Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zsanoatqurilishbank hamda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki o‘rtasidagi hamkorlik kengaymoqda

O‘zsanoatqurilishbank hamda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki o‘rtasidagi hamkorlik kengaymoqda

Joriy yilning 24-mart kuni birinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YeTTB) hamda O‘zsanoatqurilishbank o‘rtasida YeTTBning 80 mln. AQSh dollari miqdoridagi revolver kredit liniyalarini jalb etish to‘g‘risida kelishuv imzolandi.

Mazkur hujjat tomonlar hamkorligining mantiqiy davomi bo‘lib, O‘zsanoatqurilishbankni xalqaro standartlarga mos ravishda transformatsiya qilish jarayonida amalga oshirilayotgan sheriklik munosabatlaridagi o‘ziga xos muhim bosqich sanaladi.

Kelishuv doirasida YeTTB tomonidan Bank mijozlarining eksport-import operatsiyalarini moliyalashtirish uchun qisqa muddatli kreditlar ajratiladi.

Qayd etish joiz, O‘zsanoatqurilishbank hamda YeTTB o‘rtasidagi hamkorlik 2019 yilning 21 martida TFP dasturi doirasida «Issuing Bank Agreement» kelishuvi imzolanishi bilan mustahkamlangan. Bugungi kunga qadar mazkur dastur doirasida umumiy qiymati 225  mln. AQSh dollariga teng 100 dan ortiq loyihalar moliyalashtirildi. Natijada YeTTB 2020 yilda O‘zsanoatqurilishbankning mazkur faoliyatini e’tirof etib, TFP «Issuing Bank Agreement» mukofotini taqdim qildi.

Shuningdek, YeTTB O‘zsanoatqurilishbankka Markaziy Osiyoda birinchi «Yashil bank»ni ta’sis etish borasida ham ko‘maklashib kelmoqda. Xususan, 2021 yilda mazkur xalqaro moliya muassasasi tomonidan Bankka «GEFF – Green  Economy Financing Facility» dasturi doirasida 25 mln. AQSh dollari miqdoridagi kredit liniyasi ajratildi. Dastur doirasida olib borilgan ishlar yana YeTTB diqqatini tortib, Bankning «Yashil moliyalashtirish» mezonlari bo‘yicha yilning eng yaxshi kelishuvi» nominatsiyasida ketma-ket ikki marotaba sovrindor bo‘lishini ta’minladi.

Hozirgi kunda O‘zsanoatqurilishbank YeTTBning bank aksiyadorlik kapitaliga konvertatsiya qilish opsiyasiga ega bo‘lgan kredit liniyasini jalb qilish ustida ish olib bormoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring