Mudofaa vazirligi harbiy qismlarida «Vatanparvarlik oyligi» tadbirlari o‘tkazilmoqda
Mudofaa vazirligi tasarrufidagi barcha harbiy okruglar, harbiy qismlar hamda Oliy harbiy ta’lim muassasalarining harbiy xizmatchilari tomonidan ommaviy «Vatanparvarlik oyligi»ga doir tadbirlarni o‘tkazish boshlandi.
Xususan, Samarqand shahrida joylashgan «Yoshlar markazi»da Samarqand viloyati hokimligi hamda Markaziy harbiy okrug qo‘mondonligi bilan birgalikda «Vatan muqaddas uni himoya qilish sharafli burchdir» shiori ostida viloyat yoshlari bilan uchrashuv o‘tkazildi. Unda zamonaviy harbiy xizmatchi qanday bo‘lishi kerakligi, qanaqa bilim va ko‘nikmaga ega yoshlar harbiylikka tanlab olinishi haqida tushunchlar berildi.
Mudofaa vazirligi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, shimoli-g‘arbiy harbiy okrug harbiy qismlaridan birida esa Nukus shahridagi umumta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining yuzlab o‘quvchilari uchun ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi.
Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi madaniyat vazirligi bilan hamkorlikda Berdaq nomidagi dramma teatrida el suygan san’atkorlar, yosh ijodkorlar va Nukus garnizoni ma’naviyat va ma’rifat markazi harbiy orkestri tomonidan harbiy-vatanparvarlik mavzusidagi katta konsert dasturi o‘tkazildi.
Respublikamiz yoshlarining keng qatlamini qamrab olishga qaratilgan bu kabi tadbirlar Mudofaa vazirligining barcha qo‘shinlarida davomli tarzda o‘tkazilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Prezidentining farmoyishiga binoan joriy yilning 15-dekabridan 2019-yilning 15- yanvariga qadar bir oy muddat «Vatanparvarlik oyligi» etib belgilandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter