Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qo‘shinlarning jangovar shayligini tekshirish davom etmoqda (foto)

Qo‘shinlarning jangovar shayligini tekshirish davom etmoqda (foto)

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

24-25-aprel kunlari Toshkent harbiy okrugi hududida joylashgan harbiy qism va muassasalar yuqori jangovar shaylik holatiga keltirilgan edi. O‘zbekiston Qurolli Kuchlar bosh shtabi hamda Davlat xavfsizlik xizmati chegara qo‘shinlari qo‘mondonligi hamkorligida amalga oshirilgan o‘quv dasturiga asosan hamkorlikdagi qo‘mondonlik-shtab mashg‘ulotlarining ikkinchi kuni «Chirchiq» poligonida davom etdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi. 

Mudofaa vazirining birinchi o‘rinbosari – Qurolli Kuchlar bosh shtabi boshlig‘i general-mayor Pavel Ergashev hamda Davlat xavfsizlik xizmati raisining o‘rinbosari – Chegara qo‘shinlari qo‘mondoni general-mayor Ruslan Mirzayev rahbarligida barcha kuch tuzilmalarining harakatlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha hamkorlikdagi qo‘mondonlik-shtab o‘quvlari rejasi ishlab chiqildi. Unga ko‘ra qo‘shinlar va boshqaruv organlari yuqori jangovar shaylikka keltirilib, ishtirokchilar «Chirchiq» dala o‘quv maydoniga olib chiqildi. Unda kuch tuzilmalari tegishli bo‘linmalarining zamonaviy xavf-xatarlarga qarshi hamkorlikdagi tadbirlarni bajarish ko‘nikmalari yana bir bor sinovdan o‘tkazildi.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Razvedka va boshqa muhim ma’lumotlarni tezkor almashish, real vaqt mezonlari asosida samarali va yagona boshqaruvni tashkil etish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rildi. Mashg‘ulotlar real vaziyatga yaqinlashtirilgan holda o‘tkazildi. Ularda harbiy aviatsiya ham ishtirok etdi.

Mudofaa vazirligi hamda Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari bo‘linmalari bilan birgalikda olib borilgan o‘quv operatsiyalar davomida noqonuniy qurollangan shartli jangarilar to‘dasi batamom yo‘q qilindi.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring