Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Putin Ramzan Qodirovning iste’fosi bo‘yicha munosabat bildirdi

Putin Ramzan Qodirovning iste’fosi bo‘yicha munosabat bildirdi

Foto: RIA Novosti.

Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning ta’kidlashicha, Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashuvda u iste’foga chiqishi mumkinligi haqidagi masalaga to‘xtalgan. Bu haqda Checheniston rahbari o‘zining Telegram-kanalida yozdi.

“Vladimir Vladimirovich internetdagi so‘nggi muhokamalarni sharhlar ekan, yozuvchi Mark Tvenning mashhur so‘zlarini keltirdi: “Mening o‘limim haqidagi xabarlar juda bo‘rttirilgan”, — deb yozadi Qodirov.

Checheniston rahbari prezidentning “hali qiladigan ishlari ko‘p” degan so‘zlariga e’tibor qaratdi. Shu tariqa Qodirov Putinning buyrug‘ini bajarishga va’da berganini aytmoqda.

Bir kun avval Ramzan Qodirov o‘z lavozimidan ozod etilishini so‘raganini ma’lum qilgandi. Jurnalistlar bilan suhbatda Qodirov tez orada ishdan ketishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarga izoh berdi.

Keyinroq u o‘z pozitsiyasi bo‘yicha yakuniy qaror faqat Rossiya prezidenti Vladimir Putinga tegishli ekanligini ta’kidladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring