
O‘zbekistonlik harbiylar 8-xalqaro armiya o‘yinlarida birinchi o‘rinni oldi
Pokistonning Xarian shahrida bugun «Jamoaviy ruh» 8-xalqaro armiya o‘yinlarining yopilish va ishtirokchilarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Mustaqillik bayrami kunlari xavfsizlikni ta’minlash uchun 30 mingga yaqin xodim jalb qilingan
AOKAda Ichki ishlar vazirligi JXD axborot xizmati rahbari Muzifa Sultonova ishtirokida o‘tkazilgan brifingda bayram tadbirlari davomida jamoat tartibini saqlash va xavfsizlikni ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi:

Rossiyada mudofaa bo‘yicha yana bir yirik mansabdor qo‘lga olindi
Moskvaning Tver sudi Mudofaa vazirligi harbiy qurilish kompaniyasi bosh direktori Andrey Belkovni mansab vakolatini suiiste’mol qilganlikda ayblab, hibsga oldi.

Rossiyada «katta baliq» to‘rga tushdi. U nimada ayblanmoqda?
Shu bilan birga, vazir o‘rinbosarining advokatlari kanal bilan suhbatda Ivanov olgan pora miqdori uydirma ekanini da’vo qilmoqda.

O‘g‘li Angliyada o‘qiydi, qizi Fransiyada yashaydi. Rossiya mudofaa vazirining pora olgani aytilayotgan o‘rinbosari aslida kim?
Kuch ishlatar tizimning eng boy odamlaridan biri sifatida keng ommaga tanilgan.

Rossiya mudofaa vazirining o‘rinbosari hibsga olindi
Pora olganlikda gumon qilinyapti.

Britaniya tashqi ishlar vaziri qochishga majbur bo‘ldi
Tashqi ishlar vazirligi rahbari chorshanba kuni Isroilga kelgandi.

O‘zbekiston boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaydi – Mudofaa vazirligi
Mudofaa vazirligi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan «o‘zbekistonlik harbiy xizmatchilar harbiy texnikalarda Rossiyaga yordam berish uchun poligon hududida shay bo‘lib turgandi, ammo vaziyat o‘zgargani uchun borishdan qoldirildi» mazmunidagi xabarlarga munosabat bildirdi.

Shavkat Mirziyoyev Italiya Respublikasi mudofaa vazirini qabul qildi
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26-aprel kuni mamlakatimizda tashrif bilan bo‘lib turgan Italiya Respublikasi mudofaa vaziri Gvido Krozettoni qabul qildi.

Turkiyaga ketgan Mudofaa vazirligi tibbiy otryadi O‘zbekistonga qaytib keldi
Turkiyada 24 kun davomida zilzila oqibatlarini bartaraf etishda ishtirok etgan O‘zbekiston Mudofaa vazirligining malakali harbiy xizmatchilari Toshkentga qaytib keldi.

Toshkentda vaqtinchalik harbiy dala oshxonalari tashkil etildi
Havo haroratining keskin tushib ketishi munosabati bilan Mudofaa vazirligi tomonidan Toshkent shahri hududlarida isitish punktlari faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Prezident Markaziy harbiy klinik gospitalga tashrif buyurdi (foto)
Gospital jami 700 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, bu yerda harbiy xizmatchilar, ularning oila a’zolari, soha faxriylari bepul davolanadi. Shuningdek, boshqa bemorlarga ham pullik xizmat ko‘rsatiladi.

Eron mudofaa vazirining sobiq o‘rinbosari o‘limga hukm qilindi
Alirizo Akbariy 2019-yilda hibsga olingandi.

Qarshi-Xonobod bazasida xavfli kimyoviy qoldiqlar borligiga izoh berildi
Ma’lumotlarda ushbu hudud kimyoviy qurol qoldiqlari, qayta ishlangan uran va boshqa xavfli moddalar bilan zararlangani aytilgan.

Sirdaryodagi portlash oqibatida 3 742 ta turar va noturar joyga zarar yetgan
Sirdaryo tumanidagi harbiy qism omborida sodir bo‘lgan hodisa (portlash) oqibatlari haqida Sirdaryo viloyati hokimligining rasmiy telegram-kanali xabar berdi.

Aholi va harbiy xizmatchilar orasida qurbonlar hamda og‘ir jarohat olganlar yo‘q — Mudofaa vazirligi
Sirdaryo viloyatining «Malik» aholi punktidagi Mudofaa vazirligiga qarashli harbiy qism omborida sodir bo‘lgan yakka tartibda portlash bo‘yicha harbiy mutaxassislar tomonidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Putin mudofaa vazirining o‘rinbosarini ishdan bo‘shatdi
Bu haqda mamlakat Mudofaa vazirligi xabar berdi.

O‘zbekiston 2-o‘rinni egalladi — ArMI–2022 (infografika)
37 mamlakatning 257 ta jamoasi ishtirok etgan ArMI–2021 VIII xalqaro armiya o‘yinlari yakuniga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi umumjamoa hisobida 2-o‘rinni egalladi.

Toshkentda ShHTga a’zo davlatlar mudofaa vazirlarining yig‘ilishi boshlandi
Bugun, 24-avgust kuni Toshkent shahrida Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar mudofaa vazirlarining yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.

«ArMI-2022»: Vakillarimizdan dastlabki oltin medallar
G‘olib jamoaga armiya o‘yinlari kubogi hamda musobaqa bosh sovrini — «Chevrolet Gentra» avtomashinasi topshirildi.

Davlat chegarasini «buzib kirmoqchi bo‘lgan» to‘dalarga aniq zarbalar berildi (foto)
Amaliy o‘quv yakunida O‘zbekiston va Tojikiston Respublikalari mudofaa vazirlari «Hamdo‘stlik—2022» birgalikdagi o‘quv ishtirokchilari va tashkilotchilarini erishilgan yutuqlar bilan tabriklashdi.

O‘zbekiston – Tojikiston birgalikdagi o‘quviga start berildi (foto)
Mashqlar jarayonida harbiylarimiz yaqin masofada jang olib borish, yaradorlarni evakuatsiya qilish, shartli dushman hujumini qaytarish kabi amaliy mashg‘ulotlarda ishtirok etishdi.

O‘zbekiston Qurolli Kuchlar Bosh shtab boshlig‘i Qirg‘iz Respublikasi harbiy delegatsiyasini qabul qildi (foto)
O‘zbekiston mudofaa vazirining birinchi o‘rinbosari – Qurolli Kuchlar Bosh shtab boshlig‘i general-mayor Shuxrat Xalmuxamedov bilan uchrashdi.

Mudofaa vazirligi Nukusdagi namoyishlar haqida yangi video e’lon qildi
Mudofaa vazirligi e’lon qilgan videolavhada harbiy xizmatchilar o‘sha vaqtda bo‘lgan voqealarni gapirib berdi. Xususan, ular qurol ishlatmaslik bo‘yicha buyruq olgani haqida aytishadi.

O‘zbekiston dronlari Afg‘onistonga kirgani bo‘yicha xabarlarga izoh berildi
Ayrim OAV va ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston Respublikasiga tegishli uchuvchisiz boshqariladigan uchish apparatlari Afg‘oniston havo makonini buzib o‘tgani haqida xabarlar tarqalmoqda.

Vagonda tashilgan harbiy texnikalarga rasmiy izoh berildi
Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti holatga aniqlik kiritdi.

Portugaliyada to‘qqiz ayol vazirlik lavozimlarini egalladi
Mudofaa vazirligini ilk marotaba ayol kishi boshqaradi.

Qodirjon Tursunov O‘zbekiston biatlon federatsiyasiga rais bo‘ldi
O‘zbekiston biatlon federatsiyasining navbatdan tashqari konferensiyasi o‘tkazildi.

O‘zbek razvedkachilari Pokistonda rekord qayd etdi
Musobaqa shartlariga ko‘ra, jamoalar 80 km gacha bo‘lgan marshrut bo‘yicha harakatlanib, turli mashqlarni bajardilar.

Qozog‘istonning sobiq mudofaa vaziri Bektanov hibsga olindi
Bektanov Nursultondagi vaqtincha saqlash izolyatoriga keltirilgan.

Mudofaa vaziri matbuot kotibi o‘zgardi
Polkovnik Zulfiqorov Bahrom Biloliddinovich boshqa lavozimga tayinlandi.

Xalqaro armiya o‘yinlarida oltin medallarimiz soni to‘rttaga yetdi
Dunyoning 11 davlati hududida 42 mamlakat vakillaridan iborat 277 jamoa ishtirok etyapti.

Mudofaa vazirligi otaliqqa olgan bemor qiz Germaniyada davolanmoqda
U juda kam uchraydigan «takayasu sindromi», ya’ni magistral qon tomirlari torayishi oqibatida insultga chalingan.

Rossiya harbiy delegatsiyasining mamlakatimizga tashrifi boshlandi
Joriy yilda O‘zbekiston Mudofaa vazirligi jamoalari «ArMI – 2021» doirasida o‘tkazilayotgan musobaqalarning 24 ta yo‘nalishida ishtirok etmoqda.

Britaniya: avtobus bekatidan Mudofaa vazirligining maxfiy hujjatlari topildi
Buyuk Britaniya mudofaa vaziri o‘rinbosari Jeremi Kuin maxfiy hujjatlarni saqlashga doir tartib buzilgani yuzasidan parlament deputatlari qarshisida hisobot berdi.

Mudofaa vazirligi qo‘shinlari jangovar shayligi sinovdan o‘tkazilyapti (foto)
Bunda shaxsiy tarkib va jangovar texnikalarning shayligi tekshiruvdan o‘tadi.

«Kanselyariya jihozlarini yangilashga ehtiyoj bor» — Vazirlik tilla ruchkalar yuzasidan bayonot berdi
Bugun Mudofaa vazirligi tomonidan xarid qilinishi rejalashtirilgan ruchkalarga oid xabar keng muhokamalarga sabab bo‘ldi.

Mudofaa vazirligi 2 dona tilla ruchka uchun 30 mln so‘m sarflaydi
Davlat xaridlari portaliga Mudofaa vazirligi tomonidan ikki dona premium-klassdagi tilla qoplamali 2 dona ruchka sotib olish taklifi kiritildi.

Xalqaro musobaqada harbiylarimiz munosib ishtirok etishdi (foto)
Ularning ilg‘or natijaga erishishida Sibir sovuqlari ham xalal berolmadi.

Harbiylarimiz AQShda rekord natijalarni qayd etmoqda
Amerika Qo‘shma Shtatlarining Missisipi shtatidagi «Camp Shelby» harbiy o‘quv bazasida bo‘lib o‘tayotgan «Ilg‘or jangchi» musobaqasining yana 4 ta yo‘nalishdagi bahslari yakunlandi.

Yangi bino harbiy xizmatchilarga bayram arafasida munosib sovg‘a bo‘ldi
Harbiy qism jamoasiga yengil avtomobil kaliti topshirildi.

Daryoni suzib o‘tgan tank jurnalistlarni hayron qoldirdi (video)
Gazeta mualliflari harbiy mashinani suvosti kemasiga taqqoslashgan.

Rossiya Mudofaa vazirligi koronavirusga qarshi vaksina tayyor bo‘lganini e’lon qildi
Olimlar sinov natijalari bo‘yicha yakuniy bahoni berishdi.

Harbiy xizmatga saralab olinganlar koronavirusga tahlil topshirdi
Bugun AOKA huzuridagi shtabda Mudofaa vazirligi axborot xizmati rahbari Bahrom Zulfiqorov ishtirokida bo‘lib o‘tgan brifing bo‘lib o‘tdi.

Oqoltinda favqulodda vaziyat hududida qolib ketgan ikki fuqaro vertolyotda qutqarildi
Sirdaryo viloyatining «Sardoba» suv ombori dambasi o‘pirilishi oqibatlarini bartaraf etishga jalb qilingan Mudofaa vazirligi Havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari va Harbiy havo kuchlariga qarashli vertolyot aviatsiyasi navbatdagi parvoz davomida hamyurtlarimizni qutqardi.

Rossiya armiyasida koronavirusga chalinganlar soni ma’lum qilindi
Koronavirusga chalinganlar Mudofaa vazirligining dam olish uylari va gospitallarida, shuningdek, fuqarolik sog‘liqni saqlash tizimidagi tibbiy muassasalar va uylarida davolanishmoqda.

O‘zbekiston fuqarolari karantinga olingan hududlarda nazorat kuchaytirildi
Karantinga olingan ob’yektlarda fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, qolaversa, tibbiy nazoratdagi yurtdoshlarimizning o‘zboshimchalik bilan belgilangan hududni tark etishlarining oldini olish maqsadida nazorat choralari kuchaytirilmoqda.

O‘zbekiston armiyasidagi eng katta va zamonaviy poligonlar 10 taligi tuzildi (foto)
Markaziy harbiy okrug jangovar tayyorgarlik boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston armiyasidagi eng katta va zamonaviy ko‘rinishga ega bo‘lgan dala o‘quv maydonlari reytingni tuzildi. Bu haqda harbiy jurnalist Kapitan G‘ayrat Madrahimov ma’lum qildi.

O‘zbekiston Mudofaa vazirligiga Mi-35M vertolyotlari yetkazildi
O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vazirligi ixtiyoriga to‘rtta Mi-35M vertolyoti yetkazib berildi. Xabar qilinishicha, Rossiya tomoni umumiy hisobda 12 ta jangovar-transport vertolyotlari yetkazishi lozim.

Mudofaa vazirligidan ketgan general Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari bo‘ldi
General-mayor Ikramov Azizbek Isroilovich O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Erkinjon Turdimov Mudofaa vazirligining ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi
Markaziy harbiy okrugning «Madaniyat va ma’rifat markazi»da tadbir o‘tkazildi.

O‘zbekistondagi eng katta harbiy poligon foydalanishga topshirildi (foto)
O‘zbekiston Respublikasidagi eng katta poligon – Markaziy harbiy okgugga qarashli «Kattaqo‘rg‘on» dala-o‘quv maydoni foydalanishga topshirildi.

O‘zbekiston harbiy kadrlarni tayyorlashda Hindiston bilan hamkorlikni kuchaytirmoqchi
O‘zbekiston mudofaa vaziri general-mayor Bahodir Qurbonov Hindiston mudofaa vaziri Rajnatx Singx boshchiligidagi delegatsiya vakillarini qabul qildi.

Toshkent viloyatida harbiy xizmatchilarning jangovar shayligi tekshirildi
Mudofaa vazirligi Toifalangan ob’yektlarni qo‘riqlash qo‘shinlari qo‘mondonligiga qarashli Toshkent viloyatida joylashgan harbiy qismlarning birida shaxsiy tarkibning jangovar shayligi yana bir bor sinovdan o‘tkazildi.

Mudofaa vaziriga matbuot kotibi tayinlandi
Podpolkovnik Zulfiqorov Bahrom Bilolidinovich mudofaa vazirining matbuot kotibi – axborot siyosati bo‘yicha maslahatchisi etib tayinlandi.

O‘zbekiston va Qozog‘iston harbiylarining «Qalqon – 2019» maxsus-taktik mashg‘ulotlari boshlandi
Toshkent harbiy okrugidagi dala-o‘quv maydonida boshlangan O‘zbekiston va Qozog‘iston Respublikalari Mudofaa idoralari hamkorligidagi «Qalqon – 2019» maxsus-taktik o‘quvlari o‘tkazilmoqda.

O‘zbekiston vakillari xavfsizlik bo‘yicha «Seul muloqoti— 2019» forumida ishtirok etdi
O‘zbekiston mudofaa vazirining o‘rinbosari general-mayor Azizbek Ikramov boshchiligidagi Mudofaa vazirligi delegatsiyasi xavfsizlik va mudofaa masalalari bo‘yicha Janubiy Koreyada o‘tkazilgan «Seul muloqoti— 2019» forumida ishtirok etdi.

Razvedkachilarimiz «Altin uki—2019» xalqaro musobaqasida qatnashadi
Joriy yilning 28-avgustidan 6-sentyabrga qadar Qozog‘iston Mudofaa vazirligining «Spassk» o‘quv poligonida maxsus rezvedka guruhlari o‘rtasida «Altin uki—2019» xalqaro musobaqasi o‘tkaziladi.

O‘zbekiston «Harbiy-tibbiy estafeta» xalqaro musobaqasida g‘olib chiqdi. Jamoaga «Gentra» beriladi
Joriy yilning 4—15-avgust kunlari O‘zbekistonda birinchi bor Xalqaro armiya o‘yinlarining «Harbiy-tibbiy estafeta» yo‘nalishi bo‘yicha xalqaro musobaqa o‘tkazildi.

Mudofaa vazirligida harbiy innovatsion tibbiy markaz ochildi (foto)
14-avgust kuni Mudofaa vazirligida harbiy mobil innovatsion tibbiy markazning taqdimotiga bag‘ishlangan marosim bo‘lib o‘tdi.

Zenitchilar jangi: Havo hujumidan mudofaa bo‘linmalari birinchilik uchun o‘zaro kurashdi
Nukus va Urganch garnizonining zenit bo‘linmalari “Nukus” poligonida “Men g‘olib” shiori ostida o‘tkazilgan estafetada ishtirok etdi

Xalqaro armiya o‘yinlari bo‘sag‘asida. Xorij davlat delegatsiyalari kelishni boshladi
26-iyul kuni Vetnam Sotsialistik Respublikasi harbiy delegatsiyasi Xalqaro armiya o‘yinlarida ishtirok etish uchun «Forish» poligoniga yetib keldi.

Pentagonning yangi rahbari rasman ish boshladi. Mark Esper haqida nimalarni bilamiz?
U prezident Donald Tramp huzurida qasamyod qildi. Marosim Oq uydan to‘g‘ridan-to‘g‘ri uzatildi.

«Temurbeklar maktabi»ga qabul: bir o‘ringa uch da’vogar to‘g‘ri kelmoqda
Hujjatlarni topshirgan nomzodlar asosan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro, Xorazm, Qashqadaryo, Surxondaryo, Navoiy va Toshkent viloyatlarining yoshlari bo‘ldi.

Kattaqo‘rg‘onda O‘zbekistondagi eng katta harbiy poligon qurilmoqda (foto)
Markaziy harbiy okrugidagi «Kattaqo‘rg‘on» poligonida Samarqand viloyati harbiy-ma’muriy sektori bilan hamkorlikda hududi va salmog‘i jihatidan O‘zbekistondagi birinchi raqamli harbiy poligon barpo etilyapti.

Mudofaa vazirligi harbiy qism va tibbiyot muassasalariga 14 ta «Damas» berildi
3-iyul kuni Mudofaa vazirligi tizimidagi harbiy qism va tibbiyot muassasalariga tez tibbiy yordam ko‘rsatuvchi xizmat avtomashinalari topshirildi.

O‘zbekiston armiyasi xalqaro «REMBAT»ko‘rik-tanlovida qatnashadi
Xalqaro armiya o‘yinlariga kiritilgan «REMBAT» – «Eng ilg‘or ta’mirlash va evakuatsiya batal’oni» ko‘rik-tanloviga Mudofaa vazirligi jamoasi ham qizg‘in tayyorgarlik ko‘rmoqda.

O‘zbekiston delegatsiyasi Rossiyada o‘tkazilayotgan xalqaro harbiy-texnika forumida ishtirok etmoqda
O‘zbekiston mudofaa vazirining qurol-aslaha va qurollanish bo‘yicha o‘rinbosari polkovnik Oybek Ismoilov rahbarligidagi O‘zbekiston harbiy delegatsiyasi vakillari Rossiya Federatsiyasida o‘tkazilayotgan «Armiya—2019» V xalqaro harbiy-texnika forumida ishtirok etmoqda.

O‘zbekiston Rossiyadan «Tigr» zirhli avtomobillarini sotib oldi
O‘zbekiston Qurolli kuchlari Rossiyadan ko‘p maqsadli «Tigr» zirhli avtomobillarini sotib oldi. Bu haqda «Armiya-2019» harbiy texnikalar forumida ma’lum qilingan.

Kichik mutaxassislarni tayyorlash markazida bitiruv tantanasi bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiga qarashli Samarqand shahridagi Qurolli Kuchlar Kichik mutaxassislarni tayyorlash markazida navbatdagi bitiruv tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Toshkent harbiy okrugi qo‘shinlari jangovar shaylik holatiga keltirildi
Bugun, 11 iyun kuni tongda O‘zbekiston Qurolli Kuchlari Bosh shtabi tomonidan okrug qo‘shinlari yuqori darajadagi jangovar shaylikka keltirildi.

Mudofaa vazirligi rahbariyati Farg‘ona vodiysida sayyor qabul o‘tkazadi
O‘zbekiston mudofaa vaziri tomonidan tasdiqlangan rejaga ko‘ra, vazirning o‘rinbosari general-mayor Azizbek Ikramov boshchiligida mansabdor shaxslardan iborat guruh 12—14 iyun kunlari Sharqiy harbiy okrugi hududidagi viloyat markazlarida sayyor qabullar o‘tkazadi.

Chirchiqda shartli dushman havodan tushirilgan maxsus kuchlar tomonidan yo‘q qilindi
Chirchiq dala-o‘quv maydonida mudofaa vazirligining maxsus bo‘linmalari hamda havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari va harbiy havo kuchlari hamkorligida shartli dushmanni yo‘q qilish bo‘yicha o‘quv-mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tdi.

Suv ostida tanklar: Chirchiqda kursantlar suv ostida harakatlanish mashqlarini bajarishdi
Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurti kursantlari jangovar mashinalarni haydash fani doirasida navbatdagi murakkab amaliy mashg‘ulotlarni o‘zlashtirdi.

Samarqandda 64 nafar harbiy xizmatchining farzandi OTMga kirish tavsiyanomalarini oldi
Markaziy harbiy okrug qo‘shinlarida harbiy xizmatchilarning farzandlariga kvota asosida oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishi uchun tavsiyanomalarni topshirishga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi.

Chirchiqda «jangarilar» hujumini qaytarish bo‘yicha maxsus-taktik mashg‘ulotlar o‘tkazildi
Mudofaa vazirligiga qarashli Toshkent viloyatidagi harbiy qismlardan birida «Ob’yektda tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar hamda terrorchilik va yong‘in sodir bo‘lganda korxona ma’muriyati va fuqoro muhofazasi tuzilmalarining harakatlari»mavzusida maxsus-taktik o‘quvi o‘tkazildi.

Buxorodagi ob’yektlarda shartli dushmanni qo‘lga olish bo‘yicha harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazildi
Buxoro viloyatida joylashgan Mudofaa vazirligi Toifalangan ob’yektlarni qo‘riqlash qo‘shinlari qo‘mondonligiga qarashli harbiy qismlardan birida maxsus taktik o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

O‘zbekiston–Belarus maxsus taktik-o‘quv mashg‘ulotlari nihoyasiga yetdi (foto)
«Jangovar hamdo‘stlik–2019» shiori ostida O‘zbekiston–Belarus maxsus bo‘linmalari harbiy xizmatchilari o‘rtasida o‘tkazilgan hamkorlikdagi maxsus taktik-o‘quv mashg‘ulotlarining asosiy qismi yakuniga yetdi.

Mudofaa vaziri o‘rinbosari uchta viloyatda sayyor qabullar o‘tkazadi
O‘zbekiston mudofaa vaziri tomonidan tasdiqlangan rejaga ko‘ra, vazirning o‘rinbosari general-mayor Azizbek Ikramov boshchiligida mansabdor shaxslardan iborat guruh 29—31 may kunlari Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrugi hududidagi viloyat markazlarida sayyor qabullar o‘tkazadi.

Harbiylarning oila a’zolari ham ish bilan ta’minlanmoqda
21-may kuni Chirchiq shahridagi «G‘alaba» mahallasi hududida harbiy xizmatchilarning oila a’zolarini ish bilan ta’minlash maqsadida yangi tashkil etilgan tikuvchilik va to‘quvchilik sexining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi, deb xabar berdi Mudofaa vazirligi matbuot xizmati.

AQSh harbiy delegatsiyasi O‘zbekiston Qurolli Kuchlari akademiyasida bo‘ldi
14-may kuni Missisipi shtati gubernatori Fil Brayant boshchiligidagi AQSh delegatsiyasi yurtimizga tashrif buyurdi.

Samarqandda Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan tadbirlar o‘tkazildi (foto)
Samarqand shahrida joylashgan Sog‘liqni tiklash shifoxonasi bog‘ida tantanali bayram tadbirlari o‘tkazildi.

O‘zbekistonda tank biatloni bo‘yicha Mudofaa vazirligi musobaqasi start oldi
1-may kuni “Chirchiq” poligonida 9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Mudofaa vazirligi miqyosida o‘tkazilishi rejalashtirilgan Tank biatloni musobaqasining ochilishiga bag‘ishlangan marosim bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston va Xitoy ikki tomonlama harbiy hamkorlik rejasini imzoladi
Bugun, 27-aprel kuni O‘zbekiston mudofaa vaziri general-mayor Bahodir Qurbonov Xitoy Xalq Respublikasi Davlat kengashi a’zosi, mudofaa vaziri general-polkovnik Vey Fenxe boshchiligidagi XXR harbiy delegatsiyasini qabul qildi.

O‘zbekiston, Turkiya va Pokiston harbiylarining maxsus taktik-o‘quv mashg‘ulotlari yakunlandi (foto)
26-aprel kuni Jizzax viloyatidagi «Forish» poligonida O‘zbekiston, Turkiya va Pokiston qo‘shinlari bo‘linmalari o‘rtasida «Hamdo‘stlik qalqoni–2019» maxsus taktik-o‘quv mashg‘ulotlarining yakuniy bosqichi o‘tkazildi.

«Vatanparvarlar» bog‘ida Ikkinchi jahon urushi manzaralari sahnalashtirildi (foto)
«Sevimli» telekanali orqali efirga uzatiladigan Farhod Abdullayev bilan «Eslab» ko‘rsatuvining ijodkorlari Qarshi «Vatanparvarlar» bog‘iga tashrif buyurdi.

Qo‘shinlarning jangovar shayligini tekshirish davom etmoqda (foto)
24-25-aprel kunlari Toshkent harbiy okrugi hududida joylashgan harbiy qism va muassasalar yuqori jangovar shaylik holatiga keltirilgan edi.

Toshkent harbiy okrugi qo‘shinlari yuqori jangovar shaylik holatiga keltirildi
Bugun, 24-aprel kuni tongda berilgan signal bo‘yicha Toshkent harbiy okrugi hududida joylashgan harbiy qism va muassasalar yuqori jangovar shaylik holatiga keltirildi.

Mudofaa vazirligi tizimida tayinlovlar amalga oshirildi
O‘zbekiston mudofaa vazirining buyrug‘iga ko‘ra, polkovnik Iskandar Mamatmusayevich Mallayev Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrugi qo‘shinlari qo‘mondonining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi.

O‘zbekiston, Turkiya va Pokiston harbiylari maxsus-taktik o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazmoqda
22-aprel kuni «Forish» poligonida «Hamdo‘stlik qalqoni—2019» hamkorlikdagi maxsus-taktik o‘quv mashg‘ulotlarining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

«Farg‘ona» poligonida hech yerda qo‘llanilmagan ilg‘or texnikalar namoyish etildi (foto)
«Farg‘ona» poligonida Sharqiy harbiy okrugi tasarrufidagi harbiy qism va muassasalari o‘rtasida ixtirochilik, ratsionalizatorlik va innovatsion g‘oyalar ko‘rgazmasi o‘tkazildi.

O‘zbekiston kuch tuzilmalarining hamkorlikdagi mashg‘ulotlari yakunlandi
Avval xabar berganimizdek, sharqiy harbiy okrug xududida joylashgan barcha qo‘shinlar hamkorligidagi qo‘mondonlik-shtab mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston sharqida mashg‘ulotlar davom etmoqda: Qurolli Kuchlar kuch tuzilmalari bir jamoa bo‘lib harakatlanmoqda
Joriy yilning 9-aprelidan boshlab Farg‘ona, Andijon va Namangan viloyatlarida hamkorlikdagi qo‘mondonlik-shtab mashg‘uloti boshlangan.

Harbiy xizmatga ketuvchilar maxsus tanlovlardan o‘tkazilishi belgilandi
Hukumat qarori bilan Chaqiriluvchilarni tanlab olish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Oliy harbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish tartibiga o‘zgartirishlar kiritildi
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining oliy harbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

O‘zbekiston Belarus bilan harbiy kadrlarni tayyorlashda hamkorlik qiladi
Joriy yilning 25-28-mart kunlari O‘zbekiston mudofaa vazirining o‘rinbosari, general-mayor Azizbek Ikramov boshchiligidagi harbiy delegatsiya Belarus Respublikasining Harbiy akademiyasida rasmiy tashrif bilan bo‘ldi.

Qo‘shinlar jangovar tayyorgarligini to‘satdan tekshirish davom etmoqda (foto)
26-mart kuni O‘zbekiston Mudofaa vazirligi Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrugi qo‘shinlarining jangovar tayyorgarligini majmuaviy tekshirish boshlangan edi.

Mudofaa vazirligining ogohlantiruvi, Xonto‘rayevning bayonoti, lift bosib qolgan yigit va boshqa xabarlar
Bugun, 27-mart kuni O‘zbekiston va dunyoda ro‘y bergan xabarlar, yangiliklar haqida yana bir bor eslab o‘tib, saytimizda e’lon qilingan dolzarb maqolalar va foydali ma’lumotlarni ham tavsiya qilamiz.

Mudofaa vazirligi fuqarolarga ogohlantirish bilan chiqdi
26 mart kunidan O‘zbekiston Qurolli Kuchlari Bosh shtabi tomonidan Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrugi qo‘shinlarining jangovar shayligini nazoratdan o‘tkazish maqsadida to‘satdan tekshiruv boshlangani xabar qilingandi.

Nukusda harbiy xizmatchilarga yangi uylar topshirildi
Nukus garnizonida qurib bitkazilgan yangi uylarning kalitlarini harbiy xizmatchilar va Qurolli Kuchlar faxriylariga topshirishga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi.

O‘zbek harbiylari 2 ming metr balandlikdagi tog‘da marafon o‘tkazdilar (foto)
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Bosh shtabi Jangovar tayyorgarlik bosh boshqarmasi tomonidan Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari o‘rtasida Navro‘z bayramiga bag‘ishlangan «Skayraning» (Toqqa yugurish) bo‘yicha marafon o‘tkazildi.

Mudofaa vazirligi tizimida qator tayinlovlar amalga oshirildi
O‘zbekiston Prezidentining farmoyishiga ko‘ra, Shimoli-g‘arbiy harbiy okrugi qo‘shinlari qo‘mondoni, polkovnik Farhodjon Nabijonovich Ortiqov lavozimidan ozod etilib, Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurti boshlig‘i etib tayinlandi.

O‘zbekistonda armiya qo‘l jangi chempionati o‘tkazildi
O‘zbekiston Mudofaa vazirligi sport majmuasida Armiya qo‘l jangi bo‘yicha MDH a’zo davlatlar do‘stona armiyalarining spartakiadasi doirasida o‘tkaziladigan armiya qo‘l jangi chempionatiga saralash musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Qurolli Kuchlari akademiyasida NATO qo‘mondonligi bilan videokonferensiya uyushtirildi
Buyuk Britaniya Qirollik harbiy akademiyasi mutaxassislari O‘zbekiston Qurolli Kuchlari akademiyasi professor-o‘qituvchilari tarkibi bilan mashg‘ulotlar o‘tkazish uchun yurtimizga tashrif buyurdi.

O‘zbekistonda muzli qoyaga chiqish bo‘yicha chempionat o‘tkazildi (foto)
Ugom-Chotqol tog‘ tizmasida muz qoyaga chiqish bo‘yicha erkaklar o‘rtasida O‘zbekiston ochiq chempionati o‘tkazildi.

O‘zbek askarlari maktab o‘quvchilari bilan tog‘da mashqlar o‘tkazdilar (foto)
Dastlab qatnashchilar dengiz sathidan bir ming olti yuz metr balandlikda joylashgan markaz faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

O‘zbek harbiylari dengiz sathidan 3000 metr baland tog‘da murakkab mashg‘ulotlar o‘tkazdi (foto+video)
Mudofaa vazirligi tog‘ tayyorgarligi o‘quv mashqlari markazida navbatdagi 45 kunlik o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlari o‘tkazildi. Yig‘inning 70-80 foizi amaliy mashg‘ulotlardan iborat bo‘lib, o‘ta murakkab mashqlar real vaziyatlarga yaqinlashtirilgan holda olib borildi.

Rossiya Markaziy harbiy okrugi qo‘shinlari qo‘mondoni O‘zbekistonga keldi
1-mart kuni O‘zbekiston mudofaa vazirining birinchi o‘rinbosari – Qurolli Kuchlar Bosh shtabi boshlig‘i general-mayor Pavel Ergashev Rossiya Federatsiyasi Markaziy harbiy okrugi qo‘shinlari qo‘mondoni general-palkovnik Aleksandr Lapin boshchiligidagi harbiy delegatsiyani qabul qildi.

O‘zbekistonda yangi harbiy ko‘krak nishonlari ta’sis etildi
O‘zbekiston mudofaa vazirining buyrug‘iga ko‘ra, vazirlik qo‘shinlarida «O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi» hamda «O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti yo‘nalish sardori» ko‘krak nishonlari ta’sis etildi.

Harbiy xizmatchilar malakasi oshirishda yangicha tizim joriy etildi
O‘zbekiston Mudofaa vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti hamkorligida butunlay yangicha ko‘rinish va mazmundagi malaka oshirish tizimi joriy etildi.

1-martga qadar O‘zbekiston bo‘ylab «Harbiy vatanparvarlar» targ‘ibot guruhi tuziladi
O‘zbekiston mudofaa vazirining buyrug‘iga ko‘ra, joriy yilning 1-mart kuniga qadar respublikaning harbiy qism va muassasalar joylashgan hududlarida «Harbiy vatanparvarlar» targ‘ibot guruhi tuzilib, ularning faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.

Amerikalik general: «AQSh Markaziy Osiyo davlatlari barqarorligi uchun hamkorlikka tayyor»
21 fevral kuni Markaziy va Janubiy Osiyo mamlakatlari Qurolli Kuchlari bosh shtabi boshliqlari ishtirokida bo‘lib o‘tgan anjuman o‘z ishini yakunladi.

Qurolli Kuchlarning axloqiy-ruhiy ta’minot konsepsiyasi tasdiqlandi
O‘zbekiston Qurolli Kuchlari axloqiy-ruhiy ta’minot konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risidagi qo‘shma qaror imzolandi, deb xabar bermoqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati.

Toshkentda yangi harbiy shaharcha bunyod etiladi
Toshkentda xalqaro standartlarga mos kampus quriladi, uning hududida Mudofaa vazirligi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti joylashadi.

NATO vakillari O‘zbekistonda harbiy hamkorlik yuzasidan mashg‘ulot o‘tkazdi
Tinglovchilar NATO tizimidagi bugungi o‘zgarishlar, amaliyotlarni rejalashtirish jarayoni va harbiy qarorlar qabul qilish, shuningdek, Alyansning strategik infratuzilmalari borasida muhim ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.

Mudofaa qo‘shinlari Katta Chimyonda ekstremal sharoitlarda mashg‘ulotlar o‘tkazdi (foto)
Kuning ikkinchi yarmida harbiy qism va muassasalarda tog‘ tayyorgarligi nazariy va amaliy mashg‘ulotlarini yangicha yondashuv asosida tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha uslubiy ko‘rgazmali mashg‘ulotlar bo‘lib o‘tdi.

«Vatanparvarlar bog‘i»da Amir Temur yurishlari sahnalari bunyod etiladi
«Bog‘dagi muzeyni boyitish uchun maxsus ishchi guruhi tuzilgan bo‘lib, ular Janubiy Koreyaning yetakchi va boy tajribaga ega bo‘lgan muzeylaridan tajriba olib keldi. Eng so‘nggi innovatsion texnologiyalar asosida bog‘ va muzey zamonaviy ko‘rinish kasb etadi.

Abdusalom Azizov DXX raisi etib tayinlandi
O‘zbekiston Prezidentining farmoniga ko‘ra, O‘zbekiston mudofaa vaziri general-leytenant Abdusalom Azizov Davlat xavfsizligi xizmati raisi etib tayinlandi.

O‘zbek artilleriyachilari o‘t ochishning zamonaviy usullarini namoyish etdi (foto)
Markaziy harbiy okrugiga qarashli «Kattaqo‘rg‘on» dala o‘quv maydonida «Hududda otishni tashkil etish va o‘t ochishni boshqarish» bo‘yicha ko‘rgazmali mashg‘ulotlar o‘tkazildi.

Mudofaa vazirligi sportchisi xalqaro turnirda g‘olib bo‘ldi
O‘zbekiston Mudofaa vazirligi sport klubi a’zosi leytenant Nadiya Dusanova o‘z muxlislarini ikkita — oltin va bronza medallari bilan xushnud etdi.

Тошкентда қўл жанги бўйича Ўзбекистон чемпионати бошланди
7 февраль куни Тошкент шаҳрида Ҳуқуқни муҳофаза қилиш органлари қўл жанги федарацияси томонидан ташкил этилган қўл жанги бўйича ўсмирлар ва катталар ўртасидаги Ўзбекистон чемпионатининг очилиш маросими бўлиб ўтди.

O‘zbekistonda harbiy xizmatga chaqiruv vaqti o‘zgarishi kutilmoqda
Mudofaa vazirligi tomonidan «Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi Qonun loyihasi ishlab chiqildi.

O‘zbek harbiylari o‘ta murakkab sharoitlarda jangovar mashg‘ulotlar o‘tkazdi (foto)
Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrugiga qarashli «Pachkamar» dala-o‘quv maydonida navbatdagi amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.

O‘zbekistonda ilk bor xalqaro armiya o‘yinlari o‘kaziladi
O‘tgan yilgi «ArMI—2018» o‘yinlari Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Eron, Qozog‘iston, Xitoy va Rossiya kabi davlatlarda 28 yo‘nalish bo‘yicha o‘tkazilgan bo‘lib, unda dunyoning 32 mamlakatidan kelgan harbiylar ishtirok etgan edi.

O‘zbek harbiylari AQShda o‘tayotgan «Janubiy zarba» mashg‘ulotlarida qatnashmoqda
O‘zbekiston Mudofaa vazirligi maxsus bo‘linma harbiy xizmatchilari 11-yanvardan AQShning Kemp-Shelbi harbiy bazasi (Missisipi shtati)da bo‘lib o‘tayotgan «Janubiy zarba» hamkorlikdagi mashg‘ulotlarda ishtirok etishyapti.

Mudofaa vazirligi vakillari Sariosiyo voqealarida halok bo‘lgan harbiy xonadoniga borishdi
Mudofaa vazirligi Faxriylar ishlari bo‘yicha markaziy kengashining bir guruh a’zolari shu haftada Sharqiy harbiy okrukka safar uyushtirdi.

O‘zbekistondagi yangi harbiy institutda Ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi tashkil etiladi
Mudofaa vazirligi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti tuzilmasida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan Ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi tashkil etiladi.

Askarlarga OTMlarga kirish imkonini beruvchi imtiyoz uchun imtihonlar boshlandi
O‘zbekiston Qurolli Kuchlarida muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan askarlar 21-25 yanvar kunlari oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishda qo‘shimcha ball beradigan harbiy qism komandirining imtiyozli tavsiyanomalarini qo‘lga kiritish uchun respublika bo‘ylab test sinovlarini topshirishmoqda.

Harbiy uchuvchilar parvozda toblanadi (foto)
Mudofaa vazirligi Harbiy havo kuchlari harbiy xizmatchilari tomonidan Toshkent viloyatidagi aerodromlardan birida o‘quv-amaliy parvoz mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

Shavkat Mirziyoyev: «IIV, DXX, Milliy gvardiya, prokuratura – hammasi xalqqa xizmat qilishi kerak»
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 10-yanvar kuni Toshkent shahri Yunusobod tumanidagi 7-ichki ishlar bo‘limiga tashrif buyurdi.

Minglab harbiylar sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qildi
Kecha, 6-yanvar kuni Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurti shaxsiy tarkibi tomonidan 5 kilometrdan ortiqroq masofaga yugurish bo‘yicha «Vatanparvarlik aksiyasi» o‘tkazildi.

Qahramonlarcha halok bo‘lgan harbiylar oilasidan xabar olindi
2005-yilda ekstemistik guruhlar tomonidan Andijonda sodir etilgan qo‘poruvchilik harakatlari oqibatida halok bo‘lgan kapitan Bahrom Jo‘rayevning oilasidan xabar olindi.

Kursantlar o‘rtasida fan olimpiadasi g‘oliblari taqdirlandi
O‘zbekiston Qurolli Kuchlari akademiyasida oliy harbiy ta’lim muassasalari kursantlari o‘rtasida 2018-yilda o‘tkazilgan fan olimpiadasida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan kursantlarni taqdirlash marosimi o‘tkazildi.

Prezident borgan «Vatanparvarlar» bog‘ida birinchi mashg‘ulotlar o‘tkazildi (foto)
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Prezidenti joriy yilning 14-dekabrida Qashqadaryo viloyatiga amalga oshirgan tashrifi chog‘ida aynan ushbu boqqa kelib, amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlarini ko‘zdan kechirgan edi.

Mudofaa vazirligi harbiy qismlarida «Vatanparvarlik oyligi» tadbirlari o‘tkazilmoqda
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Prezidentining farmoyishiga binoan joriy yilning 15 dekabridan 2019 yilning 15 yanvariga qadar bir oy muddat «Vatanparvarlik oyligi» etib belgilandi.

Yuridik shaxs bo‘lmagan chaqiriluvchilarni harbiy-texnik mutaxassisliklar bo‘yicha tayyorlash markazlari tashkil etiladi
O‘zbekiston Milliy matbuot markazida O‘zbekiston Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 27 yilligi hamda Vatan himoyachilari kunini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoyishi ijrosiga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Farg‘onada bir guruh harbiylar mukofotlandi
Tadbirda nafaqaga chiqqan harbiy xizmatchilar yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, hayot tajribasi davomida egallagan bilim va tajribalarini yosh avlodga o‘rgatish yuzasidan rejalar belgilab olindi. Yig‘ilganlar tomonidan berilgan savollarga atroflicha to‘xtalib, javob qaytarildi.

O‘zbekistonda parashyut sporti bo‘yicha seksiyalar tashkil etiladi
Yoshlarni vatanparvarlik ruhida va jismoniy tarbiyalash hamda chaqiriluvchilarni harbiy-texnik mutaxassisliklar bo‘yicha tayyorlash tartibini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi Prezident qarori qabul qilindi.

Oddiy askarlar o‘rtasida «Ilg‘or mutaxassis» musobaqasining yakuniy bosqichi boshlandi
O‘zbekiston armiyasida ilk bor o‘tkazilayotgan mazkur musobaqa 21 dekabr kuniga qadar 20 dan ortiq yo‘nalish bo‘yicha o‘tkaziladi. Ularda 230 nafarga yaqin muddatli harbiy xizmatchilar o‘zaro kuch sinashadi.

«Mardlar qo‘riqlaydi Vatanni» qo‘shiqlar ko‘rik-tanlovining yakuniy bosqichi sanasi ma’lum bo‘ldi
Joriy yilning 15 dekabr kuni O‘zbekiston Mudofaa vazirligi Ma’naviyat va ma’rifat markazida «Mardlar qo‘riqlaydi Vatanni» qo‘shiqlar ko‘rik-tanlovi hamda «Posboniman muqaddas yurtning» nomli she’rlar tanlovining yakuniy bosqichi bo‘lib o‘tadi.

Mudofaa vazirligi tizimida ham Konstitutsiyaning 26 yilligi keng nishonlanmoqda
Vazirlik matbuot xizmatining xabar qilishicha, Farg‘ona viloyatida mudofaa vazirining birinchi o‘rinbosari — Qurolli Kuchlar Bosh shtabi boshlig‘i general-mayor Pavel Ergashev bayram munosabati bilan barchani muborakbod etib, bir guruh harbiy xizmatchilarni vazirlik ko‘krak nishonlari, esdalik sovg‘alari hamda diplomlar bilan taqdirladi. Ularning kelgusidagi xizmatlariga zafarlar tiladi.

Mudofaa vazirligi prezident topshirig‘ini bajarishga jiddiy kirishdi
Bugun, 4-dekabr kuni Xavfsizlik kengashining 28-noyabrdagi kengaytirilgan yig‘ilishida O‘zbekiston Prezidenti tomonidan harbiy xizmatchilarning ma’naviy-ma’rifiy saviyasini oshirish yo‘lida qo‘yilgan vazifalarning ijrosiga qaratilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi, deya xabar bermoqda Mudofaa vazirligi axborot xizmati.

Qurolli Kuchlari akademiyasi ilmiy kengashining yig‘ilishi o‘tkazildi
Unda Mudofaa vazirligi markaziy apparati boshqarmalari vakillari va Qurolli Kuchlar akdemiyasining professor o‘qituvchilari, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim hamda AKT vazirligi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi vakillari ishtirok etdi.

Mudofaa vazirligi qo‘shinlarini to‘satdan tekshirish davom etmoqda (foto)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoyishiga muvofiq, 26-noyabr erta tongda Mudofaa vazirligi qo‘shinlari o‘quv trevogasi bo‘yicha ko‘tarilgan bo‘lib, hozirda ham uning doirasidagi tashkiliy tadbirlar davom etmoqda.

Mudofaa vazirligi Qarshi-Shahrisabz yo‘lidagi avtohalokat yuzasidan hamdarlik bildirdi
Kecha 26 noyabr kuni Shahrisabz – Qarshi avtomobil yo‘lida og‘ir harbiy texnikalardan iborat kolonna va «Lasetti» rusumli avtomobili ishtirokida ro‘y bergan yo‘l-transport hodisasi oqibatida uch kishi halok bo‘lgani haqida xabar berilgandi.

Prezident farmoyishi bilan harbiy trevoga ko‘tarildi
Bugungi kunga qadar harbiy xizmatchilarning jangovar shayligi, harbiy texnika, qurol-yarog‘ va moddiy-texnika vositalari bilan ta’minlanganlik darajasi bu kabi keng ko‘lamli tekshiruvdan o‘tkazilmagan.

O‘zbekiston Mudofaa vazirligi terma jamoasi Moskvadagi «KVN»da bellashadi
O‘zbekiston Mudofaa vazirligi terma jamoasi 2018 yilda Qurolli Kuchlar kuch tuzilmalari o‘rtasida o‘tkazilgan musobaqada birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan. O‘zbekiston KVN Oliy ligasining finaliga yo‘llanma olgan.

Tog‘ cho‘qqisiga o‘rnatilgan O‘zbekiston bayrog‘i ostida harbiylar bilan uchrashuv o‘tkazildi
O‘zbekiston Mudofaa vazirligiga qarashli Bo‘stonliq tumanidagi harbiy qismlardan birida Yoshlar ittifoqi Toshkent viloyatikengashi bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ining 27 yilligi munosabati bilan «Yuraklarda to‘lqin solib hilpirayver bayrog‘im!» shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Xavfsizlik masalalarini o‘rganish bo‘yicha Yevropa markazi xodimi O‘zbekiston Qurolli Kuchlari akademiyasida dars o‘tmoqda
Mudofaa vazirligi matbuot xizmatining xabar berishicha, Gregori Glison qo‘shma nazariy mashg‘ulotlar doirasida Qurolli Kuchlar akademiyasi qo‘mondonlik-shtab fakulteti tinglovchilari va professor-o‘qituvchilari uchun mintaqa va xalqaro xavfsizlikka oid dolzarb masalalar bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazmoqda.

Harbiy gospitallarga xorijdan zamonaviy uskunalar xarid qilindi
Harbiy-tibbiyot muassasalarining infratuzilmasini yanada rivojlantirish va moddiy texnik bazasini mustahkamlash maqsadida xorijdan tibbiy uskunalar olib kelindi.