Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zsanoatqurilishbank Loyiha boshqaruvi ofisi amalga oshirgan ishlar bo‘yicha matbuot anjumani o‘tkazildi

O‘zsanoatqurilishbank Loyiha boshqaruvi ofisi amalga oshirgan ishlar bo‘yicha matbuot anjumani o‘tkazildi

Joriy yilning 3 noyabr kuni Milliy matbuot markazida O‘zsanoatqurilishbank Loyiha boshqaruvi ofisi tomonidan amalga oshirilgan ishlarga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Prezidentimizning 2020 yil 12 maydagi «2020-2025 yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi to‘g‘risida»gi farmoni ijrosi doirasida mamlakatimiz moliya sektorini isloh qilishga qaratilgan qator ishlar amalga oshirildi. Bunda, avvalo, banklarning tashkiliy tuzilmasi qayta ko‘rib chiqilib, ular xalqaro standartlarga muvofiqlashtirildi.

Farmon talablariga ko‘ra, 2020 yilda O‘zsanoatqurilishbank tizimida transformatsiya va xususiylashtirish jarayonlarini samarali olib borish maqsadida Loyiha boshqaruvi ofisi tashkil etildi. Xalqaro moliya korporatsiyasining amaliy ko‘magida ish boshlagan tuzilmaga xalqaro konsultantlar ham jalb qilindi.

– Bugungi kunda O‘zsanotqurilishbank faoliyati ilgarigi holatdan tubdan farq qiladi, – deydi Loyiha boshqaruvi ofisi rahbari o‘rinbosari Yorqin Sultonov. – Boshqaruv tizimi, xizmat ko‘rsatish uslubi, xizmatlar va mahsulotlar katalogi, IT majmui va bank tarmoqlarining infratuzilmaviy imiji butunlay yangi biznes modeli asosida qayta qurildi. Loyiha boshqaruvi ofisi faoliyati tizimdagi mazkur o‘zgarishlar zamirida turgan loyihalarni markazlashtiruvchi va boshqaruvchi bo‘linmadir.

Ofisning asosiy vazifasi bank strategik maqsadlari doirasida shakllantirilgan loyihalar portfelini boshqarishdan iboratdir. Bunda 30ga yaqin menejerlar xalqaro miqyosda keng ommalashgan metodlar asosida loyihalarning bir-biriga bog‘liqligini o‘rganadi, dolzarbligini aniqlaydi, metodologiyani qo‘llashda nazorat-tahlil ishini yuritadi, top-menejment uchun loyihalar holati bo‘yicha ma’lumotlarni umumlashtiradi. Tuzilmada, shuningdek, loyiha komissiyasi faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.

Matbuot anjumanida ta’kidlanishicha, o‘tgan davr mobaynida Bank biznes jarayonlaridan kelib chiqib loyiha boshqaruvi metodi optimallashtirildi, barcha jarayonlar avtomatlashtirildi.

Skolkova nomli Moskva biznes maktabi bilan xodimlar malakasini oshirish borasida hamkorlik o‘rnatildi.

Bugungi kungacha ofis menejerlari tomonidan 40 ta loyiha ustida ish olib borilib, shundan 18 tasi amaliyotga to‘liq tatbiq etildi, 13 tasi ishga tushish arafasida turibdi.

Jumladan, «Zolotaya korona» pul o‘tkazmasi orqali onlayn jo‘natmalar joriy qilindi, SWIFT operatsiyalarini onlayn treking qiluvchi GPI tizimi yaratildi, «Cashmanegment» asosida masofadan turib bankomatlarni monitoring qilish tizimi yo‘lga qo‘yildi, «Joyda» mobil ilovasi va u bilan birgalikda elektron savdo maydonchasi (marketpleys) hamda bankning xizmat ko‘rsatuvchi nuqtalarida o‘ziga-o‘zi xizmat ko‘rsatuvchi «Tachskrin» panellari ishga tushirildi.

– Joriy yilda xodimlarni zamonaviy o‘quv metodikasi asosida o‘qitish uchun yangi o‘quv markazi hamda bank biznes jarayonlarini raqamlashtirishda qulay sharoit yaratish maqsadida IT markazi faoliyat boshladi, – deydi Yorqin Sultonov. – Tarmoqlararo operatsiyalarni yagona bank kodiga o‘tkazish tizimi yo‘lga qo‘yildi, yagona oyna dasturi joriy qilindi, tadbirkorlarga bankdagi o‘z hisob-raqamlarini 24/7 rejimida boshqarish imkonini beruvchi «SQB Business» internet bank xizmati ishga tushirildi.

Tadbirda ayni paytda loyiha menejerlari tomonidan kredit konveyeri (kreditlash amaliyotlari bo‘yicha jarayonlarni to‘liq avtomatlashtirish) va «Joyda Pay» tizimlarini joriy qilish, «Joyda» mobil ilovasining yangi dizaynini yaratish, bankomatlar tarmog‘ini 200 taga oshirish, shuningdek, bank xodimlarini boshqarish, komplayens nazorati va kreditlarni undirish jarayonlarini avtomatlashtirish bo‘yicha faol ishlar olib borilayotgani ma’lum qilindi.

Bank Axborot xizmati


Qo‘shimcha ma’lumot uchun:
78 120 45 00 (1311)
94 711 08 00

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring