SQB O‘zbekistondagi eng mashhur messenjerda bepul onlayn savdo maydonchasi taqdim etadi

O‘zsanoatqurilishbank tomonidan tadbirkorlar uchun maxsus telegram boti ishlab chiqildi. U orqali tadbirkorlar o‘z mahsulot va xizmatlarini sotishi mumkin.
Ushbu bot o‘z internet-do‘koniga ega bo‘lmagan tadbirkorlar uchun juda qulay. U orqali qonun doirasidagi barcha narsalarni sotish mumkin. Oziq-ovqat va uy-ro‘zg‘or buyumlari, kiyim-kechak va poyabzal, qandolatchilik va non mahsulotlari, gullar, avtoulov qismlari, uy hayvonlari uchun mahsulotlar, bolalar uchun o‘yinlar va ko‘plab boshqa narsalarni sotish imkoniyati mavjud.
Qo‘shimcha ma’lumotlar bilan ushbu havola orqali tanishib olish mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter