Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zsanoatqurilishbank «O‘zbekistondagi eng faol bank-emitent» va «Yashil moliyalashtirish» mezonlari bo‘yicha eng yaxshi bitim» g‘olibi bo‘ldi

O‘zsanoatqurilishbank «O‘zbekistondagi eng faol bank-emitent» va «Yashil moliyalashtirish» mezonlari bo‘yicha eng yaxshi bitim» g‘olibi bo‘ldi

Kecha, joriy yilning 30 iyun kuni Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YeTTB)ning onlayn tarzda o‘tkazilgan Yillik yig‘ilishida YeTTBning savdoga ko‘maklashish dasturi – «Trade Facilitation Program» nominatsiyasida g‘oliblar e’lon qilindi.

Marosim davomida O‘zsanoatqurilishbank biryo‘la ikki nominatsiyada yetakchi deb topildi. Xususan:

– «2020 yilning O‘zbekistondagi eng faol bank-emitenti»;
– «2020 yilning «Yashil moliyalash» mezonlari bo‘yicha eng yaxshi bitimi.

Ushbu mukofot bilan YeTTB bankning xalqaro savdoni moliyalashtirishdagi alohida yutuqlarini e’tirof etish bilan birga, savdoni moliyalashtirish sohasida muassasa tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar faolligi va sifatini yuqori baholaydi.

Ta’kidlash joiz, bugungi kunda O‘zsanoatqurilishbank tizimida transformatsiya ishlari keng qamrovda amalga oshirilmoqda. Jumladan, bank xizmatlari foydalanuvchilari ehtiyojlari hisobga olingan holda, mijozlarga yo‘naltirilgan siyosatni qurishga qaratilgan yangi biznes-model faol joriy etilmoqda.

Bunda, nisbatan qisqa vaqt ichida bank tomonidan o‘z mijozlariga keng imkoniyatlarni taqdim etish orqali O‘zbekiston bozorida savdoni moliyalashtirish sohasida yetakchi o‘rinlarni egallashga erishildi.

Covid-19 pandemiyasi davrida O‘zsanotqurilishbank tomonidan savdoni moliyalashtirish xizmatlarini taqdim etish orqali, shuningdek, bankka 2020 yilda YeTTBning «COVID-19 Response» tashabbusi doirasida taqdim etilgan 60 mln. dollarlik qo‘shimcha limitdan samarali foydalanish asosida mijozlarga katta yordam ko‘rsatildi. Bu orqali «Covid-19» pandemiyasining salbiy ta’siri anchagina minimallashtirildi va xalqaro miqyosda hukmron bo‘lib turgan savdo turg‘unligi effektining oldini olishga ko‘maklashildi.

Bundan tashqari, bank tomonidan «Yashil» moliyalashtirish tamoyillarini rivojlantirish va joriy etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

2018 yilda Xalqaro moliya korporatsiyasi hamda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki mutaxassislari ko‘magida ishlab chiqilgan «Green Banking» segmentiga alohida e’tibor qaratilgan moliya institutini transformatsiyalash dasturi bunga dalil bo‘la oladi.

Kelgusida O‘zsanoatqurilishbankning ushbu dasturdagi ishtiroki unga xalqaro moliya bozoridagi mijozlar doirasini kengaytirish, bank brendi nufuzini oshirish imkonini beradi. Bu, o‘z navbatida, savdoni moliyalashtirish sohasida raqobatbardoshlikni oshirib, tashqi savdo faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yangi kontragentlarni jalb qilishga qo‘shimcha turtki bo‘ladi.

Shuni alohida ta’kidlash joizki, O‘zbekiston bank-moliya tizimini tubdan isloh qilish natijasida O‘zsanoatqurilishbank tizimida ro‘y berayotgan ijobiy o‘zgarishlar nufuzli xalqaro moliya institutlarining e’tiboridan chetda qolmayapti.

E’tirofga loyiq jihati, O‘zsanoatqurilishbank YeTTBning yuqorida e’lon qilingan nominatsiyalaridan tashqari, ketma-ket 3 yil davomida Osiyo taraqqiyot bankining Savdoni moliyalashtirish dasturi doirasida O‘zbekistondagi eng yaxshi bank-hamkori deb tan olindi.

Bank Axborot xizmati

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring