Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘szanoatqurilishbankning xalqaro investitsion kompaniyalar va biznes-akseleratorlar bilan hamkorligi yanada kengayadi

O‘szanoatqurilishbankning xalqaro investitsion kompaniyalar va biznes-akseleratorlar bilan hamkorligi yanada kengayadi

Joriy yilning 7 dekabr kuni O‘zsanoatqurilishbank vakillari «Wood’s Winter Wonderland EME Conference» anjumani doirasida investorlar bilan videoaloqa (Investor Call) tarzida o‘tkazilgan navbatdagi uchrashuvda qatnashdi.

Tadbir Markaziy va Sharqiy Yevropadagi yetakchi investitsion kompaniya – «Wood&Co» ko‘magida tashkil etilib, unda «Dunross & Co» (Shvetsiya), «Impera Capital» (Turkiya), «RVX Asset Management» (AQSh), «Stewart Industries Inc.» (AQSh) va «T.Rowe Price Intlernational» (AQSh) xalqaro investitsion va konsalting kompaniyalari vakillari ishtirok etdi.

Uchrashuv doirasida O‘zsanoatqurilishbank tomonidan O‘zbekistonda bank-moliya sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, bankning so‘nggi moliyaviy ko‘rsatkichlari, uning koronavirus pandemiyasi sharoitida moliyaviy barqarorligini saqlash bo‘yicha qabul qilingan preventiv chora-tadbirlari, muassasada xalqaro sifat standartlariga muvofiq transformatsiya jarayonlari, shuningdek, yetakchi chet el moliyaviy institutlar va bank-moliya tashkilotlari bilan hamkorligining joriy holati haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Xorijiy investitsiyaviy hamjamiyat va O‘zbekistonning ishbilarmon doiralari vakillari o‘rtasida muhim ahamiyatga ega loyihalarni amalga oshirishni jadallashtirish masalalari muhokama etildi.

O‘tkazilgan onlayn uchrashuv natijasida O‘zzsanoatqurilishbankning manfaatdor xalqaro investitsion kompaniyalar va biznes-akseleratorlar bilan ikki tomonlama hamkorligi yanada kengayishi kutilmoqda.

Ma’lumot uchun: «WOOD & Co.» shakllanayotgan bozor iqtisodiyotiga ega mamlakatlarda yetakchi investitsion bank hisoblanib, Sharqiy Yevropa va MDH mamlakatlariga alohida e’tibor qaratib kelmoqda. Bank 1991 yildan boshlab butun dunyoda keng qamrovli investorlar bazasini yaratdi. Bugungi kunda muassasa o‘z faoliyatini Varshava, Praga, Buxarest, Bratislava, Milan va London shaharlarida joylashgan ofislari orqali amalga oshirib kelmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring