Putin va Tramp Eron-Isroil keskinligi haqida gaplashdi

Rossiya rahbari Vladimir Putin va AQSh prezidenti Donald Tramp o‘zaro telefonda gaplashib, Yaqin Sharqdagi vaziyatni muhokama qilishdi.
Bugun 14 iyun kuni Rossiya va AQSh prezidentlari telefon orqali muloqot qildi. Vladimir Putinning yordamchisi Yuriy Ushakovning aytishicha, muhokamaning asosiy mavzusi Yaqin Sharqdagi vaziyatning yomonlashuvi bo‘lgan.
«Suhbat taxminan bir soat davom etdi, aniqrog‘i — 50 daqiqa, samimiy va eng muhimi — juda foydali bo‘ldi», — deya Ushakovning so‘zlarini keltiradi Rossiya agentliklari.
«Fikr almashinuvi tabiiy ravishda Yaqin Sharqdagi xavfli vaziyatning yomonlashuviga qaratildi», deya qo‘shimcha qildi u.
Tramp prezident bo‘lganidan beri u Putin bilan bir necha bor telefonda gaplashgan, biroq hozirgacha ularning suhbatlarining asosiy mavzusi Ukrainadagi urush bo‘lgan. Bu safar ham u muhokama qilindi, lekin asosiy e’tibor Eron va Isroil o‘rtasidagi keskinlikka qaratildi.
Suhbatning boshqa tafsilotlarni e’lon qilinmagan. Eslatib o‘tamiz, kuni kecha Putin Eron va Isroil yetakchilari bilan telefonda gaplashgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter