Karantin paytida kommunal xizmatlar va kreditni to‘lash kerakmi?

Karantin kunlarida O‘zbekistondagi qator banklar tomonidan ikki oy davomida kechiktirilgan to‘lov uchun penya hisoblanmasligi va fuqarolar jarimaga tortilmasligi xabar qilindi. Ammo, iloji bo‘lsa, qarzdorlik yig‘ilishiga yo‘l qo‘ymang.
Mavjud vaziyat va majburiy o‘z-o‘zini izolyasiya qilish rejimining shartlarini hisobga olgan holda, hisoblar bo‘yicha zarur to‘lovlarni UzPSB Mobile (https://uzpsb.uz/uz/individuals/mobilnyy-banking/) mobil ilovasi yordamida masofadan turib amalga oshirish mumkin.
Elektr energiyasi va maishiy chiqindilarni olib tashlash uchun mavjud bo‘lgan qarzlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni Majburiy ijro byurosining mib.uz rasmiy veb-saytida topish mumkin.
Shuningdek, yaqinda ishga tushgan «Telegram» tarmog‘idagi @mibuzbot bot-kanalidan ham qarzdorliklar haqida ma’lumotlarni bilib, to‘lovlarni amalga oshirishlariga imkoniyat mavjud.
Yaqinlaringizni xavf ostiga qo‘ymang. Oila a’zolaringizni mobil ilova yordamida kommunal to‘lovlarni to‘lash va qarzlarni onlayn ravishda qoplashga o‘rgating. O‘zingizni ehtiyot qiling va uyda qoling.
Hukumat qaroriga ko‘ra, karantin kunlarida xizmatlarni yetkazib beruvchilar va banklar tomonidan ikki oy davomida kechiktirilgan to‘lov uchun o‘chirib qo‘yilmaydi va fuqarolar jarimaga tortilmaydi. Ammo, iloji bo‘lsa, qarzdorlik yig‘ilishiga yo‘l qo‘ymang. Chunki, muntazam ravishda oz-ozdan to‘lash to‘lanmagan oylar davomida to‘plangan katta miqdordagi summani bir martada qaytarib berishdan ko‘ra osonroq.
Qo‘shimcha ma’lumot uchun:
+998 712004343 - Call-markaz
http://t.me/sqbsupport - telegram bot
Bank Axborot xizmati
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter