Davlat chegarasini «buzib kirmoqchi bo‘lgan» to‘dalarga aniq zarbalar berildi (foto)
Bugun, erta tongdan O‘zbekiston va Tojikiston mudofaa vazirlari general-leytenant Bahodir Qurbonov hamda general-polkovnik Sherali Mirzo, Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov va boshqa mas’ul shaxslar «Hamdo‘stlik—2022» o‘zbek-tojik birgalikdagi o‘quvining asosiy bosqichi kuzatdilar.
Birgalikdagi o‘quv g‘oyasiga ko‘ra ikki davlat chegarasini buzib kirmoqchi bo‘lgan shartli dushman to‘dalariga motoo‘qchi, tank, artilleriya va boshqa jangovar bo‘linmalar tomonidan aniq zarbalar berildi.
Amaliy o‘quv yakunida O‘zbekiston va Tojikiston Respublikalari mudofaa vazirlari «Hamdo‘stlik—2022» birgalikdagi o‘quv ishtirokchilari va tashkilotchilarini erishilgan yutuqlar bilan tabriklashdi.
Jarayonlarda faol qatnashgan har ikki davlat harbiy xizmatchilari O‘zbekiston va Tojikiston Respublikalari mudofaa vazirliklari tomonidan ta’sis etilgan medallar, esdalik nishonlari va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter