SQB sayyohlik biznesi uchun kreditlar taklif etadi
O‘zsanoatqurilishbank turizm sohasida biznes boshlamoqchi bo‘lgan aholi vakillari hamda tadbirkorlar uchun alohida kredit mahsuloti taqdim etmoqda.
Kreditlar qaysi turizm yo‘nalishlariga ajratiladi?
- Mehmonxona, mehmon uylari, xostellar;
- milliy hunarmandchilik mahsulotlari do‘koni;
- umumiy ovqatlanish, restoran va kafeteriylar;
- bouling hamda hordiq chiqarish markazlari;
- turistik ko‘ngilochar maskanlar;
- aviakassa, turoperator va turagent xizmati.
- Loyihalar qanday mezonlar asosida saralanadi?
- Loyiha joylashuvidagi hududning ixtisoslashuvi;
- transport qatnovi mavjudligi;
- hududdagi raqobat darajasi;
- tarixiy obidalarning mavjudligi.
Kredit shartlari
Milliy valyutada:
- Kredit maksimal miqdori: 5 mlrd. so‘mgacha;
- Kredit muddati: 5 yilgacha;
- Imtiyozli davr: 12 oygacha;
- Kredit foizi: yillik 22,5 foizdan (hisoblangan foizlarning 4,5 foizi Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi tomonidan qoplab beriladi).
Boshqa shartlar: loyihada mijozning o‘z ulushi kamida 30 foiz bo‘lishi lozim.
Xorijiy valyutada:
- Kreditning maksimal miqdori: 750 ming AQSh dollarigacha;
- kredit muddati: 5 yilgacha;
- imtiyozli davr: 12 oygacha;
- kredit foizi: yillik 11 foizdan;
Boshqa shartlar: loyihada mijozning o‘z ulushi kamida 30 foiz bo‘lishi lozim.
Ma’lumot uchun: O‘zsanoatqurilishbank tomonidan ichki turizmni rivojlantirishga oid loyihalarni moliyalashtirishga katta e’tibor qaratilmoqda. Xususan, o‘tgan davr mobaynida turizm biznesi bilan shug‘ullanayotgan tadbirkorlarga bank tomonidan 830 mlrd. so‘mdan ortiq kredit mablag‘lari ajratilib, 1 650 ga yaqin yangi ish o‘rni yaratildi.
Mutaxassislar maslahati: 712004343; 1180
Bank Axborot xizmati
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter