Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiya mudofaa vazirining o‘rinbosari hibsga olindi

Rossiya mudofaa vazirining o‘rinbosari hibsga olindi

Foto: Topor Live

Rossiya mudofaa vazirining o‘rinbosari Timur Ivanov pora olganlikda gumon qilinib, hibsga olindi. Bu haqda RF Tergov qo‘mitasi telegram-kanalida xabar berdi.

Kreml vakili Dmitriy Peskov voqea xabari Vladimir Putinga yetkazilganini ma’lum qildi. Mudofaa vaziri Sergey Shoygu ham o‘rinbosari qo‘lga olinganini biladi.

Ivanov 2012-yilda Moskva viloyati hukumati raisi o‘rinbosari etib tayinlangan. 2013–2016-yillarda — AO «Oboronstroy» («Mudofaaqurilish» AJ) bosh direktori.

2016-yil mayida prezident farmoni bilan mudofaa vaziriga o‘rinbosar etib tayinlangan.

Timur Ivanov 1 mln rubldan kam bo‘lmagan miqdorda pora olganlikda gumon qilinyapti. Aybi isbotlansa, 15 yilgacha qamalishi mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring