Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xorijga pul jo‘natish endi yanada qulay!

Xorijga pul jo‘natish endi yanada qulay!

Bundan avval xalqaro pul o‘tkazmalari tizimi orqali xorijga pul o‘tkazish faqatgina naqd pul ko‘rinishidagi xorijiy valyuta mablag‘lari taqdim qilingan taqdirda amalga oshirilar edi. Bu holat mijozlar uchun muayyan qiyinchiliklarni tug‘dirgan.

Mijozlarning istak va takliflari hamda bugungi kun talablarini inobatga olgan holda «O‘zsanoatqurilishbank» tizimida xalqaro pul o‘tkazmalari tizimidan foydalanish qoidalari yanada soddalashtirildi va qo‘shimcha qulayliklar yaratildi.

Ayni vaqtda xalqaro pul o‘tkazmalari tizimida maksimal darajada qulay sharoitlar yaratidi, jumladan, naqd va naqdsiz pul mablag‘larini omonat hisob raqami yoki plastik kartochkaga tushirish orqali hech qanday to‘sqinliksiz olish va jo‘natish imkoniyati joriy etildi.

«O‘zsanoatqurilishbank» tizimida Xalqaro pul o‘tkazmalari tizimi orqali o‘z mablag‘ingizni xohishingizga qarab, quyidagi talablar asosida jo‘natishingiz va olishingiz mumkin:

Xalqaro pul o‘tkazmalari tizimi orqali kelgan mablag‘ni olish turlari:

  • Naqd chet el valyutasida;
  • Naqdsiz ko‘rinishdagi chet el valyutasida, ya’ni mijoz nomiga ochilgan chet el valyuta omonat hisob raqamiga yoki uning nomiga ochilgan chet el valyutasidagi xalqaro plastik kartasiga o‘tkazib berilishi;
  • Naqd milliy valyutasida;
  • Naqdsiz ko‘rinishdagi milliy valyutada, ya’ni mijoz nomiga ochilgan milliy valyuta omonat hisob raqamiga yoki uning nomiga ochilgan milliy valyutadagi plastik kartasiga o‘tkazib beriladi.

Xalqaro pul o‘tkazmalari tizimi orqali mablag‘ni jo‘natish turlari:

  • Naqd chet el valyutasini topshirish orqali;
  • Naqdsiz ko‘rinishdagi chet el valyutasida, ya’ni mijoz nomiga ochilgan chet el valyuta omonat hisob raqamidan yoki uning nomiga ochilgan chet el valyutasidagi xalqaro plastik kartasidan mablag‘lar yechib olinib jo‘natish;
  • Naqd milliy valyutasida (konvertatsiya);
  • Mijoz nomiga ochilgan milliy valyuta omonat hisob raqamidan yoki uning nomiga ochilgan milliy valyutadagi plastik kartasidan (konvertatsiya)

«O‘zsanoatqurilishbank» o‘z mijozlarini yuksak qadrlaydi va siz uchun yanada qulay hamda zamonaviy xizmatlarni joriy qilishda davom etadi!

Qo‘shimcha ma’lumotlarni Bankning istalgan filialidan, (0371) 120-45-38 telefon raqamidan yoki quyidagi elektron manzildan olishingiz mumkin:

Reklama huquqi asosida

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring