O‘zbekistonda tank biatloni bo‘yicha Mudofaa vazirligi musobaqasi start oldi
![O‘zbekistonda tank biatloni bo‘yicha Mudofaa vazirligi musobaqasi start oldi](https://static.xabaruz.com/crop/1/0/720_460_95_1042845959.jpg)
1-may kuni “Chirchiq” poligonida Tank biatloni musobaqasining ochilishiga bag‘ishlangan marosim bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.
![](https://static.xabar.uz/uploads/8/720__ac-IdS8ChDjUTnBkzWXPBLlah8YVCejo.jpg)
Unda Mudofaa vazirligi mas’ul ofitserlari, Toshkent harbiy okrugi qo‘shinlari qo‘mondonligi, Qurolli Kuchlar faxriylari, o‘quvchi yoshlar, harbiy orkestr sozandalari va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.
Barcha harbiy okrugdan ishtirok etayotgan ekipajlar T-62, T-64, T-72 rusumli tanklarda belgilangan yo‘nalish bo‘ylab harakatlanishga kirishdi. Start va finish, estafetani berish va to‘g‘ri chiziq bo‘ylab harakatlanish uchastkalari bilan jihozlangan musobaqa trassasidan ildamlagan ekipajlar suvli to‘siq, qo‘rg‘on, chuqur, minalashtirilgan yo‘lak, eskarp ko‘priklaridan o‘tib, otish marralarida nishonlarni aniq mo‘ljalga oldi.
![](https://static.xabar.uz/uploads/8/720__bPIOkYULleD1UbdajNRdecwJTEQFHS2t.jpg)
Eslatib o‘tamiz, tank biatloni bellashuvlarining final bosqichi joriy yilning 5-may kuni, “Chirchiq” poligonida bo‘lib o‘tadi. Hal qiluvchi bahslar davomida zamonaviy va Ikkinchi jahon urushi yillaridagi harbiy texnikalarning namoyishi hamda harbiy san’atkorlarning konsert dasturlari taqdim etib boriladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter