy qiymati 141,56 million yevroga teng kredit bitimini imzoladi.

«O‘zsanoatqurilishbank» raisiga o‘rinbosar tayinlandi

08/08/2018

Yashin Mamarajabovich Abdurazzoqov «O‘zbekiston sanoat-qurilish banki» aksiyadorlik tijorat banki boshqaruvi raisining o‘rinbosari etib tayinlandi.

«O‘zsanoatqurilishbank» transformatsiya qilinadi

07/08/2018

«O‘zsanoatqurilishbank» va Xalqaro moliya korporatsiyasi (IFC) o‘rtasida bankni eng ilg‘or tajriba va xalqaro standartlar asosida ish yuritadigan, moliyaviy jihatdan barqaror va raqobatbardosh muassasaga tansformatsiya qilish bo‘yicha hamkorlik kelishuvi imzolandi.

«O‘zsanoatqurilishbank» ATBga rais tayinlandi

16/07/2018

Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq Aziz Botirovich Voitov «O‘zbekiston sanoat-qurilish banki» aksiyadorlik tijorat banki boshqaruvining raisi etib tayinlandi.

«Mikrokreditbank»ning rahbari o‘zgardi

04/06/2018

«Mikrokreditbank» aksiyadorlik-tijorat banki boshqaruviga rais tayinlandi. Otabek Almardanov endi ushbu moliya muassasiga rahbarlik qiladi.

Baliqchida zamonaviy to‘qimachilik kompleksi ishga tushiriladi

19/05/2018

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-dekabrdagi «To‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishini tashkil etishning mamlakatimiz uchun tamoman yangi, zamonaviy shakllarini yaratish uchun huquqiy asos yaratdi.

Video: xorijga boruvchilar uchun «O‘zsanoatqurilishbank»dan ajoyib imkoniyat! Bunaqasi hali bo‘lmagan!

16/05/2018

Milliy valyutadagi «VISA» plastik kartochkalaridan chet el davlatlarida ushbu davlatlarda belgilangan valyutada yoki internet tarmoqlarida operatsiyalarni amalga oshirish mumkin.

O‘zbekistonlik avtomobilsozlar Rossiyaning eng yirik avtomobil kompaniyasiga ehtiyot qismlar yetkazib beradi

02/05/2018

Joriy yilning iyul oyidan boshlab Namangan shahridagi «UZCHASYS» qo‘shma korxonasida Rossiyaning «AvtoVAZ» avtomobil kompaniyasi avtomobillari uchun yoritish tizimlarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi.

«O‘zsanoatqurilishbank» tashqi moliyaviy bozorga chiqdi

01/05/2018

Imzolangan banklararo bitimga ko‘ra, ilk bor o‘zbek banki xorijiy bankka O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan mahsulotlar eksportini moliyalashtirish uchun kredit liniyasini taqdim etdi.

«O‘zsanoatqurilishbank»dan ajoyib xushxabar!

19/04/2018

«O‘zsanoatqurilishbank» o‘z mijozlarini yuksak qadrlaydi va yanada qulay va zamonaviy xizmatlarni taqdim etishni davom ettiradi!

«O‘zsanoatqurilishbank» orqali xorijga pul jo‘natish yanada osonlashdi

11/04/2018

«O‘zsanoatqurilishbank» xalqaro pul o‘tkazmalari tizimini mijozlar xohish va istaklaridan kelib chiqqan holda tobora takomillashtirmoqda.

«Online Sarmoya»: Bankka kelmasdan omonat rasmiylashtirishni istaysizmi?

24/03/2018

«O‘zsanoatqurilishbank» tomonidan respublika banklari ichida birinchilardan bo‘lib, raqamli bank texnologiyalari asosida masofadan turib «Online Sarmoya» omonatini ochish imkoniyati yaratildi.

Video. Turizm kreditini olish tartibi qanday?

15/03/2018

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-fevraldagi «Ichki turizmni jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Qarori ijrosini ta’minlash hamda mijozlar va yurtimiz aholisidan kelib tushgan takliflar, ularning xohish-istaklaridan kelib chiqib, «O‘zsanoatqurilishbank» turizm xizmatlari uchun Turizm krediti berishni yo‘lga qo‘ydi!

«O‘zsanoatqurilishbank» va Tojikistonning yirik banklari o‘rtasida muhim hujjatlar imzolandi

10/03/2018

Hamkorlikni mustahkamlash va banklararo hisob-kitob tizimini yanada rivojlantirish hamda takomillashtirish maqsadida «Amonat», «Oriyon» va «Esxata» banklari bilan AQSh dollari va yevro valyutasida «Vakillik munosabatlarini o‘rnatish bo‘yicha banklararo shartnoma» ham imzolandi.

«O‘zsanoatqurilishbank» munis ayollarni xotin-qizlar kuni bilan samimiy tabriklaydi

08/03/2018

Go‘zallik va nafosat, mehru muhabbat, vafo va nazokat ramzi bo‘lgan, o‘zining mehribonligi, qalb saxovati bilan har qaysi oilani oila qiladigan, unga fayzu tarovat beradigan ayollarimizning betakror fazilatlari haqida har qancha gapirsak, ularni har qancha e’zozlasak, arziydi.

«O‘zsanoatqurilishbank» «Oilaviy karta» xizmatini taklif etadi

02/03/2018

Tasavvur qiling, oilada bir o‘zingiz ishlaysiz, plastik kartochkangiz ham bitta, farzandlaringiz va oila a’zolaringiz hammasi bir paytda sizning kartangizdan foydalana olmaydi... «O‘zsanoatqurilishbank»da esa endi buning imkoni bor.

Yangilik! «O‘zsanoatqurilishbank»dan boshlang‘ich badalsiz turizm krediti

24/02/2018

Turoperator tomonidan taqdim etilgan shartnomada barcha turistik xizmatlar uchun xarajatlar (transport, mehmonxona, dam olish maskanlari, gid, ovqatlanish, tarixiy obidalar, muzey, teatr, ko‘ngilochar hamda sport maskanlariga tashrif va boshqalar) kiritilishi mumkin.

Xorijga pul jo‘natish endi yanada qulay!

22/02/2018

Bundan avval xalqaro pul o‘tkazmalari tizimi orqali xorijga pul o‘tkazish faqatgina naqd pul ko‘rinishidagi xorijiy valyuta mablag‘lari taqdim qilingan taqdirda amalga oshirilar edi. Bu holat mijozlar uchun muayyan qiyinchiliklarni tug‘dirgan.

Yana