«O‘zsanoatqurilishbank» koronavirusga qarshi qanday kurashmoqda?

Koronavirus tarqalishining oldini olish uchun «O‘zsanoatqurilishbank»da bir qator tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bu haqda bank axborot xizmati ma’lum qilib o‘tdi.
Unga ko‘ra, bank tomonidan quyidagi choralar ko‘rilgan:
— O‘zsanoatqurilishbank bosh ofisida maxsus shtab tashkil qilindi;
— koronavirus infeksiyasining tarqalishini oldini olish bo‘yicha filiallarda amalga oshirilayotgan ishlar qat’iy nazoratga olindi;
— xodimlar tibbiy himoya niqobi, antiseptik vositalar, kassa xodimlari qo‘lqoplar bilan ta’minlandi;
— xodimlarning masofadan ishlashlari uchun sharoitlar yaratilmoqda;
— xonalar kvars lampalari yordamida zararsizlantirilmoqda;
— tashrif buyurayotgan mijozlarga tibbiyot niqoblari tarqatilib, antiseptik vositalar bilan dezinfeksiya qilinmoqda;
— masofaviy xizmatlar va mahsulotlar ommabopligini ta’minlash bo‘yicha ishlar olib borilmoqda;
— ommaviy axborot vositalarida, ijtimoiy tarmoqlarda masofaviy xizmatlar va mahsulotlar doimiy targ‘ibot qilinmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter