Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda ilk bor Xalqaro tijorat sudi faoliyati yo‘lga qo‘yiladi

O‘zbekistonda ilk bor Xalqaro tijorat sudi faoliyati yo‘lga qo‘yiladi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Bu haqda Shavkat Mirziyoyev ma’lum qildi. Ta’kidlanishicha, Investorlar huquqlarini sud orqali kafolatli himoya qilish borasida katta qadamlar qo‘yilmoqda.

Bundan buyon, tadbirkor va investorlar sudda o‘z talabining to‘g‘riligini isbotlashi shart emas. Endi davlat idorasi o‘z qarorining qonuniyligini isbotlab berishga majbur bo‘ladi. Yuzaga kelgan har qanday noaniqliklar esa investorlar foydasiga hal qilinadi.

Qonunlarda xalqaro arbitraj sudlari qarorlarini majburiy ijroga qaratish mexanizmlari mustahkamlab qo‘yildi.

"Joriy yilda ham tadbirkorlar huquqini himoya qilish bo‘yicha islohotlarimiz davom ettiriladi. Jumladan, xalqaro ekspertlar ko‘magida tariximizda ilk bor Xalqaro tijorat sudi faoliyati yo‘lga qo‘yiladi", — dedi Sh.Mirziyoyev.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring