Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonlik avtomobilsozlar Rossiyaning eng yirik avtomobil kompaniyasiga ehtiyot qismlar yetkazib beradi

O‘zbekistonlik avtomobilsozlar Rossiyaning eng yirik avtomobil kompaniyasiga ehtiyot qismlar yetkazib beradi

Foto: «O‘zsanoatqurilishbank»

Rossiya va Sharqiy Yevropadagi eng yirik yengil avtomobil ishlab chiqaruvchisi hisoblangan «AvtoVAZ» kompaniyasining eng ommabop avtomobillari yoritish tizimlari endilikda O‘zbekistonda ishlab chiqariladi.

Joriy yilning iyul oyidan boshlab Namangan shahridagi «UZCHASYS» qo‘shma korxonasida Rossiyaning «AvtoVAZ» avtomobil kompaniyasi avtomobillari uchun yoritish tizimlarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi.

Jumladan, «Lada Granta FL» avtomobilining old yoritish chirog‘i, «Lada Vesta SW/SW Cross»ning nomer yoritish chirog‘i, shuningdek, «Lada 2190», «Lada 2191», «Lada 8450», «Lada 1117» va «Lada 1119» avtomobillarining qariyb o‘n xildagi yoritish chiroqlari ishlab chiqarilib, «AvtoVAZ» korxonalariga yetkazib beriladi.

«O‘zavtosanoat» aksiyadorlik jamiyati bilan hamkorlikda «O‘zsanoatqurilishbank»ning xorijiy hamkor banklari mablag‘larini jalb qilgan holda amalga oshirilayotgan mazkur loyiha doirasida «UZCHASYS» qo‘shma korxonasiga «NEOLITE ZKW Lightings Pvt Ltd» (Hindiston) va «Genter Service GmbH» (Germaniya) texnologiyalari o‘rnatiladi. 35 ta yangi ish o‘rni yaratiladi.

Ahamiyatlisi, yangi loyiha doirasida ishlab chiqariladigan yuqori qiymatga ega tayyor mahsulotlar to‘liq eksport qilinib, O‘zbekiston avtomobil sanoatining xalqaro bozordagi mavqeini yanada mustahkamlanishiga xizmat qiladi.

«O‘zsanoatqurilishbank» Axborot xizmati

Reklama huquqi asosida

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring