Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zsanoatqurilishbank xalqaro investorlar bilan uchrashuvlarning navbatdagi raundini o‘tkazdi

O‘zsanoatqurilishbank xalqaro investorlar bilan uchrashuvlarning navbatdagi raundini o‘tkazdi

2022 yil 1 avgust kuni O‘zsanoatqurilishbank faoliyatida joriy o‘zgarishlar haqida yangilangan ma’lumotlarni taqdim etish maqsadida xalqaro biznes hamjamiyati vakillari bilan videokonferens aloqa (Investor Call) shaklida navbatdagi uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda Osiyo taraqqiyot banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Xalqaro moliya korporatsiyasi, Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi, JP Morgan (AQSh), Citi Bank (AQSh), Credit Suisse (Shveysariya), RBI (Avstriya), Commerzbank (Germaniya), William Blair International (AQSh), Artisan Partners (AQSh), Goldman Sachs (AQSh) kabi yetakchi xalqaro moliya institutlari va investitsiya kompaniyalarining 50 dan ziyod vakillari ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida O‘zsanoatqurilishbankning 2021 yil va 2022 yilning birinchi yarmidagi faoliyati yakunlari taqdim etildi.

Bundan tashqari, bank vakillari investorlarni xalqaro ekspertlar bilan birgalikda muassasani transformatsiya qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, korporativ boshqaruv tizimining samaradorligi va jozibadorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar, bank faoliyatiga g‘arb sanksiyalari ta’siri va moliyaviy barqarorlikni saqlab turish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishtirdi.

Ta’kidlash lozimki, bu shakldagi anjumanlar banklarlaro munosabatlarda muvaffaqiyatli biznes jarayonlarni tashkil etishga xizmat qiladi. Bankning tashqi iqtisodiy faoliyati darajasini sifat jihatdan yuksaltirish maqsadida kelgusi rejalarni va rivojlanishning istiqbolli yo‘nalishlarini muhokama etishda o‘ziga xos platforma hisoblanadi.

O‘tkazilgan onlayn uchrashuvlar Bankning manfaatdor xalqaro investitsiya kompaniyalari va biznes akseleratorlar bilan ikki tomonlama hamkorligini yanada kengaytirishi kutilmoqda.

Bank Axborot xizmati

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring