Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zsanoatqurilishbank va Sberbank korporativ universiteti o‘rtasida o‘zaro hamkorlik kelishuvi imzolandi

O‘zsanoatqurilishbank va Sberbank korporativ universiteti o‘rtasida o‘zaro hamkorlik kelishuvi imzolandi

O‘zsanoatqurilishbank va Sberbank korporativ universiteti (Rossiya) o‘rtasida bank tizimiga rahbar xodimlar tayyorlash va ular malakasini oshirishga qaratilgan o‘zaro hamkorlik kelishuvi imzolandi.

Prezidentimizning 2020 yil 12 maydagi «2020-2025 yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi to‘g‘risida»gi farmoni hamda mazkur hujjat asosida tasdiqlangan shu mazmundagi strategiyada tijorat banklarini transformatsiya qilish va xususiylashtirish masalalarida xalqaro moliya institutlari hamda salohiyatli xorijiy investorlar bilan muzokaralar olib borish va bitimlar tuzish, kadrlarni boshqarishning korporativ strategiyasini takomillashtirish va bank kadrlarini uzluksiz o‘qitish tizimini joriy qilish masalalari alohida o‘rin olgan.

O‘zsanoatqurilishbank tizimida ushbu vazifalardan kelib chiqib keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.Xususan, transformatsiya jarayonini muvaffaqiyatli yakunlash maqsadida birgina Rossiya Federatsiyasidagi o‘nga yaqin moliya muassasasi bilan yaqindan sheriklik munosabatlari o‘rnatilgan.

Ular orasida Rossiya Sberbanki bilan yo‘lga qo‘yilgan hamkorlik aloqalari e’tiborga molikdir.Bugungi kunda tomonlar o‘rtasida savdoni moliyalashtirish bo‘yicha olib borilayotgan hamkorlik natijasida 14,2 mln. AQSh dollari miqdoridagi loyihalar moliyalashtirilgan. Rossiya rubli va AQSh dollarida ochilgan «Nostro» vakillik hisob raqamlari mijozlarga xizmat ko‘rsatishda qo‘l kelmoqda.

Endilikda Sberbank bilan hamkorlik xodimlar malakasini oshirish borasida ham samarali kechadi.
Sberbank korporativ universiteti bilan tuzilgan memorandumga muvofiq, Bank tomonidan transformatsiya jarayonlarini muvaffaqyatli yakunlash, shu jumladan, iqtidorli va istiqbolli yosh mutaxassislarni tanlab olish, kadrlarning maqsadli zaxirasini yaratish va ularning nufuzli xorijiy moliya institutlarida stajirovkalarini tashkil etish, ilg‘or tajribalarni o‘zlashtirish va moliyaviy xizmatlar ko‘rsatishda yuqori texnologiyali vositalarni keng qo‘llash ko‘zda tutilgan.
Ushbu bitimga ko‘ra, tomonlar o‘rtasida o‘quv kurslari va malaka oshirish dasturlari ishlab chiqiladi.

Bankning iqtidorli va istiqbolli mutaxassislari uchun Sberbank korporativ universitetiga stajirovkalari tashkil etiladi.

Bank Axborot xizmati

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring