O‘zbekistonda yangi harbiy ko‘krak nishonlari ta’sis etildi
O‘zbekiston mudofaa vazirining buyrug‘iga ko‘ra, vazirlik qo‘shinlarida «O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi» hamda «O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti yo‘nalish sardori» ko‘krak nishonlari ta’sis etildi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Mazkur ko‘krak nishonlar harbiy qism va muassasalarning ta’sis kengashlarida yoshlar tomonidan O‘zbekiston yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkilotiga yetakchi va yo‘nalish sardorlari etib saylangan harbiy xizmatchilarga hamda Qurolli Kuchlar ishchi va xizmatchilariga beriladi.
Nizomda «O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi» ko‘krak nishoni O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi qo‘shinlarida 35 yoshdan oshmagan Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi etib saylangan ofitserlarga, «O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti yo‘nalish sardori» ko‘krak nishoni esa 30 yoshdan oshmagan Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti yo‘nalish sardorlari etib saylangan shartnoma bo‘yicha serjant, oddiy askar, muddatli harbiy xizmatchilarga hamda Qurolli Kuchlar ishchi va xizmatchilariga berilishi ko‘zda tutilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter