Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zsanoatqurilishbank «JP Morgan Chase Bank» mukofotiga sazovor bo‘ldi

O‘zsanoatqurilishbank «JP Morgan Chase Bank» mukofotiga sazovor bo‘ldi

Joriy yilning 25 noyabr kuni O‘zsanoatqurilishbank AQShning «JP Morgan Chase Bank» tomonidan 2021 yilda AQSh dollarida sifatli tijorat to‘lovlari (MT103) kliringi uchun «2021 Elite Quality Recognition Award» mukofoti bilan taqdirlandi.

Ta’kidlash joizki, O‘zsanoatqurilishbank va «JP Morgan Chase Bank» o‘rtasidagi hamkorlik munosabatlari 1993 yildan buyon davom etib kelmoqda.

O‘tgan davr davomida ushbu xorijiy moliya muassasasi O‘zsanoatqurilishbankning AQSh dollaridagi tijorat to‘lovlariga ishlov beruvchi asosiy bank-korrespondent hisoblanadi.

Ma’lumot uchun: «JP Morgan Chase» Amerika moliya xoldingining Bosh qarorgohi Nyu-York shahrida joylashgan bo‘lib, u AQShning «katta to‘rtlik» banklari sirasiga kiradi.

Bank Axborot xizmati

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring