Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zsanoatqurilishbank Vengriya banklari bilan hamkorlikni kengaytirmoqda

O‘zsanoatqurilishbank Vengriya banklari bilan hamkorlikni kengaytirmoqda

Joriy yilning 3 oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Vengriyaga tashrifi arafasida Budapesht shahrida o‘zbek-venger biznes-forumi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zsanoatqurilishbank va Vengriya banklari o‘rtasida yangi kelishuvlarga erishildi.

Forumda ikki mamlakatdan tegishli vazirlik va idoralar, yetakchi kompaniyalar hamda tijorat banklari vakillari ishtirok etdi.

Forum doirasidagi tadbirlar O‘zbekiston va Vengriya o‘rtasidagi sarmoyaviy va savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida ishbilarmon doiralarning o‘zaro munosabatlarini har tomonlama mustahkamlashga qaratildi.

Xususan, O‘zsanoatqurilishbank va Vengriya Eksimbanki o‘rtasida vengriyalik eksportyorlar ishtirokida savdo va investitsiya loyihalarini moliyalashtirish sohasida hamkorlikni faollashtirishga qaratilgan o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi.

Shuningdek, Vengriya Rayffayzenbanki vakillari bilan ham uchrashuv tashkil etilib, unda korporativ mijozlarga xizmat ko‘rsatish yuzasidan Rayffayzenbank tajribasi o‘rganildi. “Yashil” bank sohasida mazkur xorijiy bankning erishgan natijalari hamda innovatsion ishlanmalari bo‘yicha fikr almashildi.

Muzokaralar natijasida O‘zsanoatqurilishbank va Rayffayzenbank o‘rtasida ham hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolanib, bunda tomonlar savdoni moliyalashtirish, xalqaro va mahalliy moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirishni yanada yaxshilash, moliyaviy yechimlarni optimallashtirish chora-tadbirlarini kuchaytirish bo‘yicha hamkorlikni kengaytirishga kelishib oldilar.

Bank Axborot xizmati

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring