Mudofaa vaziriga matbuot kotibi tayinlandi
Podpolkovnik Zulfiqorov Bahrom Bilolidinovich mudofaa vazirining matbuot kotibi – axborot siyosati bo‘yicha maslahatchisi etib tayinlandi. Bu haqda Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti xabar berdi.
Bahrom Zulfiqorov 1980-yilda Andijon viloyatining Bo‘z tumanida tug‘ilgan. 2001-yilda Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurtini imtiyozli diplom bilan, 2008-yilda esa O‘zbekiston Qurolli Kuchlari akademiyasini tamomlagan.
Bunga qadar Mudofaa vazirligi Tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bosh boshqarmasida bo‘lim boshlig‘i lavozimida xizmat qilgan.
Eslatib o‘tamiz, mudofaa vazirining matbuot kotibi bir vaqtning o‘zida Mudofaa vazirliga Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti boshlig‘i sanaladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter